Guruh talabasi bozorova muhabbatning


Biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə5/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

1. Biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap
1. Bunday qo’shma gap qismlari o’zaro quyidagi vositalar yordamida bog’lanadi:
a) va, hamda biriktiruv bog’lovchilari yordamida
- Novdalarni bezab g’unchalar, Tongda aytdi hayot otini
- Va shabada qurg’ur ilk sahar, Olib ketdi gulning totini
b) biriktiruv bog’lovchisi vazifasidagi -u, -yu, -da yuklamalari orqali bog’lanadi
- Gulchehra piq etib kuldi-da, cho’zilib tugunini oldi.
c) Oliy ta’limda yuqoridagilardan tashqari biriktiruv bog’lovchisi vazifasidagi yakka qo’llangan ham yuklamasi ham ko’rsatiladi.
- Ishim to’g’rilanib ketdi ham yerim o’zimga qoldi.
2. Bunday qo’shma gaplar orasida quyidagicha ma’no munosabati bo’ladi:
a) qismlari orasida payt munosabati bo’ladi ya’ni bir paytda yoki ketma- ket sodir bo’lgan voqealar ifodalanadi
- Eshik ochildi va Qalandarovning ozg’in yuzi ko’rindi
b) qismlar orasida sabab natija munosabati ham ifodalanishi mumkin. Bunday holda qo’shma gapning 2- qismi oldidan natija so’zini qo’llash mumkin.
- Anor so’zlar va(natijada) Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirardi.
c) -u, -yu, -da yuklamalari ham biriktiruv bog’lovchilari bajargan vazifani bajaradi. Bu yuklamalar bilan bog’langanda asosiy mazmundan tashqari tezlik va kutilmaganlik uzluksiz yuz berayotgan voqea hodisalar, sabab kabi mazmun ham ifodalanadi.
3. Bunday qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi:
a) Agar qismlari va, hamda biriktiruv bog’lovchilari ham yuklamasi yordamida
bog’langan bo’lsa qismlar orasida hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi.
b) Agar qismlari bog’lovchi vazifasidagi -u, -yu, -da yuklamalari yordamida bog’langan bo’lsa bu vositalardan keyin vergul qo’yiladi.
2. Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap
1. Bunday qo’shma gap qismlari o’zaro quyidagi vositalar yordamida bog’lanadi:
a) ammo, lekin, biroq, balki zidlov bog’lovchilari bilan bog’lanadi
-Insonni tabiat vujudga keltiradi, ammo jamiyat uni kamol toptiradi
b) Zidlov bog’lovchisi vazifasidagi -u, -yu, -da yuklamalari yordamida bog’lanadi
-Gap ko’p-u, ko’mir oz
2. Bunday qo’shma gaplar orasida quyidagicha ma’no munosabati bo’ladi:
a) zidlik manosi
b) -u, -yu, -da yuklamalari zidlash, ketma-ketlik munosabati borligini bildiradi. Bazan
zidlikni kuchaytirish uchun 2 ta zidlov bog’lovchisi yoki zidlov bog’lovchisi, zidlov bog’lovchisi vazifasidagi -u, -yu, -da yuklamalari bilan birga qo’llanishi mumkin
-Mahalla hali obod bo’lganich yo’g’-u, lekin odam ruhi bor. Bu yerda mano kuchaygan
3. Bunday qo’shma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi:
a) Zidlov bog’lovchilari qo’shma gapning 2- qismi boshida keladi bulardan oldin vergul qo’yiladi.
b) Zidlov bog’lovchisi vazifasidagi -u, -yu, -da yuklamalari esa qo’shma gap 1-
qismining oxirida keladi va ulardan keyin vergul qo’yiladi.

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə