Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
Standartning alohida talablari qanday? 
Iso 22000 qisqa sharh? 
Oziq – ovqat xavfsizligi tizimi? 
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlashga doir xuquqiy-nor mati v xujjatlarni o„rganish. 
Ishning maqsadi:
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi № PF-5303 – sonli farmoni 
―Mamlakatning oziq – ovqat xavfsizligini yanada ta‘minlash chora – tadbirlari to‗g‗risida‖ deb nomlangan bo‗lib, 
quyidagilarni o‗z ichiga olgan. 
Bugungi kunda mamlakatda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish va soddalashtirish, talab yu qori bo‗lgan 
oziq-ovqat tovarlarini import qilishda to‗siq va cheklovlarni bartaraf etish, tashqi iqtisodiy faoliyat sub‘ektlarining 
huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‗yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, nosog‗lom raqobat, oziq-ovqat mahsulotlari importining ayrim xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar 
tomonidan monopollashtirilishi, sun‘iy taqchillikni yuzaga keltirish va ba‘zi tovarlar uchun narx-navoning asossiz 
oshirilishi, oqibatda, bu asosda qo‗shimcha foyda olish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi jiddiy tizimli muammolar 
saqlanib qolmoqda. 
Bozorda ayrim import qiluvchilarning ustun mavqega ega bo‗lishiga ular uchun individual imtiyoz va 
preferensiyalarning taqdim qilinganligi, ularning faoliyati uchun eksklyuziv sharoitlar yaratilganligi ko‗maklashgan, 
bu esa boshqa tadbirkorlik sub‘ektlarining bozorga kirish imkoniyatini cheklashga olib kelmo qda. 
Mazkur sohada yuzaga kelgan vaziyat ishchanlik faolligini va O‗zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini 
pasaytiradi, xalqaro maydonda mamlakatning obro‗siga jiddiy ziyon yetkazadi. 
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta‘minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan to‗ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va 
sog‗lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berish 
maqsadida: 


70 
2018 yil 1 fevraldan boshlab O‗zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo‗yicha ayrim 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa 
preferensiyalar bekor qilinishi; 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikaga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish bo‗yicha 
ayrim xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa 
preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi qarorlarning qabul qilinishi taqiqlanishi; 
Belgilansinki, ushbu band talablari buzilgan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan jinoiy 
javobgarlikkacha bo‗lgan javobgarlikka tortilishi; 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‗yicha davlat qo‗mitasi, 
"O‗zstandart" agentligi, Davlat bojxona qo‗mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, "O‗zbekoziqovqatxolding" XK, O‗zbekiston 
Respublika tovar-xom ashyo birjasi, Respublika universal agrosanoat birjasi, Savdo -sanoat palatasi hamda boshqa 
tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda: 
2018 yilga oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchilarni izlab topish va jalb qilish, ular uchun bozorga kirishda teng 
sharoitlar yaratish, ularga shartnomalar tuzish, kiritilgan mahsulotlarni tashish va saqlashda ko‗maklashish bo‗yicha 
kompleks chora-tadbirlar, shuningdek, aholining sifatli, arzon oziq-ovqat tovarlariga bo‗lgan talabini to‗liq 
qanoatlantirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqishni; 
respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlarida ixtisoslashtirilgan omborxona imoratlari, 
omborlar, muzlatish kameralari, oziq-ovqat tovarlarini qayta ishlash va qadoqlash bo‗yicha zamonaviy yuqori 
texnologik, energiya samarador uskunalarni tashkil etishni ta‘minlasin. 
2018 yil 1 fevraldan boshlab: 
- iste‘mol tovarlarini respublika tovar-xom ashyo birjalarida sotish (sotib olish)ga taqiq bekor qilinishi; 
- shakar ishlab chiqaruvchilar 2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga import xom ashyosi asosida ishlab chiqarilgan 
hajmlar qismiga qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lashdan ozod qilinishi;
- iste‘mol tovarlarini tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji 
savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjudligi talab etilmasligi;
- ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3500 baravaridan kam bo‗lmagan miqdorda, shundan pul 
mablag‗lari eng kam ish haqining 1200 baravaridan kam bo‗lmagan miqdorda shakllantirilgan ustav fondi 
mavjudligi haqidagi talab bekor qilinishi; 
- ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari turlarini Ichki iste‘mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga 
ko‗maklashish jamg‗armasi (keyingi o‗rinlarda Jamg‗arma deb yuritiladi) mablag‗lari hisobidan import qilish istisno 
hollarda va faqat tovar-xom ashyo birjalari, jumladan xorijiy birjalarning ochiq elektron savdolari tizimi orqali 
amalga oshirilishi; 
- oziq-ovqat mahsulotlarining rejalashtirilayotgan xaridi, Jamg‗arma mablag‗lari tushumi va xarajatlari to‗g‗risidagi 
batafsil axborot har oy O‗zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e‘lon qilib borilishi; 
- birja brokerlari tijorat banklariga mijoz - norezident nomidan tovar-xom ashyo birjasining ochiq elektron 
savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‗lar hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish)ga talabnoma 
berish, norezident - yuridik shaxslar esa O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisobraqamlari ochish va tovar-
xom ashyo birjasining ochiq elektron savdolarida mahsulotlarni sotishdan olingan mablag‗lar hisobidan xorijiy 
valyutani sotib olish (sotish)ni amalga oshirish huquqiga ega bo‗lishi; 
- jamg‗arma mablag‗lari hisobidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish tartibini 
chayqovchilik va boshqa suiiste‘molchilik hollariga imkon bermaydigan choralarni nazarda tutgan holda belgilash 
to‗g‗risidagi hukumat qarori loyihasining tayyorlanishi; 
- bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗ldirish, agrar kompleksni rivojlantirish, ijtimoiy 
va davlat-xususiy sheriklikning ta‘sirchan mexanizmlarini joriy etish, oziq-ovqat bozori barqarorligiga tahdidlarni 
o‗z vaqtida bartaraf etish, oziq-ovqat tovarlari importini qulay bojxona-tarif tartibga solish bo‗yicha choralarni 
belgilovchi "Oziq-ovqat xavfsizligi to‗g‗risida"gi qonun loyihasining ishlab chiqilishi va Vazirlar Mahkamasiga 
kiritilishini ta‘minlanishi; 
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va 
qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha yagona integrator O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2018 yil 1 martga qadar muddatda tovar-xom ashyo 
birjalari tomonidan foydalanilayotgan axborot tizimlari va dasturiy ma hsulotlarni axborotdan erkin foydalanish va 
uning ochiqligi, jumladan ma‘lumotlarni chet tillarda (rus, ingliz tillari) joylashtirish, amalga oshirilayotgan 
operatsiyalarning shaffofligini, shuningdek, o‗tkaziladigan elektron savdolarga aralashish va ularning natijalarini 
buzib ko‗rsatish imkoniyatini istisno etishni nazarda tutgan holda tubdan takomillashtirishni ta‘minlanishi; 
- O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot 
vazirligi va Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda oziq-ovqat tovarlariga bojxona to‗lovlari 
stavkalari, bojxona tartib-taomillari va respublika bojxona chegarasi orqali tovarlarni tashish tizimining tanqidiy 
o‗rganilishini hamda bojxona to‗lovlari stavkalarini optimallashtirish, ortiqcha to‗siq va g‗ovlarni bartaraf etish, 
jumladan tartib-taomillarni "yagona darcha" tamoyili asosida rasmiylashtirishga o‗tish orqali tovarlarning bojxona 
rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini maksimal soddalashtirish va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish 
xarajatlarini qisqartirish bo‗yicha takliflar ishlab chiqilishini ta‘minlanishi;


71 
- O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‗mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda chakana 
savdo va xizmatlar ko‗rsatishni tartibga soluvchi qonunchilikni ortiqcha to‗siq va g‗ovlar, davlat tomonidan tartibga 
solishning asossiz choralarini bartaraf etish nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilsin, shuningdek, natijalari bo‗yicha 
mazkur sohani tubdan takomillashtirish bo‗yicha takliflar kiritilishi; 
- oziq-ovqat tovarlari narxini pasaytirish va barqarorlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi 
sansalorlik va byurokratiyani bartaraf etish, shuningdek, respublikada ishchanlik mu hitini yaxshilash bo‗yicha 
asoslantirilgan takliflar kiritish maqsadida tadbirkorlik sub‘ektlari, jumladan ahamiyatga molik oziq-ovqat 
tovarlarini eksport va import qiluvchilar, chet ellik investorlar va xorijiy hamkorlar bilan doimiy asosda muntazam 
ochiq va to‗g‗ridan-to‗g‗ri muloqotlarni tashkil etilishi; 
- O‗zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat bojxona 
qo‗mitasi, Davlat soliq qo‗mitasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda Bosh 
prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish 
departamentiga Davlat bojxona qo‗mitasi, Davlat soliq qo‗mitasi va boshqa idoralarning axborot ma‘lumotlar 
bazalaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratilishi;
- O‗zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‗mitasi va uning hududiy tuzilmalari rahbarlari bojxona tartib-
taomillarini amalga oshirishda sun‘iy to‗siqlar yaratish, sansalorlik va suiiste‘molchilik holatlariga yo‗l qo‗yganlik 
uchun shaxsiy javobgarligi haqida qat‘iy ogohlantirilishi; 
- 2020 yil 1 yanvarga qadar muddatga bojxona to‗lovlari to‗lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi 
uchun yig‗imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyolarning ayrim turlari ro‗yxati ilovaga 
muvofiq tasdiqlanishi farmonda keltirilgan.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə