Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollari: 
1. Qanday toifadagi mutaxassislar standartlashtirish bo‗yicha ekspertlar deb yuritiladi? 
2. Qaysi xujjatda standartlashtirish bo‗yicha ekspert- larning malakasi va attestatsiyalanishiga qo‗yiladigan umumiy 
talablari, attestatsiyalashning malakaviy mezonlari va protsedurasi belgilangan?
3. Kompetentlilik nimani anglatadi? 
Sifat menejmenti tizimlarining normativ asoslarini o„rganish. 
 Ishning maqsadi:
Menejment tizimi – bu faoliyat yoki ishlab chiqarishni maqbullashtirish uchun siyosat va 
maqsadlarni ishlab chiqish va ushbu maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan o‗zaro bog‗langan va o‗zaro 
birgalikda harakat qiladigan elementlar majmui tushuniladi. U o‗z ichiga tashkiliy t uzilmani, resurslar va jarayonlar, 
protseduralar, amaliyot, javobgarlikni taqsimlash, rejalashtirish bo‗yicha faoliyatlarni qamrab oladi. 
Tashkilot menejment tizimlari – sifat menejmenti tizimi (SMT), ekologik menejmenti tizimi (EMT), mehnatni 
muhofazalash va kasbiy kasalliklarni oldini olish sohasidagi menejmenti tizimi, maqbul qishloq xo‗jalik amaliyoti 
menejment tizimi va boshqa turdagi menejment tizimlarini qamrab olishi mumkin. 
Zamonaviy bozor munosabatlarida ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar asosiy muhim o‗ringa ega. O‗z vaqtida, 
ya‘ni, bu standartlarning oldingi 1987 yildagi birinchi versiyasi nashri turli tarmoqlardagi korxonalarda sifat 
bo‗yicha ishlarni tashkillashtirishda etalon, raqobatbardoshlikni oshirish va hamkorlar tomonidan ishonchni 
mustahkamlash vositasi sifatida tan olingan. 
Respublikamiz korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro bozorga chiqishga erishish uchun ISO 9000 
seriyali xalqaro standartlar asosida SMT joriy etishga qiziquvchilarning ortib borishi kuztilmoqda. Masalan, hozirgi 
kunda qirqqa yaqin oziq-ovqat korxonalarida «ISO 9001» sifatni boshqarish xalqaro sertifikatiga ega. Ularni joriy 
qilishdan ko‗zlangan maqsad esa tovarlarni xalqaro bozorda integrallashuvini taminlashdir. SMT joriy qilish 
korxonalarning tenderlarda qatnashish, menejment tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini 
optimallashtirish va hamkorlik muhitini rivojlantirish imkoniyatlarini beradi. 


67 
Korxonada ISO 9001 sertifikatni mavjudligi hamkorlik munosabatlarni rivojlantirish, in vestitsiyalarni jalb etishi, 
jahon moliyaviy bozoriga chiqish uchun majburiy shartlardan bo‗lib hisoblanmoqda. ISO sertifikati – nufuzli va 
obro‗li xalqaro tashkilot (ISO) tomonidan xolisona tan olingan guvohnomadir. Undan tashqari ISO sertifikatiga ega 
bo‗lgan korxonalarda boshqaruv tizimi to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilgan bo‗ladi. 
ISO 9000 oilasidagi standartlar uchta modelini sertifikatlashtirishga asoslangan : 
ISO 9001 – Ishlab chiqish (ishlab chiqarish, loyihalashtirish, montaj va xizmat ko‗rsatish) bosqichlarid a sifatni 
ta‘minlash modeli. 
ISO 9002 – Ishlab chiqarish va montaj bosqichlarida sifatni ta‘minlash . 
ISO 9003 – Tayyor mahsulotni sinash va tekshirish bosqichida sifatni ta‘minlash modeli. 
ISO 9000 (ISO 9000-94) seriyali standartlarining keyingi versiyasi 1994 yilda paydo bo‗ldi. O‗zida noaniq 
holatlarni tushuntirish va bartaraf qilish bilan 1987 yilgi standartlar tuzilmasini takrorlagan . ISO 9000 (ISO 
9000:2000) seriyali xalqaro standartlarning yangi versiyasi 1994 yil 15 dekabrdagi oldingi versiyasi bila n 2000 yilda 
rasman almashtirildi. 2001 yilning 1 yanvaridan ISO 9000:2000 versiyasi amalga kiritildi. Yangi versiya standarti 
sertifikatlashtiruvchi, muqobil sifat modellarini o‗zida mujassam etmaydi. Paydo bo‗lgan ISO 9001:2000 standartini 
qayta ko‗rib chiqish natijasida 1994 yilgi ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlar versiyasi qator tamoyilli 
farqlari mavjudligini o‗zining mohiyati bo‗yicha alamashtirilgan. Masalan, hujjatlar majmuasi avval 24 ta 
standartdan iborat bo‗lgan bo‗lsa, hozirda o‗zida quyidagi 5 ta asosiy standartlarni qamrab oladi: 
ISO 9000:2000 Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy tamoyillar va lug‗at. 
ISO 9001:2000 Sifat menejmenti tizimlari. Talablar (sertifikatlashtirish va audit maqsadlari uchun qo‗llanalidigan 
va sifat tizimiga zaruriy talablar yig‗indisini o‗rnatadi). 
ISO 9004:2000 Sifat menejmenti tizimlari. Yaxshilash bo‗yicha rahbariy ko‗rsatmalar (korxona faoliyatining yuqori 
samaradorligiga mo‗ljallangan sifat menejmenti tizimini yaratish bo‗yicha uslubiy qo‗rsatmalardan tarkib to pgan). 
ISO 19011:2000 Sifat menejmenti tizimi va atrof-muhitni himoyalashni tekshirish bo‗yicha rahbariy ko‗rsatma. 
ISO 10012 O‗lchash vositalarining sifatini ta‘minlash. 
ISO 9001 va ISO 9004 asos bo‗luvchi standartlar bo‗lib, tuzilmasi va mundarijasi bo‗y icha to‗liq o‗zaro 
uyg‗unlashgan. Ulardan birgalikda va ajratilgan yakka tartibda foydalaniladi. Ikkala standart sifat menejmenti 
jarayoni modeliga asoslangan, ammo, qo‗llanilish sohasi turlicha bo‗lgan birxillik mavjud . Ikkala standart muayyan 
tarmoqda ishlab chiqilishi mumkin bo‗lgan, asosiy talablarni tashkil etib va barcha turdagi mahsulotlarga 
qo‗llanilishi mumkin. ISO 9001 va ISO 9004 standartlari boshqa tizim standartlari bilan bir-biriga mosligi sifatida 
qisman, atrof-muhitni muhofazalashni menejmenti tizimlarini tartiblashtiruvchi ISO 14001 va ISO 14004 bilan 
mosligi rejalashtirilgan. Amaldagi ISO 8402 standarti ISO 9000 standartiga o‗zgartirildi. U SMT (ma‘lumotli 
bo‗limi), hamda tushunchalar, atamalar va ta‘riflar asosi bo‗lib xizmat qildi. ISO 9000 standarti ISO 9000:1994 va 
ISO 8402 standartlarini almashtiradi. Bunda «Lug‗at» (ISO 8402) qayta ko‗rib chiqilishga duchor qilindi: «eski» 
tushunchalar aniqlashtirildi va yangi atamalar qo‗shimcha kiritildi. 
ISO 9001:2008. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 1994 yildagi versiya standartlari qayta ko‗rib chiqilgan ISO 
9001:2008 standarti almashtiradi. Ushbu hujjat amaliyotda ISO 9001:1994 ning barcha talablarini va unga qator 
yangi qo‗shimchalarni o‗z ichiga olgan. Standartning tuzilmasi to‗liq o‗zgartildi: 20 ta elementga bo‗lingan 
«keskin» talablari 5 ta asosiy bo‗limga kirtilgan – «Sifat menejmenti tizimi», «Rahbariyatning javobgarligi», 
«Resurslar menejmenti», «Mahsulotning hayotiy sikli jarayonlari», «O‗lchashlar, tahlil qilish va yaxshilash». ISO 
9001:2000 standarti ilovasida ISO 9001:1994 va ISO 9001:2000 bo‗limlarga muvofiq jadvali keltirilgan. Ushbu 
jadval sifat tizimini hujjatlashtirishda va qayta ko‗rishda qulay bo‗lib, ikkita ish bajarmasdan Sifat bo‗yicha 
qo‗llanmani shu bo‗limni oddiygina ko‗chirib, ya‘ni o‗zgartirishga mashaqat chekmasdan qayta ishlab chiqishda 
foydalaniladi. 
ISO 9004:2000. U barcha qiziquvchi tomonlarning: buyurtmachilar, jarayon egalari, ta‘minotchilar, jamiyat 
talablarini maksimal qanoatlantirish va uning hisobiga ishlarni tashkillashtirishga mo‗ljallangan. Bu yerda korxona 
daromadi va boshqa yuqorida tilga olingan sub‘ektlar va buyurtmachilarni qanoatlantirish yo‗llarini ta‘minlash 
to‗g‗risida fikr yuritilmoqda. ISO 9004:2000 qo‗llanma ISO 14001:1996 «Atrof-muhitni muhofazalash menejmenti 
tizimi» standarti bilan ko‗p jihatlari uyg‗unlashgan bo‗lib, bu ikki standartdan birgalikda foydalanish jamiyat uchun 
foyda keltiradi. Qayta ko‗rib chiqilgan ISO 9004 standarti buyurtmachilar, jarayon egalari, ishchilar, ta‘minotchilar 
va jamiyat hamda iste‘molchilar qiziqishlariga tashkilot faoliyatining natijaviyligiga erishishga mo‗ljallangan. 
Bunda ISO 9004 standartining har bir bo‗limi ISO 9001:2000 standartining bo‗limlariga muvofiq matnlardan takib 
topgan. O‗zbekistonda 2002 yildan ISO 9000 seriyali 2000 yil versiya standartlariga asl nusxasiga teng bo‗lgan O‗z 
DSt ISO 9001:2002 standartlari amal qilinadi. Hozirgi kunda O‗zbekiston Respublikasida 2008 yildagi ISO 9001 
standarti versiyasini 2009 yilda tasdiqlanib, O‗z DSt ISO 9000:2009 standarti amalga kiritilgan. 
Hozirgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasida sifat menejmenti tizimlariga talablarni o‗rnatuvchi quyidagi standartlar 
qabul qilingan va amal qiladi: 
O‗z DSt ISO 9000:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug‗at»; 
O‗z DSt ISO 9001:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Talablar»; 
O‗z DSt ISO 9004:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo‗yicha tavsiyalar». 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə