Guruh talabasi bozorova muhabbatning



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə4/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

Qo`shma gap turlari.
Qo`shma gaplar, qismlarining o`zaro birikish usuli va semantik munosabatiga ko`ra, uch xil bo`ladi:

1.Bog`langan qo`shma gap; 2.ergashgan qo`shma gap; 3. Bog`lovchisiz qo`shma gap.


Qiyoslang: Iste`dod hamisha har xil bo`ladi, iste`dodsizlar esa hamma joyda bir xildir (e. Vohidov) Shuni aytmoqchimizki, odam hamma vaqt bilimga tashna bo`lishi shart. Fan xalqqa suv- havodek zarur, uni taraqqiy ettirmagan mamlakat, shubhasiz, mustamlakaga aylanadi.
Keltirilgan misollarning birinchisi bog`langan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari esa yordamchisi vositasida o`zaro teng bog`langan; ikkinchisi ergashgan qo`shma gap bo`lib, uning qismlari –ki aniqlov bog`lovchisi orqali ikkinchi qismni birinchi qismga tobelik yo`li bilan bog`langan; uchinchi gap bog`lovchisiz qo`shma gap bo`lib,uning qismlari o`zaro hech qanday bog`lovchi vositalarisiz- faqat intonatsiya (ohang) orqali birikkan.
QO’SHMA GAP QISMLARINI BOG’LOVCHI VOSITALAR
1.Qo’shma gapni tashkil etgan sodda gaplar qo’shma gap qismlari deb nomlanadi.
2.Qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun xizmat qiladigan vositalar bog’lovchi vositalar deyiladi.
3.Qo’shma gap qismlarini bog’lash uchun quyidagi vositalar xizmat qiladi:
a) bog’lovchilar – teng bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchilar;
b) bog’lovchi vazifasidagi vositalar:
-bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar
-bog’lovchi vazifasidagi bo’lsa, esa, deb so’zlari
-nisbiy so’zlar
-ko’makchili qurilmalar: shuning uchun, shu sababli, shu tufayli, shu bois
-fe’lning -sa shart mayli qo’shimchasi
c) ohang
4.Qismlarining qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra qo’shma gaplar
3 guruhga bo’linadi:
a) bog’langan qo’shma gaplar
b) ergashgan qo’shma gaplar
c) bog’lovchisiz qo’shma gaplar
I. BOG’LANGAN QO’SHMA GAPLAR
1.Qismlari teng bog’lovchilar yoki teng bog’lovchi vazifasidagi vositalar yordamida birikgan qo’shma gaplar bog’langan qo’shma gaplar deyiladi.
2.Bog’langan qo’shma gap qismlari o’zaro quyidagi vositalar bilan bog’lanadi:
-teng bog’lovchilar
-teng bog’lovchi vazifasidagi yuklamalar
-teng bog’lovchi vazifasidagi bo’lsa, esa so’zlari yordamida
3. Bog’langan qo’shma gapga xos xususiyatlar:
a) qismlari yani tarkibidagi sodda gaplar o’zaro teng aloqada bo’ladi
b) ular orasida tobe hokimlik bo’lmaydi
c) bosh gap, ergash gap atamalari ishlatilmaydi
d) tarkibidagi sodda gaplar biri ikkinchisini aniqlab, izohlab kelmaydi
e) bir gapdan boshqasiga savol berilmaydi
4.Bog’langan qo’shma gaplarning qolipi quyidagicha bo’ladi:
5.Qismlarning qanday bog’lovchi vositalar yordamida bog’lanishiga ko’ra bog’langan qo’shma gaplar o’z ichida 4 guruhga bo’linadi.
a) Biriktiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap
b) Zidlov bog’lovchilari yordamida bog’langan qo’shma gap
c) Ayiruv bog’lovchilari yordamida bog’langan b qo’shma gap
d) bo’lsa, esa so’zlari yordamida bog’langan b qo’shma gap

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə