Guruh talabasi bozorova muhabbatning


To'siqsiz ergash gapli qo'shma gap



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə18/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

7. To'siqsiz ergash gapli qo'shma gap
1. To'siqsiz ergash gaplar bosh gapda ifodalangan mazmunning yuzaga chiqishiga to'siq bo'la оlmagan shartni ifodalaydi.
2. To'siqsiz ergash gap nima bo'lsa ham? so'rog'iga javob bo'ladi.
3. To'siqsiz ergash gap bosh gapga -sa shart maylidari keyin ham yoki -da yuklamalarini keltirish orqali bog'lanadi. Bunda ergash gap + bosh gap shaklida bo'ladi.
M: Hali qish tugamagan bo'lsa ham, bahor nafasi sezilib turar edi.
4. Oliy ta'limda to'siqsiz e/g bosh gapga ba'zan boshqa vositalar yordamida bog"lanishi mumkinligi ko'rsn.
M; Podsho o'lgan bo'lsa, zamona tirik.
Yoki: Mol ketsa-ketsinki jon ketmasin.
8. Qiyos ergash gapli qo'shma gap
1. Bunday qo'shma gaplar o'xshatish-chog'ishtirish ergash gapli qo'shma gaplar deb ham nomlanadi va oliy ta'limda o'z ichida ikkiga bo'lib o'rganiladi:
a) o'xshatish ergash gapli qo'shma gap; b) chog'ishtirish ergash gapli qo'shma gap.
2. O'xshatish ergash gapli qo'shma gaplarda bosh gapdan anglashilgan mazmun, voqea-hodisa ergash gapga o'xshatiladi. E/g bosh gapga xuddi, go'yo, goyoki chog'ishtiruv bog'lovchilari yordamida bog'lanadi,
M: Misralarda so'zlar gavhar kabi yonadi, go'yo yangi ranglar, yangi jilvalar bilan porlaydi.
3. Chog'ishtirish ergash gapli qo'shma gaplarda bosh gap va ergash gapdan anglashilgan voqea-hodisalar taqqoslanadi, qiyoslanadi. Ergash gap bosh gapga - sa shart mayli q-chasi yordamida
bog'lanadi,
M: Gullar ishq haqida kuylasalar, bulbullar sadoqat haqida bahslashishardi
9. Ravish ergash gapli qo'shma gap
1. Ravish ergash gap bosh gapda ifodalangan voqea-hodisaning qay tarzda yuzaga chiqishini bildiradi.
2. Ravish ergash gap qanday? qay tarzda? qay vaziyatda? kabi so'roqlarga javob bo'ladi.
3. Oliy ta'lim darsliklarjda ko'rsatilishicha, ravish ergash gap bosh gapga quyidagicha bog'lanadi:
a) bosh gapning kesimi tarkibida qollanuvchi (-ki) yuklamasi yordamida bog'lanadi. Bunda bosh gap + ergash gap shaklida bo'ladi.
M: Menga shunday tuyuldiki, katta kuch-qudratga ega.
b) ba'zan (deb) yarim bog'lovchisi yordamida boglanadi. Bunda ergash gap + bosh gap shaklida b-di.
M: Baxtim bor deb, esadi yellar.
Eslatma: Oliy ta'lim darsliklarida natija ergash gapli qo'shma gaplar ham ko'rsatiladi. Bunda: - qo'shma gapning 2-qismi qo'shma gapning 1-qismidan anglashilgan ish-harakat, voqeahodisaning natijasini bildiradi;
- qo'shma gapning 1-qismi 2-qismda- ifodalangan voqea-hodisaning sababini bildiradi;
- 2-qismdan oldin natijada, oqibatida kabi so'zlar qo'llaniladi;
- 1-qism tarkibida shunday, shunchalik, shu qadar kabi so'zlar bo'ladi;
- bog'lanish vositasi -ki yuklamasi hisoblanadi.
M: U voqeani shunday ta'sirli qilib gapirib berdiki, natijada ota ko'ziga yosh oldi

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə