Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollari: 
Standartlar va o‗lchash vositalarining ilmiy-texnikaviy darajasini tahlil qilish qaysi kujjatda belgi- langan? 
Me‘yoriy xujjatlar ekspertizasi nimani anglatadi? 
Me‘yoriy xujjatlar ekspertizasi kim tomonidan amalga oshiriladi? 
 Standartlashtirish bo„yicha texnik qo„mitalar faoliyatini o„rganish. 
Ishning maqsadi:
Bir turdagi mahsulotlarga va tarmoqlararo ahamiyatga ega mahsulotlarga me‘yoriy 
xujjatlarni ishlab chiqish bilan asosan standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar (TQ) shug‗ullanadi. Bunday 
amaliyot ko‗pchilik halqaro va regional tashkilotlarda qo‗llaniladi. ISOning qoshida 200 texnikaviy qo‗mita, 2000 
quyi qo‗mita va ishchi guruhlar faoliyat ko‗rsatadi. Halqaro elektrotexnika komissiyasi (MEK)da 100 TQ, 1000 dan 
ziyod quyi qo‗mitalar va ishchi guruhlar mavjuddir. Halqaro tashkilotlarda TQ ishini soha (aniq mahsulot ishlab 
chiqarish) bo‗yicha yetakchi hisoblangan a‘zo davlat tomonidan olib boriladi va boshqa manfaatdor a‘zo davlatlar 
qo‗mita ishida turli statusda ishtirok etishlari mumkin. Halqaro TQlar tomonidan yiliga ko‗plab me‘yoriy xujjatlar 
ishlab chiqiladi. Masalan, ISOning TQlari tomonidan yiliga 500 dan ziyod standartlar, rah - bariy hujjatlar, qoidalar 
va me‘yorlar ishlab chiqilib, amaliyotga kiritiladi. 
Regional standartlashtirish tashkilotlarida ham stan - dartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar faoliyati 
yo‗lga qo‗yilgan bo‗lib, aniq bir region talablaridan kelib chiqqan holda me‘yoriy xujjatlar ishlab chiqiladi. 
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi a‘zo bo‗lgan regional tashkilot, standartlashtirish, metrologiya i 
sertifikatlashtirish bo‗yicha Davlatlararo kengashi (Davlatlararo kengash) to monidan ham standartlashtirish 
bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar tashkil etilgan. 01.01.2013 yil holatiga Davlatlararo kengashda 500 TQ faoliyat 
ko‗rsatadi, shundan ikkita — ipak va paxta bo‗yicha TQ ishi O‗zbekiston tomonidan olib boriladi. 
Hozirgacha «Ipak» TQ tomonidan 69 ta, «Paxta» TQ tomonidan esa 7 ta davlatlararo me‘yoriy xujjatlar 
ishlab chiqilgan. Ushbu MHlar asosan O‗zbekiston Respublikasi davlat standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‗lib, 
ushbu xujjatlar Mustaqil davlatlar hamdo‗stligi xududida dav- latlararo hujjat sifatida qo‗llaniladi. Bu holat esa
O‗zbekiston Respublikasi davlat standartlarini regional (MDH) darajada joriy etilishini ta‘minlaydi. 
Davlatlararo kengash doirasida TQ faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish tegishli davlatlararo 
me‘yoriy xujjat bilan amalga oshiriladi. 
Halqaro va regional (davlatlararo) texnikaviy qo‗mita- larning faoliyati davlatlar o‗rtasida savdo-iqtisodiy 
munosabatlarda texnikaviy to‗siq (barer)larni bartaraf etishga yordam beradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktabrdagi 342-sonli qarorida «O‗zstandart» 
Agent- ligining asosiy vazifalaridan biri etib, bir turdagi mahsulotlarga tegishli bo‗lgan standartlarni ishlab chiqa- 
ruvchi tarmoqlar tuzilmalari ishini tashkil etishga yordam berish, ularga ilmiy -uslubiy rahbarlik qilish va faoli- 
yatlarini nazorat qilib borish belgilangan. Shu bilan birga, «O‗zstandart» Agentligiga standartlarni ishlab chiqarish 
uchun manfaatdor tomonlar bilan birgalikda standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalarni tashkil etish top - 
shirilgan va shu maqsadni amalga oshirish uchun tegishli davlat va xo‗jalik boshqaruvi idoralaridan TQlarni tashkil 
etishni talab qilish huquqi berilgan. 
«O‗zstandart» Agentligi standartlashtirish bo‗yicha milliy idora sifatida va qonunchilikda belgilangan 
huquqlariga muvofiq respublikada davlat va xo‗jalik boshqaruv idoralarining, xo‗jalik faoliyati ko‗rsatuvchi 
sub‘ektlar va jamoat birlashmalarining hamda TQlarning standartlashtirish bo‗yicha ishlarini muvofiqlashtiradi. 
Muvofiqlashtirish esa respublikada standartlashtirish yillik davlat dasturini tuzishda, an‘anaviy choraklik 
TQlar bilan ishchi yig‗ilishlarda, respublika seminarlari, konferensiyalari ishida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 
TQlar ishi standartlashtirish, metrologiya i serti- fikatlashtirish bo‗yicha Idoralararo kengash yig‗ilish va 
«O‗zstandart» agentligi rahbariyatining kengaytirilgan yig‗ilishlarida etishib boriladi. 
Standartlashtirish sub‘ektlarining faoliyatiga bo‗lgan aniq talablar standartlashtirish tizimining asos b o‗luvchi 
me‘yoriy xujjatlarida belgilangan. 
O‘z RH 51-013:1993 «O‗zST. Standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar bo‗yicha umumlashgan 
Nizom» talab- lariga ko‗ra, standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar tegishli sohalarda standartlashtirish 
bo‗yicha MHlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni ekspertizasini, kelishuvini va tasdiqlanishini ta‘minlash 
maqsadida tashkil etiladi. O‘z RH 51-013:1993 da standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalarga bo‗lgan 
umumiy talablar, ularning asosiy vazifalari, strukturasi va tarkibi belgilangan. 
Belgilangan talablarga ko‗ra, TQ ma‘lum turdagi mahsu- lotlar (xizmatlar), texnologiyalar, boshqa 
standartlashtirish ob‘ektlariga ixtisoslashgan, davlat va mahsulot is - te‘molchisi manfaatlarini himoyasida 
respublika, tarmoq, davlatlararo, halqaro standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishda eng yuqori ilmiy -
texnikaviy po- tensialga ega bo‗lgan, manfaatdor tomonlarning vakolatli mutaxassislaridan iborat bo‗lgan 
tuzilmalar. 
TQga asosiy manfaatdor tomonlar — mahsulotlarning asosiy iste‘molchilari, mahsulotlarni ishlab 
chiqaruvchilar, jamoat tashkilotlari hamda davlat nazorati idoralari (vakillari) kiritiladi. Asosiy iste‘molchining, 
«O‗zstandart» agentligi, O‗zbekiston Respublikasi sog‗liqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish 
qo‗mitasi, Mudofaa vazirligi va Davarxitektqurilish qo‗mitasi va- killarining TQ a‘zoligiga kiritilishi (vakolati 
doira- sida) majburiy hisoblanadi. 


60 
TQ raisi a‘zo bo‗lgan asosiy manfaatdor tashkilotlar vakillaridan saylanadi. TQ raisi o‗rinbosari ikki kishidan 
iborat bo‗lib, biri asosiy iste‘molchidan va ikkinchisi esa «O‗zstandart» agentligi (vakolati doirasida O‗zbekiston 
Respublikasi sog‗liqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi, Davarxitektqurilish qo‗mitasi) 
vakillaridan tayinlanadi. TQ kotibiyati xaysi tashkilot bazasida t uzilgan bo‗lsa, shu tashkilot tomonidan yuritilada. 
TQ o‗z faoliyatini O‗zbekiston Respublikasida amalda bo‗lgan standartlashtirish bo‗yicha me‘yoriy -huquqiy 
xujjatlar asosida olib boradi. TQlar: 
davlatlararo, davlat, tashkilot standartlarini ishlab chiqadi, ularni qayta ko‗rib chiqadi va o‗zgartirishlar 
kiritadi; 
standartlashtirish bo‗yicha halqaro va regional tashkilotlar TQlarining ishida qatnashadi;
davlatlararo, davlat, tarmoq standartlashtirish das - turlariga takliflar ishlab chiqadi; 
standartlashtirish bo‗yicha halqaro, davlatlararo va regional tashkilotlarda O‗zbekiston manfaatini himoya 
qilishga qaratilgan takliflarni tayyorlaydi; 
barcha toifadagi MHlarni ilmiy-texnikaviy eksper- tizasini o‗tkazadi. 
Belgilangan tartibga ko‗ra, TKdshng ilmiy-texnikaviy ekspertizasi natijasida bergan ijobiy xulosasi «O‗zstandart» 
agentligi va vakolatli davlat idoralari tomonidan MHni to‗g‗ridan-to‗g‗ri tasdiqlash va davlat ro‗yxatidan o‗tka- 
zishga asos bo‗lishi mumkin. 
«O‗zstandart» agentligi bergan vakolatga ko‗ra, milliy TQlar halqaro, davlatlararo va regional tashkilotlarning 
TQlari bilan bevosita ish olib borishi va ularning ishida qatnashishi mumkin. Bu esa tegishli darajada ishlab chiqa- 
rilayotgan MH loyixasiga O‗zbekistonning tegishli tarmog‗i manfaatidan kelib chiquvchi takliflarni kiritish 
imkoniyatini beradi. 
TQ ta‘sischi idora, «O‗zstandart» Agentligi (vakolati doirasida O‗zbekiston Respublikasi sog‗liqni saqlash va- 
zirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‗mitasi, Dav- arxitektqurilish qo‗mitasi)ning qo‗shma buyrug‗i bilan 
tashkil etiladi. 
O‘z RH 51-013:1993 ga ko‗ra, TQ keng vakolatga ega bo‗lib, uning faoliyati barcha darajadagi (halqaro, 
davlatlararo, regional, davlat va tarmoq darajasidagi) standartlashtirish ishlarini o‗z ichiga olishi mumkin. 
TQ ichida, kerak hollarda, tor sohalarda quyi qo‗mitalar va ishchi guru hlar tuzilishi mumkin. Masalan, informatsion 
texnologiyalar sohasida TQ bilan birga quyi qo‗mita ham tashkil etilgan. 
TQ faoliyatini takomillashtirish va uning vakolatini oshirishga qaratilgan O‘z RH 51-013:1993 ga kiritilgan 2-sonli 
o‗zgartirishga ko‗ra, TQ tomonidan qabul qilingan bayonnoma qarori, TR barcha a‘zolari tomonidan MHni 
kelishilgan deb qabul qilishga asos bo‗ladi. 
Hozirda O‗zbekistonda quyidagi standartlashtirish bo‗yicha TQ faoliyat ko‗rsatib kelmoqda: 
«Paxta» TQ; 
«Pilla mahsulotlari» TQ; 
«Yog‗ va oziq-ovqat mahsulotlari» TQ; 
«O‗zbekneftegazmahsulot» TQ; 
«Don mahsulotlari» TQ; 
«O‗zvinxolding» TQ; 
«Aloqa va informatika» TQ; 
«Navurug‗nazorat» TQ; 
«O‗zavtosanoat» TQ; 
«Go‗sht va sut» TQ; 
«Davarxitektqurilish» TQ; 
«Kimyosanoat» TQ; 
«Yengilsanoat mahsulotlari» TQ; 
«O‗zbekcharmpoyabzal» TQ; 
«O‗zbekiston Respublikasini xavfsizligi va mudo- faasi doirasida» TQ; 
«Fizkultura va sport» TQ; 
«Avtomobil va daryo transportini standartlashtirish»
TQ; 
«Uzluksiz ta‘lim tizimi standartlari» TQ; 
«Turizm sohasida» TQ; 
«Energetika sohasida» TQ; 
«Tabiatni muhofaza qilish sohasida» TQ.
Respublika bo‗yicha barcha darajadagi MHlarning 14-16 % TQlar tomonidan ishlab chiqariladi. 
Standartlashtirish bo‗yicha texnikaviy qo‗mitalar fao- liyatining nazorati O‘z RH 51-146:2006 ga muvofiq amalga 
oshiriladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə