Guruh talabasi bozorova muhabbatning


Masalaning qisqacha o`rganilish tarixi



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə2/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

Masalaning qisqacha o`rganilish tarixi.
O`zbek tilshunoslari tomonidan so`z birikmasi ancha ko`p o`rganilgan. A.G`ulomov, M.Asqarova, A.Nurmonov, N.Mahmudov, R.Sayfullaeva bu sohada katta ishlar olib borgan. G`.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.G`ulomovlarning sintaktik tahlillarida quyidagi hal qiluvchi holatlarni qayd etib o`tish lozim:
1. Qo`shma gap bo`lishi uchun gapda ikki va undan ortiq ega-kesim markazi bo`lmog`i lozim. 2. "Bog`langan" tushunchasi asosida teng bog`lovchi, ya'ni "bog`lovchi turkumidagi teng bog`lovchi turiga oid yordamchi so`z bor" mazmunida tushuniladi. 3. Ergash gapli qo`shma gaplarning "ergash" gapining turini belgilashda mazmun-vazifa omiliga tayaniladi.
A.Berdialiyev 80-yillarga kelib, qo`shma gap sintaksisiga yangi yo`nalish - sistem yo`nalish tahlili usullarini izchil ravishda tadbiq etishga urindi. A.Berdialiyev qo`shma gap sintaksisi sohasiga sistem tilshunoslikning o`xshashlik (paradigmatika), sintaktik ziddiyatlar (sintaktik oppozisiya) kabi tushunchalarni olib kirdi. Tadqiqot ob'yekti o`zbek tilidagi qo`shma gaplarning o`ziga xos xususiyatlari.
Tadqiqot predmeti o`zbek tilidagi qo`shma gaplar
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:
Tadqiqotning maqsadi – o`zbek tilidagi qo`shma gaplarning o`ziga xos xususiyatlarini substansial asoslarda ko`rib chiqish.
Bu maqsadni amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etishni nazarda tutadi.
1.Sintaksisning o`rganish ob'yektiga bog`liq yangi qarashlarni ko`rib chiqish.
2. Sintaktik aloqa va sintaktik munosabatlar nazariyasini tahlil qilish.
3. O`zbek tilida qo`shma gaplarda partsellyatsiya va omonimiya hodisalarini kuzatish.
Ilmiy tadqiqot natijalarini "Hozirgi o`zbek adabiy tili", "Umumiy tilshunoslik" kurslarini o`qishda va maktab va kasb-hunar kollejlarida qo`shma gap mavzusini o`tishda qo`llash mumkin.
Tadqiqotning metodologik asosi O`zbekiston Respublikasining "Ta'lim to`g`risidagi", "Kadrlar tay yorlash milliy dasturi" haqidagi qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlari olindi. A.Nurmonov, R.Sayfullaeva va boshqalarning asarlaridan lingvistik metodologik asos sifatida foydalanildi.

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə