Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollari: 
1. Standartlashtirish tayanch tashkilotlari nima maqsadda tashkil etiladi? 
2. Standartlashtirish tayanch tashkilotlarini tayinlash tartibiga va ularni ishlarini tashkil etishga bo‗lgan ta - lablar 
qaysi xujjatda belgilangan? 
3. Qaysi xujjatda STTning o‗ziga biriktirilgan soha bo‗yicha asosiy vazifalari va fo‗nksiyalari belgilangan? 


65 
Standartlashtirish sohasidagi ekspertlar faoliyatini o‟rganish. 
Ishning maqsadi:
O‗zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‗g‗risida»gi Qonuni va boshqa me‘yoriy -
huquqiy xujjatlarida ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsu lotlar- ning sifati va xavfsizligiga kat‘iy talablar 
qo‗yilgan bo‗lib, ular mahsulotlar MHlarida ko‗rsatilgan bo‗lishi kerak. Shu bilan birga, MHsiz mahsulotlarni ishlab 
chi- harish va sotish taqiqlanishi ko‗rsatilgan. Qonunchilikda O‗zbekistonda standartlashtirish ishlarini tashkil etish, 
olib borish va muvofiqlashtirish «O‗zstandart» agentligi, boshqa davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralari zimmasiga 
yuklatilgan. Ushbu idoralar nafaqat standartlashtirish bo‗yicha umumtashkiliy ishlar bilan, balki bevosita MHlar 
ishlab chiqish, MHlar fondini tuzish va olib borish, MHlarni ekspertizasini o‗tkazish, halqaro MHlarni joriy etish 
kabi ishlarni ham olib boradilar. 
Standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar va tayanch tashkilotlari ham o‗z navbatida bu kabi faoliyatlar bilan 
shug‗ullanadilar. O‗z mahsulotlari (ishlab chiqarilayotgan, sotilayotgan mahsulotlari) uchun tadbirkorlik sub‘ektlari 
ham MHlar ishlab chiqadilar va joriy etadilar. 
O‗zbekiston Respublikasida MH davlat fondida 40000 dan ziyod xujjatlar mavjudligi va har yili respublikada 
o‗rtacha yangi 500 dan ziyod MHlar ishlab chiqilishi va joriy etilishini xisobga olinsa, standartlashtirish ishlarini 
olib borish uchun ko‗plab mutaxassislar kerak bo‗lishi talab etiladi. 
Standartlashtirish ishlarini malakali va amaldagi me‘yo- riy-huquqiy xujjatlar talablari asosida bajarish uchun yetarli 
bilim va malakaga ega bo‗lgan, maxsus o‗quv kurslarida ta‘lim olgan, standartlashtirish sohasida amaliy tajribaga 
ega bo‗lgan, vakolatli idora tomonidan baholangan (attestatsiyalangan, sertifikatlangan) mutaxassislar bo‗lishi talab 
etiladi. Bu toifadagi mutaxassislar standartlashtirish bo‗yicha ekspertlar deb yuritiladi. 
O‗zbekistonda 2005 yilgacha standartlashtirish bo‗yicha ekspertlar instituti mavjud bo‗lmagan. Bunday institut- 
ning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashti- rish bo‗yicha Davlatlararo kengash doirasida va ayrim MDH 
mamlakatlarida kiritilishini, respublihamizda ham bu toifa mutaxassislarga ehtiyojni hisobga olib, O‗zbekiston 
davlat standarti O‘z DSt 1.26: 2006 ishlab chiqilgan. Bu MHda standartlashtirish bo‗yicha ekspertlarning malakasi 
va attestatlanishiga qo‗yiladigan umumiy talablari, attes - tatsiyalashning malakaviy mezonlari va protsedurasi belgi- 
langan. 
Ushbu xujjat Moldova Respublikasining standartlashtirish bo‗yicha milliy tizimida «standartlashtirish bo‗yicha 
ekspert» toifasini joriy etish tajribasini hisobga olgan holda va PMG «Kvalifikatsionnыe kriterii i protsedura 
attestatsii ekspertov v oblasti standartizatsii» davlatlararo standarti qoidalari asosida ishlab chiqilgan. 
Bu hujjat qabul qilingunga qadar, O‗zbekistonda standartlashtirish ishlari bilan shug‗ullanuvchi mutaxassislarga 
nisbatan yagona va vakolatli davlat idorasi tomonidan tas - diqlangan aniq me‘yoriy xujjat mavjud bo‗lmagan. Bu 
yo‗na- lishda faoliyat ko‗rsatuvchi mutaxassislarga talablar har bir korxona va muassasaning o‗z talablaridan kelib 
chiqqan holda belgilangan. SMSITI qoshidagi malaka oshirish Markazida standartlashtirish ishlarini tashkil etish 
mavzusidagi bir necha o‗quv kurslari faoliyat ko‗rsatsada, ular umummajburiy kuchga ega bo‗lmagan. 
Standartlashtirish ishlari bilan davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralarida, korxonalarda shug‗ullanuvchi mutaxassislar 
umumiy talablar asosida tizimli attestatsiya yoki sertifikatlashtirishdan o‗tmasdan, faqat tarmoq yoki korxona 
darajasida belgilangan talablar asosida attestatsiyadan o‗tkazilgan. 
Mazkur O‘z DSt 1.26:2006* standartda quyidagi atamalar mos ta‘riflari bilan qo‗llanilgan: 
kompetentlilik: o‗z bilim va mahoratini qo‗llanishi ifodalangan qobiliyati. 
ekspert (standartlashtirish sohasida): standartlashtirish sohasida amaliy ishlarda ilm va bilimlarga ega bo‗lgan, 
kompetentliligi muvofiq attestat bilan tasdiqlangan shaxs. 
Davlat standartida belgilanganligi bo‗yicha, ekspert fao- liyat yo‗nalishidan qat‘i nazar, mazkur xujjat bilan regla- 
mentlangan talablarga javob beruvchi zarur kompetent - lilikka ega bo‗lgan va «O‗zstandart» Agentligining eks - 
pertlarni attestatlash bo‗yicha komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda attestatlangan mutaxassis bo‗lishi 
mumkin. 
Ekspertlarning asosiy fo‗nksiyalari qilib quyidagilar belgilangan: 
barcha darajadagi me‘yoriy xujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
amaldagi me‘yoriy xujjatlarni tekshirishni amalga oshirish; 
loyihalar va amaldagi me‘yoriy xujjatlar (o‗zgarti- rishlar)ning ilmiy-texnikaviy ekspertizasini amalga oshirish; 
me‘yoriy xujjatlar (o‗zgartirishlar) loyihalarining me‘yoriy tekshiruvini o‗tkazish; 
standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar (mil- liy, davlatlararo, halqaro) va tayanch tashkilotlar va h.k. 
ishida qatnashish. 
Davlat standartida ekspertlikka nomzodlarni o‗qitish SMSITIda yoki boshqa tashkilotlarda «O‗zstandart» agentligi 
tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan dasturlar bo‗yicha o‗tkazilishi belgilangan. 
O‗qitish o‗z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi kerak: 
«Standartlashtirish asoslari» mutaxassisligi bo‗yicha tayanch ma‘lumotni olish; 
«Me‘yoriy xujjatlarning ilmiy-texnikaviy eksper- tizasi» mutaxassisligi bo‗yicha har 5 yil davriyligi bilan malakani 
oshirish. 
Ekspertlikka nomzodlar ma‘lumoti va tajribasi bo‗yicha quyidagilarga ega bo‗lishi lozim: 
a) tugallangan oliy ma‘lumot; 


66 
b) «Standartlashtirish asoslari» mutaxassisligi bo‗yicha tayanch ma‘lumot; 
v) «Me‘yoriy xujjatlarning ilmiy-texn ikav iy eksper- tizasi» mutaxassisligi bo‗yicha ma‘lumot; 
g) mutaxassislik bo‗yicha hamida o‗n yil amaliy ish staji, ulardan hamida besh yili standartlashtirish sohasida;
d) quyidagi sohalarda ish tajribasi: 
barcha darajadagi amaldagi MHni ishlab chiqish va tek- shirishni amalga oshirish; 
halqaro, mintaqaviy va xorijiy MH ni qabul qilish bo‗yicha ishlarni olib borish, shuningdek standartlashtirish 
bo‗yicha milliy MHni halqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlar bilan uyg‗o‗nlashtirish; 
standartlashtirish bo‗yicha MH loyihalarining eks- pertizasini amalga oshirish. 
Ekspertlikka nomzod quyidagilarii bilishi zarur: 
standartlashtirish sohasidagi qonunchilikni; 
O‗z ST asos bo‗luvchi xujjatlarini; 
standartlashtirishning halqaro va Yevropa metodolo - giyasi va tajribasini; 
standartlashtirishning davlatlararo tizimini rivoj- lantirishning asosiy yo‗nalishlarini; 
O‗z O‗DT, O‗z SMT va standartlashtirishning boshqa tarmoqlararo tizimlari asoslarini. 
Malakaviy bilimlar bilan birga ekspertga shaxsiy si- fatlar bo‗yicha ham quyidagi talablar qo‗yiladi: 
ob‘ektivlik, mas‘ullik, prinsipiallilik, xayri- xoxlik, muloqatga qobiliyatlilik, xushmuomalalik, vaz- minlik; 
o‗z nuqtai nazarini tahlil qilish, mantiqiy asoslash, qatiy va dalillar bilan himoya qilish qobiliyati; 
o‗z fikrini aniq va erkin, og‗zaki va yozma bayon qilish qobiliyati; 
ekspert majburiyatlarini bajarish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni ob‘ektiv va musta qil hal etish 
qobiliyati. 
O‘z DSt 1.26: 2006ga asosan ekspertlarni «O‗zstandart» agentligi buyrug‗i bilan tuzilgan maxsus komissiyasi ikki 
bosqichda attestatni amalga oshiradi: 
ekspert bo‗lishni xohlovchi shaxslarni boshlang‗ich baholash; 
ekspertlarni davriy baholash. 
Davlat standartida attestatlash protsedurasi va ekspert - dan talab qilinadigan xujjatlar bo‗yicha ma‘lumotlar ba- tafsil 
bayon qilingan. 
Attestatsiyadan muvaffadiyatli o‗tgan mutaxassislarga besh yil muddatga kompetentlilik attestati beriladi va ular 
haqidagi axborot davlat reestriga kiritiladi. 
Ushbu xujjatda standartlashtirish bo‗yicha ekspert bo‗lgan shaxsning keyinchalik o‗z malakasini tasdiqlab borish 
pro- seduralari ham aniq ko‗rsatib berilgan. 
O‗zbekiston Respublikasida standartlashtirish bo‗yicha ekspertlarni malakasini va kompetentliligini bah olashda 
amaldagi attestatsiyalash tizimi o‗rniga halqaro amliyotda keng qo‗llaniladigan sertifikatlashtirish tizimini joriy 
etilishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. Buning uchun halqaro xujjatlarda belgilangan qoidalar va talablar bilan birga 
O‗zbekiston Respublikasining «Muvofiqlikni baholash to‗g‗risida»gi Qonunida personalni muvofiqligini baholash 
talablarini inobatga olish mumkin. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə