Guruh talabasi bozorova muhabbatning


I. Kesm ergash gapli qo’shma gap



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə13/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

I. Kesm ergash gapli qo’shma gap
1. Bosh gap tarkibida kesm vazifasida qo’llanilgan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap kesm ergash gap deyiladi.
2. Kesm ergash gap bosh gap bilan birgalikda kesm ergash gapli qo’shma gapni hosil qiladi.
3. Kesm ergash gap bosh gap orqali beriladigan nima, nimada, nimadan, hosil qiladi, iborat,nima bo’ldi, qanday, qayerda kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
4. Kesm ergash gap bosh gap tarkibida kesm vazifasida kelayotgan shu, shunda, shunday, shundan iborat, shu bo’ldi, qayerda kabi so’roqlarning ma’nosini izohlab keladi.
5. Kesm ergash gap bosh gapda bitta yo’l bilan ya’ni ko’rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi
6. Bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
-Xalqning xulosasi shuki, xudbin odam hech qachon elga qo’shilmaydi.-kesm EQG
Eslatma:
1. Oliy ta’lim darsliklarida ko’rsatilishicha sanoqli misollarda kesm ergash gap bosh gapga nisbiy so’z bilan bog’lanishi mumkin. Bunda: ergash gapning kesimi shart mayli shalida bo’ladi. Bunda ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
-Kim ishlasa, yer o’shaniki.-kesm EQG
II. Ega ergash gapli qo’shma gap
1. Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo’llanilgan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap ega ergash gap deyiladi.
2. Ergash gap bosh gap bilan birga ega ergash gapli qo’shma gapni hosil qiladi.
3. ergash gap bosh gapdan beriladigan kim, nima, qaysisi, qayer kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
4. Ega ergash gap bosh gap tarkibida ega vazifasida kelayotgan:
a) u,shu, o’sha, shunisi, o’shanisi kabi ko’rsatish olmoshlari
b) o’zi, hammasi kabi ba’zan boshqa turdagi olmoshlar
c) shu narsa, bir narsa kabi birliklarning ma’nosini izohlab keladi.
5. Ega ergash gap bosh gapga 2 usul bilan bog’lanadi.
a) nisbiy so’zlar yordamida bog’lanadi. Bunda ergash gap kesimi ko’pincha –sa shart mayli shaklidagi fellar bilan ba’zan –r(-ar) ekan, -mas ekan shaklidagi fellar bilan ifodalanadi. Bunda ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
-Kimki rostgo’y samimiy bo’lsa, u el orasida qadr topadi.-ega EQG
b) Bosh gap kesimi tarkibida qo’llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi. Bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
-Shu narsa aniqki, ta’rixni bilmagan qul bo’ladi-ega EQG
6. Bazan bosh gap egasi sifatida kelayotgan ma’nosi izojlanayotgan ko’rsatish olmoshi tushib qolishi mumkin. Ammo uning o’rni bilinib turadi.
-Bu savoldan (shu) ma’lum bo’ldiki, aybnoma uydirma emas. -ega EQG
Eslatma: Oliy ta’limda ko’rsatilishicha bazan ega ergash gap bosh gapga –mi, -ku,-yu yuklamalari yordamida bog’lanishi mumkin.
- (Shu) Eslaringdami, bir yili u bir kunda 200 kg paxta tergan edi. -ega EQG

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə