Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
1.Texnik qo‘mitalar nima? 
2. Ovoz berish byulleteni tartibi? 
3. Standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mitaning ish dasturi ketma ketligi qanday? 
Standartlashtirish bo‟yicha tayanch tashkilotlar va s tandartlashtirish xizmati. 
 
Ishning maqsadi:
O‗z ST qoidalari O‘zDSt 1.0:1998* ga ko‗ra, turli tarmoq- lardagi tashkilotlarda 
standartlashtirish ishlarini reja- lashtirish va muvofiqlashtirish uchun boshqaruv idoralari tomonidan 
standartlashtirish tayanch tashkilotlari tayin- lanadi. 
Standartlashtirish tayanch tashkilot (STT)larini tayin - lash tartibiga va ularni O‗z ST doirasida ishlarni tashkil 
etishga bo‗lgan talablar rahbariy xujjat O‗Z RX 51-012 da belgilangan. 
STTlar O‗zbekiston Respublikasining davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralari, xo‗jalik birlashmalari tomonidan 
tizimlaridagi bir turdagi mahsulotlar bo‗yicha bosh tashkilotlar ichidan tayinlanadi. Ularga tarmoqda o‗ziga 
biriktirilgan mahsulot turi bo‗yicha standartlashtirish ishlarida ilmiy-texnikaviy va tashkiliy-uslubiy rahbar- likni va 
sohada yagona texnik siyosatni olib borish yukla- tiladi. 


64 
Belgilangan tartibotga ko‗ra, standartlashtirish tayanch tashkilotlari «O‗zstandart» Agentligida ro‗yxatdan o‗tish - 
lari kerak. 
Mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni standartlashti- rish bo‗yicha ishlarni bevosita amalga oshirish uchun ilmiy - 
tekshiruv, konstruktorlik-texnologik bo‗limlar, byuro va laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin. 
STT uchun standartlashtirish bo‗yicha ishlar asosiy fao- liyat hisoblanadi va bu ishlar tashkilotning tematik rejasi 
asosida amalga oshiriladi. 
STT o‗z faoliyatini amaldagi barcha toifadagi me‘yoriy- huquqiy xujjatlardan belgilangan tartibda foydalanish 
asosida tashkil etadi. Xususan, davlat ahamiyatiga ega me‘- yoriy-huquqiy xujjatlarga zid bo‗lmagan tarmoq 
xujjatla- ridan ham foydalanishi mumkin. 
STTlar bir turdagi mahsulotga ixtisoslashganligi va bir tarmoqda bir necha STT bo‗lishi mumkinligi sababli, bir- 
birlarining ishlarini qaytarmasliklari uchun ular tizim doirasida o‗zaro aloqada bo‗lishlari kerak. 
Har bir STTning «O‗zstandart» Agentligi bilan keli- shilgan o‗z Nizomiga ega bo‗lishi kerakligi belgilangan. 
O‗z ST hujjatlari O‘z RH 51-012-93* da STTning o‗ziga biriktirilgan soha (mahsulotlar guruhi) bo‗yicha asosiy 
vazifalari va fo‗nksiyalari belgilangan: 
STTga biriktirilgan tashkilotlar va korxonalarning standartlashtirish bo‗yicha ishlarini muvofiqlashtirish hamda 
yagona texnik siyosatni ta‘minlash; 
kompleks tarzda standartlashtirishni rivojlanti- rishni asosiy yo‗nalishlarini ishlab chiqish; 
MHlar loyihalarini ishlab chiqish, ekspertiza qilish va kelishish, ularni tatbiq qilish va qayta ko‗rib chiqish bo‗yicha 
takliflar va tadbirlar tayyorlash; 
MHlarga kiritilayotgan talablarni amaldagi O‗zbekis - ton Respublikasi qonunchiligi talablariga va zamonaviy ilmiy-
texnik yutuqlarga mosligini ta‘minlash; 
standartlashtirishning nazariyasi va amaliyoti sohala- rida ilmiy-uslubiy ishlarni olib borish, yangi mahsulot- larda 
talablarning optimal darajada bo‗lishini ta‘minlash; 
mahsulotlar MHlaridagi ko‗rsatkich va me‘yorlarni amaldagi me‘yoriy -huquqiy xujjatlar talablariga mosligini 
doimiy tekshirib borish; 
standartlashtirish va setrifikatlashtirish bo‗yicha reja va tadbirlarni ishlab chiqishda korxona va tashkilot- larga 
uslubiy yordam ko‗rsatish. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 avgustdagi 410-sonli qaroriga binoan, davlat bosh- 
qaruv idoralari davlat budjetidan to‗liq yoki qisman moliyalashtirilayotgan davlat dasturlarini ishlab chiqish 
jarayonida mahsulot sifatini me‘yoriy ta‘minlash masala- sini ko‗zda to‗tishlari kerak. 
Yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun STTlarga keng doiradagi huquqlar (masalan, 
standartlashtirish masalalarida halqaro tashkilotlar bilan o‗zaro mu- nosabat) berilgan. 
Shu bilan birga, STT zarur hollarda standartlashtirish bo‗yicha ma‘lumotlarni korxona va tashkilotlardan talab qilib 
olish va MHlarni ilmiy-texnik ekspertizasi na- tijalari bo‗yicha yuqori tashkilotlarga takliflar berish huquqlariga 
etadir. 
STT belgilangan tartibda soha bo‗yicha standartlashtirish bo‗yicha MHlar fondini tashkil etadi hamda standart -
lashtirish masalalarida biriktirilgan korxona va tashkilotlar ishlarini nazorat ksladi. 
Hozirda O‗zbekiston Respublikasida belgilangan tartibda ro‗yxatdan o ‗tgan 17 ta STT faoliyat ko‗rsatadi. Masalan, 
«Paxtasanoatilm», «O‗zneftegazLITI», «Kinap» STTlar shular qatoridadir. 
Standartlashtirish tayanch tashkilotlari faoliyatining na- zorati ham O'z RH 51-146:2006 ga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Korxona va tashkilotlardagi standartlashtirish xizmatlari 
Standartlashtirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda hamda amaldagi qonunchilik talablarini bajarish maqsadida 
xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar o‗z qoshida standartlashtirish bo‗yicha bo‗linmalar (xizmatlar) tashkil etadilar. Ushbu 
xizmatlar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar manfaatidan kelib chiqqan holda, standartlashtirish bo‗yicha ishlar ustidan 
tashkiliy-metodik va ilmiy-texnik rahbarlikni amalga oshiradilar, korxonada standartlashtirish bo‗yicha ilmiy -
tekshirish va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajaradi, vakolati doirasidagi masalalar bo‗yicha boshqa 
bo‗linmalarning ishlarini muvofiqlashtiradi va ular bilan hamkorlik qiladi. 
Standartlashtirish bo‗yicha xizmatlarni tashkil etishni muvofiqlashtirishga qaratilgan O‗z ST doirasida rahbariy 
xujjat RD O‗z 51-051-96* ishlab chiqilgan bo‗lib, unda umumiy talablar bilan birga, bu tuzilmalarning asosiy 
vazifalari, huquqlari belgilab berilgan. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə