Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorot savollari: 
1.Tashkilot standartlari O‘z DSt 1.28:2013 nima? 
2. O‗zbekiston standartlashtirish tizimi? 
3. Davlatlararo kengashning tashkiliy tuzilmasi? 
Me„yoriy hujjatlar ekspertizasini o‟rganish. 
Ishning maqsadi:
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 410-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan «O‗zbekiston Respublikasida standartlar va o‗lchash vositalari ustidan davlat nazorati 
to‗g‗risidagi Nizom»da standartlar va o‗lchash vositalari ustidan davlat nazoratining asosiy vazifalaridan biri 
«standartlar va o‗lchash vositalarining ilmiy-texnikav iy darajasini tahlil qilish» ekanligi belgilangan. 


58 
Ishlab chiqiladigan va sotiladigan mahsulotlar, ko‗rsatiladigan xizmatlar va jarayonlarga tegishli, davlat 
ro‗yxatidan o‗tkaziladigan MHlar va ularning loyihalari, MHlarga o‗zgartirishlar va ularning loyihalari belgilangan 
tartibda ekspertizadan o‗tkazilishi kerak. 
Ekspertiza — fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda maxsus bilimlarga ega bo‗lgan mutaxassislar 
tomonidan ma‘lum bir masalalarni hal etish maqsadida o‗rganishlar o‗tkazishdir. 
MHlar ekspertizasi MHni amaldagi huquqiy va tarmoqlararo standartlashtirish tizimlarining me‘yoriy 
xujjatlariga talablariga mosligini tekshirishdir. 
MHlarning ekspertizasini o‗tkazish zarurligi, tartibi talablar va ekspertiza o‗tkazadigan vakolatli idoralar 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar tegishli huquqiy va me‘yoriy xujjatlarda belgilangan. 
MHlar ishlab chiqilib davlat ro‗yxatidan o‗tkazilgunga qadar bir necha marotaba ekspertizadan o‗tkaziladi. 
Masalan, MHga manfaatdor idoralar tomonidan loyiha ko‗rinishida, standartlashtirish bo‗yicha TKlar va tayanch 
tashkilotlar tomonidan loyiha ko‗rinishida, vakolatli davlat boshqaruv idoralari tomonidan tasdiqlanib, davlat 
ro‗yxatiga olinish paytida va shu kabi hollarda. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 410-sonli Qarori bilan 
tasdiqlangan «O‗zbekiston Respublikasida standartlar va o‗lchash vositalari ustidan davlat nazorati to‗g‗risidagi 
Nizom»da «standartlar va o‗lchash vositalari ustidan davlat nazorati idoralari standartlarni tasdiqlash va davlat 
ro‗yxatiga olishda ekspertizadan o‗tkazadilar» deb belgilangan. 
O‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 11 noyabrda 1422-son bilan davlat 
ro‗yxatidan «Standartlashtirish bo‗yicha MHlar toifalarini tayyorlash va «O‗zstandart» agentligida ro‗yxatga olish 
tartibi to‗g‗risida Nizom»da standartlashtirish bo‗yicha MHlarni ekspertizadan o‗tkazish tartibi belgilangan. 
MHlar (ularga o‗zgartirishlar) tasdiqlangan kundan 30 kungacha bo‗lgan muddatda vakolatli idoralarga 
ekspertizadan o‗tkazishga berilishi kerak. 
O‗zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2004 yil 11 noyabrda 1422-sonli Nizomda ekspertiza 
o‗tkazishning ko‗rinishlari belgilangan: 
normalash tekshiruvi; 
ilmiy-texnik darajani baholash; 
majburiy talablarga muvofiqlik; 
ochiq nashrga mumkinligini tekshirish
texnikaviy ekspertiza; 
metrologik ekspertiza; 
terminologik ekspertiza; 
nashriy muharrirlik. 
Normalash tekshiruvida quyidagilarga e‘tibor beriladi: 
havolalarning to‗g‗ri va haqqoniy qilinganligi; 
zarur axborot belgilari (koddar, qisqartmalar, simvollar va h.k.) bo‗yicha yozuvlarni to‗g‗riligi; 
kerakli imzolarni mavjuddigi; 
xujjatni tuzilishi va rasmiylashtirilishining to‗g‗riligi. 
MHning ilmiy-texnik darajani baholash uchun O‘z DSt 2.116:1996*ga muvofiq tuzilgan texnik daraja va 
sifat xaritasi yordamida mahsulot sifatini taqqoslab baholanadi. Standartlashtirish bo‗yicha MHlarni ilmiy -texnik 
darajasini baholash uslubi rahbariy hujjat O‘z RH 51-077- 1998*da berilgan. 
MHga kiritilgan majburiy talablar amaldagi qonunchilik talablari, O‗zbekistonda qabul qilingan halqaro 
kelishuvlar, davlatlararo va davlat standartlari majbu riy talablariga muvofiqligi ko‗rib chiqiladi. 
Texnik ekspertizada quyidagi xolatlar ko‗rib chiqiladi: 
MHning nomini mazmuniga to‗g‗ri tanlanganligi, standartlashtirish ob‘ektining MH darajasiga muvofiqligi; 
MHning mazmuni va bayon etilishi to‗g‗riligi; 
MHning ko‗rsatgichlari davlatlararo va davlat standartlari ko‗rsatgichlaridan past emasligi; 
MHni amaldagi boshqa xujjatlar bilan bir xil bo‗lmasligi. 
Metrologik ekspertizada MHning metrologik sohaga tegishli amaldagi qonunchilik va o‗lchashlar birliligini 
ta‘minlash Davlat tizimi talablariga mosligi tekshiriladi. 
Terminologik ekspertiza jarayonida O‗zbekistonda amalda bo‗lgan halqaro va davlatlararo kelishuvlar, turli 
darajadagi standartlarda qabul qilingan atama va ta‘riflarga MHda qabul qilingan atamalarning mosligi tahlil 
qilinadi. 
Nashriy muharrirlik umumiy talablar asosida badiiy va texnikaviy muharrirlik hisoblanadi. 
Ekspertlik xulosasiga ko‗ra, MH keyingi bosqichga chiqarilishi, davlat ro‗yxatidan o‗tkazilishi yoki 
qo‗shimcha ishlashga qaytarilishi mumkin. 
Ekspertiza yakuni bilan barcha toifadagi MHlar «O‗zstandart» Agentligi va uning hududiy boshqarmalarida 
davlat ro‗yxatidan o‗tkaziladi. 
O‗zStTning asos bo‗luvchi xujjati O‘z DSt 1.21:2015*da standartlashtirish bo‗yicha MHlarni ekspertiza 
qilish tar- tibi keltirilgan. 
O‗zbekiston sertifikatlashtirish Milliy tizimi doirasida xujjatlarni ekspertiza qilish tartibi O‘z RH 51- 024-
2004*da berilgan. 
O‗zbekiston o‗lchashlar birliligini ta‘minlash davlat tizimi doirasida me‘yoriy va texnikaviy xujjatlarni met -
rologik ekspertizasini tashkil etish va o‗tkazish tartibi O‘z RH 51-106:2001da berilgan. 


59 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə