Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
Infraqizil spektroskopiya usuli? 
Kristalluks – 4000 M turdagi xromatografga doir ma‘lumotlar tafsiloti qanday? 
Xromatografiya usullari.? 
O„lchashlar menejmenti tizimlarining tafsilotini o„rganish. 
Ishning maqsadi: 
Bugungi kunda bozor munosobatlarining shiddatli tus olishi, o‗lchashlar va ularning 
kafolatlangan aniqligiga bo‗lgan talablarni o‗rnatmoqda. O‗lchashlar menejmenti tizimidagi o‗lchash jarayonlarini, 
mahsulotning sifatini ta‘minlashga qaratilgan maxsus jarayonlar deb qarash o‗rinli bo‗ladi. Xususan, ISO 9000 
seriyasidagi xalqaro standartlarda keltirilgan sifat menejmentinin g asosiy tamoyillaridan biri bo‗lib jarayonli 
yondashuv hisoblanadi. Ushbu yondashuvga ko‗ra, ISO 10012:2008 ―O‗lchashlarning menejment tizimlari. 
O‗lchash jarayonlari va o‗lchash qurilmalariga qo‗yiladigan talablar‖ standartdagi tushunchalarni o‗rganish v a 
amaliyotga joriy qilish dolzarblik kasb etadi. Avvalo, metrologiyaning bosh maqsadi bo‗lgan ya‘ni, mamlakatda 
o‗lchashlar birliligini ta‘minlashdan kelib chiqqan holda ushbu xalqaro standartning 1-bandida keltirilgan 
o‗lchashlar menejmenti tizimi modeli (1-rasm) va ushbu standartning 7.2-bo‗limidagi ―O‗lchash jarayonlari‖ga doir 
tushuncha va o‗lchashlar menejmenti tizimining qo‗llanilishi bo‗yicha umumiy talablar ustida to‗xtalib o‗tish 
joizdir. 
Ma‘lumki, o‗lchash jarayonlari, o‗lchashlar menejmenti tizimining tarkibiy qismlaridan biri bo‗lib 
hisoblanadi hamda, ushbu jarayon rejalashtirilishi, baholanishi, amalga oshirilishi, xujjatlashtirilishi va boshqarilishi 
zarur. O‗lchash jarayoniga ta‘sir ko‗rsatuvchi kattaliklar yoki omillar identifikatsiyalanishi va o‗rganilishi talab 
etiladi. Har bir o‗lchash jarayonining to‗liq tafsiloti o‗z ichiga barcha taluqli bo‗lgan qurilmalar, o‗lchash 
protseduralari, dasturiy taminoti, loyihalanishi, qo‗llanilish shartlari, operatorning qobiliyati va boshqa o‗lchash 
natijalarning ishonchliligiga bo‗lgan omillarni oladi. 
O‗lchash jarayonlarini boshqarish xujjatlashtirilgan protseduralarga mos holda bajariladi. O‗lchash 
jarayonining loyihalanishiga qo‗yiladigan talablar quyidagilardir: 
metrologik talablar, istemolchi, tashkilotlar, hamda qonuniy va reglament talablari asosida o‗rnatilishi kerak, 
shunday loyixalashtirilgan o‗lchash jarayonlari ushbu talablarga javob berishi uchun xujjatlashtirilishi, baholanishi 
va agar zarur bo‗lsa, iste‘molchi bilan kelishilishi kerak; 
har bir alohida o‗lchash jarayoni uchun uning mos elementlari va boshqarish usullari aniqlanishi zarur. 
Ushbu elementlar va boshqarish usullari operatorlarga bo‗lgan tasir ko‗rsatishlarni, qurilmalar, atrof-muxit 
sharoitlari, tasir etuvchi kattaliklar va qo‗llaniladigan usullarning jamlanishi talab etiladi.
O‗lchash jarayonini loyihalash uchun rahbariy qo‗llanmalar mavjud. O‗lchash jarayonini tavsiflashda 
quyidagilarni aniqlash zarur: 


53 
mahsulotlar sifatini taminlash uchun qanday o‗lchashlarning talab etilishi;
o‗lchash usullari; 
o‗lchashlarni bajarish uchun talab etiladigan qurilmalar va ularning tafsiloti;
o‗lchashlarni bajaruvchi xodim uchun zaruriy ko‗nikmalar va kvalifikatsiyasi. 
O‗lchash jarayonlari boshqa baholangan jarayonlarning natijalari bilan solish tirish asosida baholanishi yoki 
jarayon xarakteristikalarining doimiy tahlili yordamida baholanishi mumkin. O‗lchash jarayonlari shunday 
loyihalashtirilishi kerakki, bunda, xatolikli natijalarga yo‗l qo‗yilmasligi hamda noaniqliklarni tezkor aniqlash va o‗z 
vaqtida tuzatuvchi harakatlar bilan taminlanishi kerak. O‗lchash jarayoniga tasir etuvchi kattaliklar miqdoran 
o‗lchanishi va sifat jihatidan baholanishi zarur. Buning uchun maxsus eksperiment yoki tadqiqotlar 
loyixalashtirilishi va bajarilishi zarur bo‗ladi. Agar, bu mumkin bo‗lmasa, u holda, jihoz tayyorlovchisi tomonidan 
ko‗zda tutilgan malumotlar, texnik talablar va yo‗riqnomalardan foydalanish kerak. O‗lchash jarayonlaridan 
maqsadli foydalanish uchun, zarur bo‗lgan ishchi xarakteristikalar identifikatsiyalangan va miqdoran keltirilgan 
bo‗lishi kerak.
Xarakteristikalarga quyidagilar misol bo‗ladi: 
o‗lchashlar noaniqligi; 
barqarorlik; 
yo‗l qo‗yiladigan maksimal xatolik;
takrorlanuvchanlik; 
qayta tiklanuvchanlik; 
operatorning layoqatlilik darajasi. 
Bazi, o‗lchash jarayonlari uchun boshqa xarakteristikalar ham muhim bo‗lishi mumkin. O‗lchash jarayoni 
metrologiya talablariga javob beradigan nazorat qilinuvchi atrof-muxit sharoitida amalga oshiriladi. 
Quyidagilar nazorat qiluvchi ob‘ektlarga kiritilgan: 
tasdiqlangan qurilma va qurilmalardan foydalanish; 
o‗lchashlarning baholangan muolajalarini qo‗llash; 
talab qilingan axborot resurslarining mavjudligi; 
talab etiladigan atrof-muxit sharoitlarini taminlash; 
layoqatli xodimdan foydalanish; 
natijalar bo‗yicha taaluqli hisobotlilik; 
monitoringdan kelishuvli foydalanish. 
O‗lchash jarayoniga bo‗lgan talablarga muvofiqlikni namoyon qilish uchun metrologiya xizmatlari 
yozuvlarni olib borishi kerak, xususan: 
amalda foydalanilgan o‗lchash jarayonlarning to‗liq tafsilotiga o‗z turkumiga ko‗ra yagona bo‗lgan barcha 
foydalaniladigan elementlar (masalan: operatorlar, ixtiyoriy o‗lchash qurilmasi yoki taqqoslash etalonlari);
o‗lchash jarayonlarini boshqaruvchi idoralardan olingan o‗lchashlar noaniqligiga doir ma‘lumotlar;
malumotlarni boshqarish idoralaridan deb hisoblangan ihtiyoriy amallar;
o‗lchash jarayonini boshqarish bo‗yicha bajariladigan amallarning muddati;
baholash bo‗yicha ishga aloqador bo‗lgan ixtiyoriy xujjatlarni identifikatsiyalash;
yozuvlar uchun axborotni taqdim qiluvchi shaxsni identifikatsiyalash; 
xodimning (talab qilinadigan va erishiladigan) qobiliyatlari. 
Metrologiya xizmati faqat sanksiyalangan xodimga yozuvlarni bajarish, o‗zgartirishga ruxsat berishi kerak.
O‗lchashlar menejmenti tizimini yaxshilashga oid talablar mavjud. Metrologiya xizmati, o‗lchashlar 
menejmenti tizimini ushbu standartga muvofiqligini ta‘minlash va tizimni doimiy ravishda yaxshilanib borish uchun 
rejalashtirishi va nazoratni bajarishi, tahlil va yaxshilashi kerak. Undan tashqari, metrologiya xizmatlari auditlardan, 
nazorat va boshqa zaruriy instrumentlardan, o‗lchashlar menejmenti tizimining yaroqliligi va samaradorliligini 
aniqlash uchun foydalanishi kerak. Metrologiya xizmati iste‘molchining metrologik talablarni bajarilishiga taa luqli 
bo‗lgan axborotni kuzatishi, bunday axborotni olish va foydalanish usullari o‗rnatgan bo‗lishi kerak. O‗lchash 
menejmenti tizimidagi barcha auditlarning natijalari va tizimga kiritilgan o‗zgarishlar yozilishi nazarda tutiladi. 
Auditorlar, o‗zlarining javobgarligi bo‗lgan uchastkalarni tekshirishlari mumkin emas. O‗lchashlar menejmenti 
tizimining auditi tashkilot menejment tizimi auditlarining qismi sifatida bajarilishi kerak. ISO 19011 audit tizimlari 
bo‗yicha rahbarlikni ta‘minlaydi. Ixtiyoriy o‗lchash jarayonidagi olingan natijalarga shubha uyg‗onsa, yoki natijalar 
noaniq bo‗lsa, u holda ushbu natijalar identifikatsiyalanishi va korreksiyalovchi amallar bajarilmaguncha ulardan 
foydalanilmaydi. Noaniqligi sababli modifikatsiyalangan o‗lchash jarayoni amalga oshirilmasdan oldin baholanishi 
zarur.
Ixtiyoriy tasdiqlangan o‗lchash qurilmasi: 
buzilgan; 
o‗ta yuklangan; 
foydalanib bo‗lmay qolgan; 
noto‗g‗ri natijalar bersa; 
buzilgan yoki plomba singan; 
tashqi kattaliklar ta‘siriga berilgan bo‗lsa, ekspluatatsiyadan identifikatsiyalangan markalash orqali olib 
tashlanadi. 


54 
O‗lchash qurilmasining nomuvofiqligi tekshirilishi va nomuvofiqligi to‗g‗risida hisobot tayyorlanishi kerak. 
Bunday qurilmalarning nomuvofiqligi bartaraf qilinib ularning metrologik xarakteris tikalari tiklangach yana qayta 
ekspluatatsiyaga qo‗yiladi.
Metrologik tasdiqlash jarayoni ikkita kirishga, ya‘ni, iste‘molchining metrologik talablari va o‗lchash 
qurilmasining metrologik xarakteristikalariga va bitta chiqishga, o‗lchash qurilmasining met rologik tasdiqlanganligi 
statusiga ega bo‗ladi (2-rasm. O‗lchash qurilmalari uchun metrologik tasdiqlash jarayoni).
O‗lchashlarning metrologik ta‘minoti, ishlab chiqarishning metrologik ta‘minotiga bo‗lgan talablar kabi 
bo‗ladi. Undan tashqari, noto‗g‗ri o‗lchash salbiy oqibatlarining iste‘molchilarga, ishlab chiqaruvchi va korxonaga 
keltirgan iqtisodiy zararining oldini olish uchun kafolatlangan aniqlikdagi o‗lchash natijalariga erishish asosida 
o‗lchashlar birliligini ta‘minlash, bugungi kunda dolzarb masalaligicha qolmoqda.
2-rasm. O‗lchash qurilmalari uchun metrologik tasdiqlash jarayonining algoritmi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan o‗lchash qurilmalari va maxsulotning hayotiy sikli 
davomidagi o‗lchash jarayonlari uchun sarflangan xarajatlar kamayadi hamda, ISO 10012:2008 standart 
talablarining bajarilishi maxsulot ishlab chiqaruvchisiga katta miqdorda iqtisodiy samara keltiradi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə