Guruh talabasi muhammadiyeva mayaguzal


Real (g`adir - budir yuzali) bog`lanishlarning reaktsiyalari. Sirpanib



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix10.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#116453
1   2   3   4   5   6   7   8
Ishqalanish. Sirpanib ishqalanish 2

Real (g`adir - budir yuzali) bog`lanishlarning reaktsiyalari. Sirpanib 
ishqalanish burchagi. 
 
Agar etibor bergan bo`lsangiz, masalan bir jism qiya tekislik ustida 
muvozanat holatini saqlab turgan bo`lsin, lekin shu qiyalik malum miqdordan 
ortgandan keyin, muvozanat holat buzilib harakat boshlanadi. Quyida shu 
qiyalikning chegaraviy qiymati, qaysi hollarda necha gradusga teng bo`lishini, 
uning turli xil bo`lish sabablarini nazariy tomondan tekshirib chiqamiz. 
Masalan tuproq, qum, bug`doy, un va shu kabi sochiluvchi moddalarni 
uyum qilsak ularning har birlari malum burchak ostida uyum tashkil etadilar, ular 


bir - birlaridan malum burchakka farqlanib uyum tashkil etadilar, sababi nima, shu 
va shunga o`xshash savollarga javob beriladi. 
Ishqalanish kuchi ishtirok etgan masalalar texnikada juda ko`p uchraydi. 
Hozirgi maruzagacha echgan masalalarimizda ishqalanish kuchlari ishtirok 
etmagan edi, chunki u masalalardagi yuzalarni o`ta silliq deb faraz qilgan edik, 
yani ideallashtirgan edik. 
Endi real masalalarni ko`rib chiqaylik, yani harqanday yuzada ishqalanish 
kuchi paydo bo`lishini etirof olib, quyidagi masalani ko`rib chiqaylik. 2 shaklda 
ko`rsatilgan jismga malum yo`nalishda ixtiyoriy Q kuch tasir etsin (og`irlik 
kuchini etiborga olmadik), u holda bu kuch tasiri ostida jism bilan bog`lanish 
orasida ishqalanish kuchi F
ishq
va normal bosim kuchi - N paydo bo`ladi.
Ularning teng tasir etuvchisi R - kuchi bo`lib, Q - kuchiga qarama - qarshi 
yo`naladi, va qiymat jihatdan unga teng, boshqacha qilib aytganda R - kuchi, F
ishq
va N kuchlariga ajralgan. Xuddi shu kabi Q - kuchi ham ikkita tashkil etuvchilarga 
ajralgan bo`lib, ulardan biri yani normal o`q bo`ylab yo`nalgan tashkil etuvchisi Q
N
jismni tekislikka bosib turibdi, ikkinchi tashkil etuvchisi Q

- esa tekislikka urinma 
bo`ylab yo`nalgan va jismni sirpanib harakat qilishga majbur qilmoqda. 
2. shakl. 
Lekin yuqorida aytganimizdek, toki Q



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə