guruh talabasi Shonazarova Nigoraning


Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllari pedagogik muammo sifatida



Yüklə 92,87 Kb.
səhifə4/7
tarix11.05.2023
ölçüsü92,87 Kb.
#109612
1   2   3   4   5   6   7
Nigora kurs ishi

1.2. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning zamonaviy shakllari pedagogik muammo sifatida
Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasining “Oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʼnalishlari” deb nomlangan 3-bobining “Oliy taʼlim bilan qamrovni kengaytirish, oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish” deb nomlangan 1-§ da “Mustaqil taʼlim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil taʼlim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish, oʼquv jarayonida kompetentsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʼquv jarayonini amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga yoʼnaltirish, bu borada oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv uslubiy materiallarni keng joriy etish” masalalarida taʼlim oluvchilarning mustaqil taʼlim olishlari, mustaqil ishlash malakalarini uzluksiz oshirish orqali mutaxassislarning zaruriy kompetentsiyalarini, ijodiy yaratuvchanlik, tadqiqotchilik, mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bugungi kundagi taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar talabalarni mustaqil fikrlashini rivojlantirish, individual taʼlim traektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlash, amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga qaratilgandir. Oliy taʼlim muassasalarida bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich oʼtish rejalashtirilgan. Bugungi kunda oliy taʼlim tizimida mustaqil taʼlim soatlari ulushini kamligi, talabalarda mustaqil taʼlim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllanmaganligi, oʼquv jarayonidatalabalarda tashkilotchilik qobiliyati, kompetensiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish zamon talabiga mos kelmasligi asosiy muammolar qatoriga kiradi. 9
Shunday ekan, oliy taʼlim tizimida mustaqil taʼlim soatlari ulushini oshirish, talabalarda mustaqil taʼlim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʼnikmalarini shakllantirish, oʼquv jarayonida kompetentsiyalarni kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, oʼquv jarayonini amaliy koʼnikmalarni shakllantirishga yoʼnaltirish, bu borada oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv uslubiy materiallarni keng joriy etish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Zamonaviy sharoitda taʼlim jarayonining barcha imkoniyatlariga koʼra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yoʼnaltirilishi talab qilinmoqda. Yuksak malakali mutaxassislarni isteʼmolchilar talablariga qarab tayyorlanishi, talabalarni tanlagan ixtisosliklari boʼyicha bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga oʼrgatilishi taʼminlanishi kerak. Mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga muammo sifatida talqin etilganligi bois, 2020-yil 23-sentyabrda tasdiqlangan yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonunida ham “Mustaqil taʼlim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda taʼlim oluvchilarni kasbiy, intellektual, maʼnaviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi” deb belgilab qoʼyilganligini keltirib oʼtish mumkin.10
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida: “Har bir oliy taʼlim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamqorlik aloqalarini oʼrnatish, oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, oʼquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʼtkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy xamkor taʼlim muassasalaridan yuqori malakali oʼqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish ...” taʼkidlanib, muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda taʼlim jarayonini, oliy taʼlimning oʼquv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va oʼqitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiytaʼlim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish asosiy muammolar qatorida va ushbu muaamolardan kelib chiqib, oliy taʼlimning oʼquv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va oʼqitish usullarini keng joriy etilgan yangi avlodini yaratish, magistratura ilmiy-taʼlim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish bosh maqsad boʼlib qolmoqda. Bugungi globallashuv sharoitida taʼlim jarayonida ilgʼor pedagogik texnologiyalar va faol usullardan foydalanish, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilish, koʼproq talabalarni mustaqil ishlashga undash, ilgʼor tajribalardan saboq berishning turli yoʼllaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yana bir jihati muhimki, oliy taʼlim tizimida taʼlim olayotgan talabalarning tanlagan kasbiga moyilligi, layoqatlari, bilim va koʼnikmalarini rivojlantirish, ularning tanlagan yoʼnalishlari boʼyicha mutaxassis sifatida shakllanishlari uchun maxsus fanlarni oʼqitishni samarali tashkil qilishni taʼminlash lozim. Har qanday jamiyatda boʼlganidek, respublikamizning taraqqiyotida bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash asosiy muammo hisoblanadi. Mutaxassis kadrlar tayyorlash, uning sifat va samaradorligini oshirish borasida ham soʼnggi yillarda keng koʼlamli ishlar qilindi va qilinmoqda. Jumladan, tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning mustaqilligi, ijodkorligi, tadbirkorligi, faolligi kabi xislatlarni tarkib toptirishga alohida eʼtibor berilmoqda. 11
Taʼlim muassasalarida mustaqil ishni qanday bajarishni har bir talabaning oʼzi amalga oshiradi. Muvafaqqiyatga erishish uchun talabaning oʼzi sabr-toqat bilan, mashaqqatlardan qoʼrqmay oʼz ustida ishlashi kerak. Buni esa talabaning oʼzi rejalashtiradi va amalga oshiradi. Jamiyatning barcha jabhalaridagi muammolar, oʼzgarishlar oliy taʼlim muassalarida talabalarini tayyorlash jarayoniga ham taʼsir qilib va yangidan yangi talablarni qoʼyadi. Hozirgi paytda ham nazariy bilim va amaliy koʼnikmaga ega, oʼzgarishlarga moslanuvchan, erkin fikrlaydigan, kasbiy hamda hayotiy muammolarini mustaqil hal qila oladigan mutaxassislarga, kadrlarga ehtiyoj katta. Shu bilan birga, oliy taʼlim muassalarida talabalaridan har tomonlama bilimdonlik, mustaqil fikrlay oladigan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega shaxs darajasini talab etadi. Bunday talablarning bajarilishi albatta ularni butun hayoti davomida bilim olishga oʼrgatish orqali taʼminlanadi. Faol taʼlim sharoitida oʼzlashtirilgan bilim, egallangan koʼnikma va malakalar mazmunan tizimli va mantiqan tugallangan tarzda shakllantirilib turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qoʼllanishga imkon beradi. Taʼlim oluvchilarni faollashtirish ularning mustaqil oʼrganish qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi. Mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga muammoni yechimi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oliy taʼlim muassasalarida oʼquv jarayonini bosqichma-bosqich kreditmodul tizimiga oʼtkazishdir. Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021 oʼquv yilining oʼzida 33 ta oliy taʼlim dargohini kredit-modul tizimiga oʼtkazish koʼrsatib oʼtildi. Kredit-modul tizimi, bu - taʼlimni tashkil etish jarayoni boʼlib, oʼqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʼlchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini taʼminlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.12
Shunday ekan, kredit - modul tizimi dars mashgʼulotlarini nafaqat oʼqitishni innovatsion taʼlim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil oʼqiboʼrganish, taʼlimga yangicha munosabatda boʼlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʼnikmalarini shakllantirishga oʼrgatishdan iboratdir. Muxtasar aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yoʼnaltirilgan. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini taʼminlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgan deb aytish mumkin. Kredit-modul tizimining joriy etilishi oʼqituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi13. Modulli taʼlimda pedagog tinglovchining oʼzlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yoʼnaltirilgan obʼekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urgʼu ham talabalarning mustaqil taʼlim olishiga qaratiladi. Oliy taʼlim muassasalari mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirish asosiy masalardan hisoblanadi Bu borada quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Birinchidan, bugungi kunda amalga oshirilayotgan taʼlim tizimidagi islohotlar negizida taʼlim oluvchilarning ongliligi va faolligini oshirish uchun oʼqitish jarayoni shunday tashkil etish kerakki, bunda talabalar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qoʼllash metodlarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijodiy tashabbuskorlik va oʼquv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq texnikasini rivojlantirishga xizmat qilishini taʼminlashga eʼtibor qaratish.
Ikkinchidan, ushbu sohada muvaffaqiyatlarga erishgan novator oʼqituvchilarning ishlarini ommalashtirish, tajriba almashish ishlarini yoʼlga qoʼyib ishlab chiqish.
Uchinchidan, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot davrida talabalarning mustaqil taʼlimga oid maʼlumotlarini zamon talablari asosida shakllantirish va rasmiylashtirish yoʼllarini yoʼlga qoʼyish. Toʼrtinchidan, mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishda xorij tajribasidan foydalanish imkoniyatlarini yoʼlga qoʼyish. Yuqorida sanab oʼtilgan fikrlarga asoslangan holda aytish mumkinki, oliy taʼlim muassasalarida mustaqil taʼlim jarayonini amalga oshirishda tizimli ishlarni yoʼlga qoʼyish, talabalarni mustaqil ishlashga oʼrgatish ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy - siyosiy hayotda mustaqil ravishda oʼz oʼrnini topa olish malakasiga ega boʼlgan, istiqboliy vazifalarni qoʼyish va hal qilish qobiliyatiga ega boʼlgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga asos boʼladi. Mustaqil ish jarayonida oʼqituvchi va talaba oʼrtasidagi sifatli muloqot, talabalar mustaqil ish jarayonida oʼqituvchining roli va ahamiyati, boshqaruv funksiyalari, axborot kommunikativ texnologiyalaridan, mobil texnologiyalaridan foydalanib talabalarning mustaqil ishlarini zamonaviy shakllari - pedagogik muammo sifatida yoritilishini taqoza etadi.



Yüklə 92,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:

1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə