Guruh talabasi bozorova muhabbatning


IV. Ko’rsatish olmoshli yordamida ergashgan qo’shma gap



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə10/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

IV. Ko’rsatish olmoshli yordamida ergashgan qo’shma gap
1. Bunday qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keladi.
2. Bunda ergash gap bosh gapga –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
3. Bu yuklama bosh gapning kesimi tarkibida bo’ladi. Undan keyin yozuvda vergul
qo’yiladi.
4. Bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
- Shunday odamlar borki, gaplashib bahra olasan.
5. Bazan ergash gap tomonidan izohlanayotgan bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshi qo’llanilmasligi, tushib qolishi mumkin. Ammo uning o’rni bilinib turadi.
- (Shuni) Aniqladimki, inson qobiliyati cheksiz ekan.
Eslatma:
1. - ki bog’lovchi vositasi eski o’zbek adabiy tilida –kim shaklida ham ishlatiladi.
- Dedikim, sevganimni aylama darig’
2.- ki bog’lovchi vositasi ko’p ma’nolidir-bu bog’lovchi vosita ko’p turdagi ergash gaplarni bosh gapga bog’lashga xizmat qiladi. Shuning uchun ko’p ma’noli hisoblanadi.
-Nur borki, soya bor –sabab ergash gapli qo’shma gap
-Shu dargohga kelibmaniki, boshim janjaldan chiqmaydi.– payt ergash gapli qo’shma gap
-Mol ketsa-ketsinki, jon ketmasin – to’siqsiz ergash gapli qo’shma gap
-Uning bilganlari shu qadar ko’p ediki, so’rab oxiriga yetolmasday ko’rinadi.– daraja ergash gapli qo’shma gap
- Istagim shuki, hamangiz o’qishga kiring –kesm ergash gapli qo’shma gap
3. Quyidagi ikki holatni farqlashimiz kerak:
a) –ki asli takid yuklamasi hisoblanadi.
-Inson nimagaki erisholmasa, o’sha aziz tuyiladi.-nisbiy so’zlar yordamida bog’lanagan
ergashgan qo’shma gap
b) –ki ergash gapni bosh gapga bog’lash uchun xizmat qilishi ya’ni ergashtiruvchi bog’lovchi vazifasida kelishi mumkin
- Shuni anglamoq kerakki, ota-ona uchun farzanddan yaqin kishi yo’q.-to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə