Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
1. O‘lchashlar menejmenti tizimlarin ing tafsiloti? 
2. O‘lchash tizimlari? 
3. O‗lchash qurilmalari uchun metrologik tasdiqlash jarayoni 
O„zbekistonda standartlashtirish ishlarini tashkil etish. 
Ishning maqsadi:
O‗zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‗tkazishning umumiy tashkiliy -
texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‗rsatadi (1-bo‗lim, 2-modda). 
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta‘minlashni: 
xalq xo‗jaligi tarmoqlarida - O‗zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi 
("O‗zstandart" agentligi);qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda - 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‗mitasi ("Davarxitektqurilish" qo‗mitasi);
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof-muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli 
ta‘sirlardan muhofaza qilish sohasida - O‗zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi (Davlat 
tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi); 
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika 
sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo‗yicha respublikaga yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson 
uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida - O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi 
amalga oshiradi. 
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‗z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni 
(bundan buyon matnda "standartlar" deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo‗llashga doir yo‗riqnomalar va 
izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar. 
"O‗zstandart" agentligi ushbu Qonunga muvofiq standartlashtirish ishlarini o‗tkazishning umumiy 
qoidalarini, manfaatdor tomonlarning davlat boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari bilan olib boradigan 
hamkorlikdagi ishining shakl va usullarini belgilaydi (1-bo‗lim, 3-modda). 
"O‗zstandart" agentligi", "Davarxitektqurilish" qo‗mitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi va 
respublika Sog‗liqni saqlash vazirligi o‗z vakolatlari doirasida standartlashtirish ishlarini bajarishni boshqa 
tashkilotlarga topshirishga haqlidirlar. 
Standartlarni tasdiklagan organlar standartlarga doir tarmoq axborot jamg‗armalarini hosil qiladilar va 
yuritadilar hamda manfaatdor iste‘molchilarni xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar, O‗zbekiston 
Respublikasi standartlari, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlariga doir axborotlar bilan, shuningdek 
standartlashtirish sohasidagi xalqaro shartnomalar, texnik-iqtisodiy hamda ijtimoiy axborot davlat klassifikatorlari
standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalariga oid axborotlar bilan ta‘minlaydilar. 
Standartlarni nashr qilish va qayta nashr etishni ularni tasdiqlagan organlar amalga oshiradilar. 
Standartlashtirish to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va O‗zbekiston Respublikasining boshqa 
qonun hujjatlaridan iboratdir (1-bo‗lim, 4-modda). 
Davlat yagona va uzluksiz ta‘lim tizimida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadigan davlat ta‘lim standartlari ishlab chiqiladi. 
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, 
texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‗llash tartibi 
"O‗zstandart" tomonidan belgilanadi. 
Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek 
xalqaro qoidalar va normalar O‗zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq 


55 
qo‗llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‗llash tartibini "O‗zstandart" va davlat 
boshqaruvining boshqa organlari o‗z vakolatlari doirasida belgilaydilar. Ular xalqaro savdo -sotiq uchun ortiqcha 
to‗sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. 
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy 
yutuqlariga asoslangan va O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq bo‗lishi lozim. Ular xalqaro 
savdo-sotiq uchun ortiqcha to‗sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. 
Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‗l qo‗yilmaydi. 
O‗zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat 
qila olish imkonini ta‘minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‗ljallangan, an‘anaviy 
texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‗yiladi. 
Iste‘molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan o ‗zgartishlar 
"O‗zstandart" organlarida haq olmasdan davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishi lozim. "O‗zstandart" organlarida ro‗yxatdan 
o‗tgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg‗armasini tashkil etadi. 
Mahsulotning atrof-muhit, aholining hayoti, sog‗lig‗i va mol-mulkiga xavfsizligini ta‘minlash uchun, 
texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‗zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat 
qilish usullari birligi va tamg‗alash birligini ta‘minlash uchun standart larda belgilanadigan talablar, shuningdek 
O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa talablar davlat boshqaruv organlari, 
xo‗jalik faoliyati sub‘ektlari rioya etish uchun majburiydir. 
Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan o‗zga talablar ham belgilab qo‗yilishi mumkin. 
Import mahsulot, basharti u O‗zbekiston Respublikasida amal qilayottan standartlarning majburiy talablar 
qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‗lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. 
Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning sertifikatlashtirishda qo‗llanilishi (2-bo‗lim, 7-modda) 
bo‗yicha talablar ma‘lumotlar keltirilgan bo‗lib, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sertifikatlashtirilishi 
lozim bo‗lgan mahsulotni standartlashtirishga doir normativ hujjatlar sertifikatlashtirishni amalga oshirishda rioya 
etiladigan talablarni, shuningdek ushbu talablarga muvofiqlikni nazora t qilish va sinash usullarini o‗z ichiga olishi 
lozim. 
Ko‗rsatib o‗tilgan hujjatlar mahsulotning mazkur turini sertifikatlashtirish tizimida belgilangan qoida va 
tartiblarga muvofiq qo‗llanilishi lozim. 
Qonunning 3-bo‗lim 8 va 9-moddalarida davlat nazorati organlarining standartlarning majburiy talablariga 
rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishlari hamda davlat inspektorlari, ularning huquqlari va 
javobgarliklari to‗g‗risida ma‘lumotlar keltirilgan. 
Standartlashtirish to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik tafsilotlari 3-bo‗lim, 10-
moddada berilgan bo‗lib, ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‗lgan yuridik va jismoniy shaxslar
shuningdek davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka 
tortilishi aytib o‗tilgan. 
Davlat yo‗li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning moliyaviy ta‘minoti bo‗yicha 4-
bo‗lim, 11-moddada quyidagilar keltirilgan. 
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan: 
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini ishlab 
chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish; 
aniq standartlashtirish ob‘ektlari bo‗yicha qonun hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek standartlarning 
tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va ularning amal qilishini ta‘minlash;
texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular to‗g‗risida rasmiy axborot tayyorlash va nashr 
etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish;
standartlashtirish bo‗yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‗zga isharni olib borish; 
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) 
standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini, 
shuningdek standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan mahsulot va xizmatlar Davlat reestrini 
shakllantirish hamda yuritish; 
standartlashtirish sohasida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan o‗zga ishlar davlat 
yo‗li bilan moliyaviy ta‘minlanishi shart. 
Nashr qilingan (qayta nashr etilgan) standartlarni, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini, mahsulot va 
xizmatlar Davlat reestriga kiritilgan, standartlarga muvofiqlik belgisi bilan tamg‗alangan mahsulot va xizmatlarning 
nashr qilingan (qayta nashr etilgan) katalogini sotishdan belgilangan tartibda olinadigan mablag‗lar, shuningdek 
ushbu Qonun qoidalarini buzganlik uchun undiriladigan jarima mablag‗larining O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yo‗llanadigan qismi ham standartlashtirish, 
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir ishlarni moliyaviy ta‘minlash 
manbalari bo‗lishi mumkin. 
Respublika budjeti mablag‗laridan to‗liq yoki qisman ta‘minlanadigan davlat dasturlarini ishlab chiqishda 
mahsulot sifatini normativ jihatdan ta‘minlash bo‗limlari nazarda tutilishi lozim. 
Standartlar qo‗llanilishini rag‗batlantirish (4-bo‗lim, 12-modda). 


56 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə