Guruh talabasi bozorova muhabbatning


Ergashgan qo’shma gaplar bilan sodda gaplarning ma’nodoshligi



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə19/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

Ergashgan qo’shma gaplar bilan sodda gaplarning ma’nodoshligi
1. Havola bo’lakli qo’shma gaplar ya’ni bosh gap tarkibida izohlanayotgan ko’rsatish olmoshi mavjud bo’lgan qo’shma gaplar sodda gaplar bilan ma’nodoshlik hosil qiladi.
-Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar egib oladi.-nisbiy so’zli EQG yokito’ldiruvchi EQG
-Mustaqil fikr yuritmaganni boshqalar egib oladi.- sodda gap
2. Bunday sinonimlikni yuzaga keltirish uchun ergash gapni bosh gap tarkibidagi ma’nosi izohlanayotgan olmoshning o’rniga qo’yish kerak.
- Shunga aminmanki, ertamiz bugundan porloq bo’ladi. –to’ldiruvchi EQG
-Ertamiz bugundan porloq bo’lishiga aminman. –sodda gap
3. Havola bo’lakli qo’shma gaplar va ularga sinonim bo’lgan sodda gaplar bir xil mazmun ifodalashi jihatdan umumiylikni tashkil qiladi. Ammo ular ma’noni takidlash va uslubiy xoslanganligi jihatdan farq qiladi.
4. Havola bo’lakli qo’shma gaplarda ma’no sodda gaplardagiga nisbatan takidlangan bo’ladi.
5. Havola bo’lakli qo’shma gaplar ko’proq kitobiy uslub uchun, ularga sinonim bo’lgan sodda gaplar esa uslubiy betaraflik xususiyatiga ega.
Eslatma:
1. Ko’makchili qurilmalar yordamida ergashgan qo’shma gaplar ham sodda gaplar bilan ma’nodoshlik hosil qiladi.
-Maktabumizda sport klubi yaxshi faoliyat olib bormoqda, shuning uchun kulub a’zolari turli musobaqalarda g’olib chiqmoqdalar.-ko’makchili qurilmalar EQG -sabab EQG
-Maktabimizda sport klubi yaxshi faoliyat olib borayotgani uchun klub a’zolari turli musobaqalarda g’olib chiqmoqdalar.-sodda gap
2. Bunday sinonimlikni yuzaga keltirish uchun:
-ko’makchili qurilmalarning birinchi komponenti tushirib qoldiriladi.
-sabab ergash gap kengaygan sifatdoshli birikma bilan ifodalangan sabab holiga
aylantiriladi.
3. Bazan ergashgan qo’shma gapni boshqa turlari ham sodda gaplar bilan ma’nodoshlikni yuzaga keltirishi mumkin.
-Yomg’ir tomchilayotgan bo’lsa ham, havo iliq edi.-to’siqsiz EQG

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə