Guruh talabasi bozorova muhabbatning


III. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə14/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

III. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
1. Bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llanilgan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gap to’ldiruvchi ergash gap deyiladi.
2. To’ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan birgalikda to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapni yuzaga keltiradi.
3. To’ldiruvchi ergash gap bosh gap orqali beriladigan kimni, nimani, kimga, nimaga, kimdan, nimadan, kim haqida, nima to’g’risida, kim uchun, nima bilan kabi so’roqlarga javob bo’ladi.
4. To’ldiruvchi ergash gap bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida kelayotgan tushum, o’rin payt, jo’nalish, chiqish yoki ko’makchlarni olgan ko’rsatish olmoshi ma’nosini izohlab keladi.
5. To’ldiruvchi ergash gap ham bosh gapga 2 yo’l bilan bog’lanadi.
a) nisbiy so’zlar- bunda ergash gap kesimi –sa shart mayli shaklidagi fellar bilan (-r-ar ekan, -mas ekan) shaklidagi fellar bilan ifodalanadi. Bunda ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
- Kimki bo’lsa dilozor, undan el yurt bezor.-to’ldiruvchi EQG
b) bosh gapning kesimi tarkibida qo’llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi. Bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
-Shuni unutmangki, do’stlar bilan suhbat qilish yaxshi.- to’ldiruvchi EQG
6. Ba’zan bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida kelayotgan ma’nosi izohlanayotgan ko’rsatish olmoshi qo’llanilmasligi tushib qolishi mumkin. Ammo uning o’rni bilinib turadi.
- (Shuni)Bilingki, jim turib salomat bo’lish, gapirib malomatga qolishdan afzal.
Eslatma
1.Oliy ta’limda ko’rsatilishicha ba’zan to’ldiruvchi ergash gap bosh gapga deb yarim bog’lovchisi yordamida bog’lanishi mumkin. Bunda ergash gap bosh gapdan oldin keladi, ayrim hollarda esa ergash gap bosh gapning o’rtasida ham kelishi mumkin.
-Munavvar, Yo’ldosh biror narsa dermikin deb, kutdi--to’ldiruvchi EQG
Eslatma-II 1. Oliy ta’limda ayrim misollarda -to’ldiruvchi ergash gap bosh gapga –mi,- chi,-ku yuklamalari yordamida bog’lanishi mumkin. Bunda ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
-Bilarmisan, sevgan kishiga sodiq bo’lmoq o’zi saodat. -to’ldiruvchi EQG

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə