Gumanitar fanlar



Yüklə 381,5 Kb.
səhifə9/12
tarix14.06.2022
ölçüsü381,5 Kb.
#89436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
huquqiy otarbiyada shaxs xususiyati

Huquqiy madaniyat - bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilish va unga rioya qilishi.
Jamiyatning huquqiy madaniyati avvalam bor aholining huquqiy ongini rivojlanish darajasiga bog’liq bo’ladi, ya’ni aholi tomonidan huquq haqidagi bilimlarning o’zlashtirilganligi, bu haqda ma’lumotga ega ekanligi, ularning qonunga, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, sudga nisbatan munosabatlari yoki fuqarolarning huquqiy ko’rsatmalarga bo’lgan (bajarish yoki bajarmaslik holatlari) karashlari va x.k.larga bog’liq bo’ladi. Bu huquq madaniyatning birinchi elementi hisoblanadi.
Huquqiy madaniyatning ikkinchi elementi bo’lib huquq faoliyatining rivojlanish darajasi hisoblanadi. Bu esa olim - huquqshunoslarning nazariy faoliyatidan, talablar va yuridik o’quv yurtlarining tinglovchilari faoliyatidan, qonun ijodkorligi va huquqning tadbiqi bilan bog’liq amaliy faoliyatidan yoki huquqni ko’llash faoliyati va hokazolar bilan bog’liq bo’ladi.
Jamiyatning huquqiy madaniyatiga davlatning hokimlik (huquq qo’llash) faoliyati sezilarli ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni qonunga binoan - uni tatbiq qilish maqsadida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni amalga oshiradi.
Huquqiy madaniyatning uchinchi elementi bo’lib yuridik aktlar butun tizumning rivojlanish darajasi hisoblanadi, ya’ni ushbu jamiyatning huquqini ifoda etuvchi va mustahkamlovchi hujjatlarning matni (teksti) jamiyatning huquqiy madaniyatini baholashda qonunchilik tizimi (uning asosi bo’lgan konstitutsiya ) ko’proq ahamiyatga ega bo’ladi.Umuman olganda butun normativ-huquqiy aktlarning butun tizimi - qonunlardan tortib mahalliy hokimiyat boshqaruv organlarining aktlarigacha rivojlanish darajasi muhim rol o’ynaydi.
Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, "...keyingi o’n yillar mobaynida ma’lum qadriyatlarga ega bo’lgan kishilarning muayyan ijtimoiy shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik mumkin emas. Bir tomondan, bu ijtimoiy tenglikka, kafolatlangan mehnat qilish huquqiga, yalpi bepul ta’lim va tibbiyot xizmatga tarafdorlikka intilishida namoyon bo’lmoqda. Ikkinchi tomondan esa, yakka hokimlikdan iborat ma’muriy buyruqbozlik tizimi keltirib chiqargan insonni mulkka egalikdan va xo’jayinlik tuyg’usidan begonalashtirilganligi, tayyorga ayyorlik ruhiyati yuzaga keltirganligida ko’rinmoqda."12
SHuning uchun ham, deb alohida ta’kidlaydi Prezident I.Karimov, "xalqimiz huquqiy madaniyatini oshirishni tashkil etish, uni davlat siyosati darajasiga ko’tarish lozim, zero, mustaqillik tushunchasi zamirida buyuk huquqqa ega bo’lish yotadi."13
Buning uchun respublikamizda qilingan ishlar kam emas. Masalan, 1997 yil 20 mayda O’zbekiston Prezidenti I.A. Karimov huquqni himoya qilish organlari rahbarlari, huquqshunos olimlar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o’tkazdi. Unda erkin, huquqiy demokratik davlat qurishning zaruriy sharti xalq huquqiy madaniyatini oshirish ekanligi ta’kidlandi. SHu bilan birga Prezident, har bir ishning muvaffaqiyati kadrlarga bog’liq, shuning uchun, barcha sohada bo’lganidek yurisprudentsiyada ham yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash zarurligiga e’tiborni qaratdi. Ushbu uchrashuv ho’jako’rsin uchun (deklarativ) yoki o’tkinchi xarakterga ega emasligini bir oydan keyin O’zbekiston Prezidentining "Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, huquqshunos kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o’rganish ishlarini yaxshilash" (1997 yil 25 iyunь) va uning ketidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi yuristlar malakasini oshirish Markazini tashkil etish to’g’risida"gi qarori (1997 yil 22 iyulь) qabul qilingani ham ko’rsatadi. Bir oy o’tgach Oliy Majlisning 9 sessiyasida "Jamiyatning huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishning Milliy dasturi" (1997 yil 29 avgust) qabul qilinadi. Ushbu dastur aholining barcha qatlamida huquqiy savodxonlikni oshirish, yuqori darajadagi huquqiy ongni shakllantirish, huquqiy bilimlarni kundalik hayotda tatbiq eta bilish ko’nikmalarini tarbiyalash uchun huquqiy madaniyatni rivojlantirishning keng, doimo harakatdagi tizimini yaratishni vazifa qilib belgiladi. SHuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, huquqiy madaniyatni shakllantirish uzoq davrlarni va doimo ishlashni o’z ichiga oladi. Nima uchun biz huquqiy madaniyatni shakllantirishga katta ahamiyat beryapmiz, bu bilan biz huquqiy davlat qurishdagi uning rolini bo’rttirib yuborayotganimz yo’qmi? Albatta, yo’q. CHunki huquqiy xulqni shakllantiruvchi bosh omillardan biri huquqiy madaniyat hisoblanadi. Bu masalaning qay darajada dolzarbligi to’g’risida Respublikamiz Prezidenti ta’kidlab, shunday deydi: “oldimizda turgan g’ov va to’siqlarni yengish jarayonida hammamiz uchun eng ta’sirchan qurolga aylanadigan kuch – bu xalqimizning huquqiy ongini, tafakkurini tarbiyalash, huquqiy madaniyatini oshirish, qalbida erkinlik va mas’uliyat tuyg’ularini qaror toptirishdir”14. Bundan tashqari, huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida siyosiy, axloqiy boshqarish madaniyatining to’laqonli ishlashini ta’minlaydi, busiz esa ijtimoiy taraqqiyot, davlatlararo, xalqlararo va madaniyatlararo aloqalar yo’q. Huquqiy madaniyat shaxs rivojining sifatini bildirib o’z ichiga g’oyaviy darajani (bilish va fikrlash madaniyati, ijtimoiy tajribani umumlashtirish va tahlil qilish, ilgari egallangan bilimlarga tayanib yangi ijtimoiy hodisalarni anglash), ruhiy emotsional darajani (bilimning haqiqiyligiga chuqur ishonish) va faol xulq-atvor darajasini (siyosiy va huquqiy qarorlarni amalga oshirishga shaylik va qodirlik) oladi.




XULOSA
Huquq haqidagi ma‘ruzalar, suhbatlar huquqiy targ`ibotning asosiy shakli bo`lib kolmoqda. Albatta, bir martalik tadbirlarning epizodliligi, mavzu jihatdan o`zilib kolishi o`zining salbiy jihatlariga ham ega. Hozir mavzularning birligi bilan bog`langan.Uyushgan tarzda, rejali asosda o`tkaziladigan leksiyalar va suhbatlar turkumlarining tashkil etilishiga utilayotgani bejiz emas mavzular turkumlari bir martalik ma‘ruzalardan farqli ravishda voyaga yetmaganlarga muayyan tizimdagi bilimlar majmuini beradi, huquq me'yorlarini amalda qo`llanish malakalarini singdiradi, o`quv rejalari va maktab dasturlari bilan uyg`un tarzda o`tkazilishi mumkin.
Shu bilan birga ayrim suhbatlar, ma‘ruzalar huquqiy turmush hodisalariga munosabat bildirish, yangi qonunlarni targ`ib qilish, paydo bo`ladigan ehtiyojlarni qondirishning eng muhim shakli bo`lib hisoblanadi.
Sud, prokrutura, militsiya, adliya organlarining amaliyotchi xodimlari bilan uchrashuvlar g`oyat muhimdir. Ular har doim o`smirlarda qiziqish uyg`otadi, huquqiy masalalar muhokamasiga sabab bo`ladi. Huquqshunoslar bunday uchrashuvlar oldidan maktablar, hunar–texnika bilim yurtlari, yoshlar jamoalaridagi intizom ahvoli bilan tanishadilar, mavjud kamchiliklar va huquqiy tartibotni buzishlarini tahlil etishadi, huquqbuzarlarga nisbatan qabul qilingan choralar to`g`risida axborot berishadi. Bunday uchrashuvlar «davra suhbati» tarzida, erkin suhbatlashish, bahslashish vaziyatida ham o`tkaziladi. Lekin ular lektorlar va tashkilotchilardan puxta tayyorgarlikni talab qiladi1. Maktablar va o`quv bilim yurtlari,uchun tashkil etiladigan tematik kechalar va savollar va javoblar kechalari ham huquqiy bilimlarni targ`ib qilishning ta'sirchan shaklidir ularni o`tkazish uchun madaniyat saroylari, kinoteatrlar, kutubxonalar, madaniyat va istirohat bog`laridan foydalaniladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, bunday kechalar ularni tayyorlashda o`smirlarning o`zlari ham faol ishtirok etgan joylarda qiziqarli o`tadi.
Munozara – erkin fikr almashuvdir. Jiddiy baxs munozaralarga sabab bo`ladigan muhim hayotiy muammo munozara predmeti bo`lishi mumkin. Masalan, o`tmish sarqitlari, loqaydlilikka qarshi kurash muammosi. Munozara dasturi qatnashchilari o`z fikr muloxazalarini, tasavvurlarini bildirishlari mumkin bo`lgan asosiy masalalarni o`z ichiga olishi kerak. Munozara tashkilotchilari maqsadni oldindan belgilab olishi- qatnashchilarni u yoki boshqa huquqiy muassasa bilan tanishtirishi, baxs ijobiy natijalar keltirishi va hatto fikrlar inkor etilishi uchun uning mazmunini hamma uchun umumiy fikrga aylantirish harakat qilishi lozim. Munozaralar faktlar bilan ishlash, isbotlash, ishontira bilishga o`rgatadi.


Yüklə 381,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə