Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
O‘zbekistonda standartlashtirish ishlari? 
O‘zbekistonda standart ishlarni nazorat qiluvchi tashkilot? 
Standartlarga muvofiqlik belgisi qisqa sharh? 
O„zbekiston standartlashtirish tizimini o‟rganish. 
Ishning maqsadi:
Tashkilot standartlari O‘z DSt 1.28:2013 "O‗zbekiston standartlashtirish tizimi. Tashkilot 
standarti. Umumiy qoidalar. ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‗yxatidan o‗tkazish" ga muvofiq ishlab 
chiqiladi. O‘z DSt 1.6:2013 O‗zbekiston standartlashtirish tizimi. Meyoriy xujjatlar. Tuzish, bayon etish, 
rasmiylashtirish, mazmun va belgilanis higa qo‗yiladigan umumiy ta‘lablar. O‘z DSt 1.29:2013 O‗zbekiston 
standartlashtirish tizimi. Xalqaro va mintaqaviy standartlar hamda boshqa meyoriy xujjatlarni davlat darajasida 
qabul qilish 1-qism. Xalqaro va mintaqaviy standartlarni qabul qilish (ISO/IEC GUIDE 21–1:2005, MOD). O‘z DSt 
1.30:2013 O‗zbekiston standartlashtirish tizimi. Xalqaro va mintaqaviy standartlar hamda boshqa meyoriy 
xujjatlarni davlat darajasida qabul qilish 2-qism. Xalqaro va mintaqaviy standartlarni qabul qilish (ISO/IEC GUIDE 
21–2:2005, MOD). Standartlar standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitalar (TQ), standartlashtirish bo‗yicha 
tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.
Standartning mazmuniga va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko‗rsatkichlar, me‘yorlar va talablarning fan 
va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi tashkilot va standartni tasdiqlagan idora 
mas‘ul bo‗ladi. 
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek ish bosqichlarining 
bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning to‗rt bosqichi o‗rnatilgan: 
1-bosqich - standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash (zarur bo‗lganda 
amalga oshiriladi); 
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni olish uchun tarqatish;
3-bosqich - fikr-mulohazalarni o‗rganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish 
va uni tasdiqlashga taqdim etish; 
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro‗yxatidan o‗tkazish. Izoh: standartni ishlab chiqish bosqichlarini 
birga qo‗shib bajarish ruxsat etiladi. 
1-bosqich. Texnik topshiriq me‘yoriy hujjatni ishlab chiqish ishlarini bajarish bosqichlarini o‗rnatish 
maqsadida buyurtmachi tashkilot bilan kelishilgan holda, ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan tuziladi va odatda 
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- standartlashtirish ob‘ekti va qo‗llanish sohasi; 
- standartning bo‗limlari va standartda o‗rnatiladigan asosiy talablar ro‗yxati; 
- standartni ishlab chiqish bosqichlari; 
- standart bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar ro‗yxati; 
- standart loyihasini kelishish lozim bo‗lgan boshqaruv idoralari va (yoki) korxonalar ro‗yxati; 
- buyurtmachining boshqa talablari. 
2-bosqich. Standart loyihasi manfaatdor tashkilotlarning takliflari asosida va (yoki) tayyorlovchi-
korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladi. 
Standartning loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga tushuntirish yozuvi tuziladi va 
zarur bo‗lganda, standartni joriy etish bo‗yicha asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasining loyihasi (keyinchalik 
- asosiy tadbirlar rejasining loyihasi) ishlab chiqiladi. Standart loyihasi tushuntirish yozuvi bilan birga va asosiy 
tadbirlar rejasining loyihasi bilan nusxasi ko‗paytiriladi va fikr olish uchun quyidagi ro‗yxat bo‗yicha manfaatdor 
tashkilotlarga tarqatiladi: 
- buyurtmachi-tashkilot (asosiy iste‘molchi) ga yoki standartning loyihasini kelishish bo‗yicha tayanch 
tashkilot deb tayinlangan uning tashkilotlaridan biriga; 
- standart loyihasida vakolatlariga qarashli talablar o‗rnatilgan bo‗lsa, davlat nazorati idoralariga, sog‗liqni 
saqlash vazirligiga, atrof-muhitni muhofazalash qo‗mitasiga; 
- mahsulotning biriktirilgan turlari bo‗yicha standartlashtirish tayanch tashkilotlariga; 
- standartni joriy etuvchi va joriy etilishini ta‘minlovchi tashkilotlar va korxonalarga. 
Korxona va tashkilotlar taqdim etilgan standart loyihasini ko‗rib chiqib, o‗z fikr-mulohazalarini yozadi va 
standartni ishlab chiquvchiga, standart loyihasini olgan kundan boshlab 15 kundan kechiktirmay jo‗natadi. 
3-bosqich. Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikr-mulohazalar asosida fikr-mulohazalar to‗g‗risida 
ma‘lumot tuzadi. 
Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-mulohazalar asosida standart 
loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik 
kiritadi. 
Ishlab chiquvchi tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o‗rtasida stand art loyihasi bo‗yicha 
kelishmovchilik bor bo‗lsa, ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‗rib chiqish bo‗yicha asosiy 


57 
manfaatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan standartning ko‗rilayotgan loyihasi bo‗yicha qaror qabul qilishga 
vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste‘molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o‗tkazadi. 
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohida moddalari bo‗yicha kelishmovchiliklar bor bo‗lsa, 
majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddalar bo‗yicha alohida fikrga ega, deb ko‗rsatiladi. 
Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va 
asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi. 
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi tashkilot 
buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste‘molchiga) kelishishlik uchun jo‗natadi. 
Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko‗pi bilan 15 kun muddat ichida 
amalga oshiriladi. 
Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo‗yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart 
loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy -texnik kengash (BTK), degustatsiya 
(sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar, manfaatdor tashkilotlarning mas‘ul vakillari ishtirokida kelishib oladi. 
Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nusxaning qabul dalolatnomasi (BTQ 
bayonnomasi) dan iborat bo‗ladi. 
Standartga kiritiladigan o‗zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning manfaatlariga ta‘sir etmasa, 
faqat buyurtmachi (asosiy iste‘molchi) bilan kelishib olinadi. 
Standart loyihasining oxirga tahririni tasdiqlashga taqdim etishda oldin tayanch tashkilot yoki o‗ziga 
biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish bo‗yicha TQ standartni ilmiy -texnikaviy va 
huquqiy ekspertizadan o‗tkazadi. 
4-bosqich. Ishlab chiquvchi-tashkilot standart loyihasini tasdiqlashga quyidagi hujjatlar bilan birga taq dim 
etadi: 
- ilova xati; 
- standart loyihasining oxirgi tahririga tushuntirish yozuvi;
- asosiy tadbirlar rejasining loyihasi; 
- standart loyihasi 4 nusxada, bundan ikkitasi birinchi bo‗lishi lozim; 
- standart loyihasining kelishishganligini tasdiqlovchi asl hujjatlar; 
- standart loyihasiga fikr-mulohazalar to‗plami; 
- kelishmovchiliklar to‗g‗risidagi ma‘lumotnoma; 
- elektron versiya; 
Standartni tasdiqlagan idoraning qarori bilan standart tasd iqlanadi va amalga kiritiladi. 
O‗zstandart Agentligi standartni davlat ro‗yxatidan o‗tkazadi. 
Eksport uchun mo‗ljallangan mahsulotga qo‗shimcha talablar davlat ro‗yxatidan o‗tkazilmaydi. 
Standart davlat ro‗yxatiga 4 nusxada taqdim etiladi: asliyat, ikkinchi nusxa (dublikat) va ikkita nusxa. 
Standartning ikkinchi nusxasi standart asliyatiga o‗xshash bo‗lishi va undan zarur sifatli nusxa olishni 
ta‘minlashi kerak. 
Standart davlat ro‗yxatiga ikki tilda: davlat va rus tillaritsa taqdim etilishi lozim. 
Standartga zarur bo‗lganda kiritiladigan tuzatishlar qo‗ldan qora tush, pasta, siyoh bilan aniq yozilishi, 
birinchi varaqning orqa betida izohlangan va rahbar (rahbar muovini) imzosi va ro‗yxatdan o‗tkazishga taqdim etgan 
idora (tashkilot) ning muhri bilan tasdiqlangan bo‗lishi lozim. 
Standart davlat ro‗yxatidan ko‗pi bilan 5 kun muddatda o‗tkaziladi. 
Standartni belgilash, standartni tasdiqlagan tashkilotdan qati nazar, O‗zstandart Agentligi tomonidan amalga 
oshiriladi. Standart belgisi quyidagilardan iborat bo‗ladi: 
- hujjat indeksi – O‘z DSt 
- ro‗yxatga olingan tartib raqami; 
- ikki nuqta bilan ayirilgan tasdiqlash yilining to‗rtta raqami: masalan, O‘z DST 789:1997 
Standart asliyati, ikkinchi nusxasi va ikkita nusxasining birinchi betlarida ro‗yxatga oluvchi idora ro‗yxatga 
olgan idora nomi, sana va davlat ro‗yxatidan o‗ggan nomeri ko‗rsatilgan shtamp bosadi. 
Standartning ikkinchi nusxasi va bir nusxa O‗zstandart Agentligida qoladi. 
Standart asliyati va nusxaning ikkinchisi ishlab chiquvchiga qaytariladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə