Guruh talabasi bozorova muhabbatning


-Yog’ir tomchilayotgan bo’lishiga qaramay havo iliq edi- sodda gap



Yüklə 81,46 Kb.
səhifə20/26
tarix19.12.2023
ölçüsü81,46 Kb.
#150801
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Guruh talabasi bozorova muhabbatning-www.hozir.org-1

-Yog’ir tomchilayotgan bo’lishiga qaramay havo iliq edi- sodda gap
III. BOG’LOVCHISIZ QO’SHMA GAPLAR
1.Tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir biriga bog’liq bo’lib? Maxsus bog’lovchi vositalarisiz faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar deyildi.
2.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar litsey darsliklarida ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar deyiladi.
3.Bog’lovchisiz qo’shma gaplarning qolipi quyidagicha bo’ladi .
4.Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari orasida turlicha ma’no munosobati ifodalanishi mumkin.
-Paxtalar qiyg’os ochildi, terim avjiga chiqdi.
-Ko’prikni biz qurdik, dushmanlar o’tdi. – zidlik munosobati;
-Suv keldi, nur keldi. – o’xshatish munosobati;
-Orzularim shu: o’chmasin yongan chirog’ing. – izohlash munosobati;
-Dalasida, o’smas tikonlar, cho’llarida choqmas ilonlar. – payt munosobati;
5.Bog’lovchisiz qo’shma gap orasida – vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire tinish belgilari ishlatiladi.
BOG’LOVCHISIZ QO’SHMA GAPLARDA TINISH BELGILARI
I.Vergulning ishlatilishi
1.Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’lgan voqea hodisalarni ifodalasa, payt munosobati bo’lsa, shuningdek mazmunan bir biriga yaqin bo’lsa vergul ishlatiladi.
-Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar supurdilar.
2.Shuningdek bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari tuzilishi jihatidan bir xil bo’lib, biror narsani tavsifini beruvchi sanash ohangi bilan aytiladigan gaplardan tashkil topgan bo’lsa ham vergul qo’yiladi.
-Xalq dengizdir, xalq to’lqindindir, xalq kuchdir. – murakkab qo’shma gap;
II.Nuqtali vergulning ishlatilishi
1.Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari mazmun jihatdan tugal fikrni ifoda etsa, mazmunan bir biriga unchalik yaqin bo’lmasa nuqtali vergul ishlatiladi.
-Shinel jiqqa ho’l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
2.Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari ketme ket voqea hodisalarni ifodalagan va o’z ichida tinish belgilari qo’llanilgan bo’lsa nuqtali vergul ishlatiladi.
-Kampirning jig’i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan paxtasi bilan chig’irig’ini
chiqarib, vaysaganicha, uyiga kirib ketdi.
3.Shuningdek litseyda ko’rsatilishicha bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplar ifodalagan mazmun voqea hodisalar bir biriga qiyoslanganda ham nuqtali vergul ishlatiladi.
-Ish kuchini yelga berma, Yerga ber; Jamg’armani selga berma, elga ber.

Yüklə 81,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə