guruh talabasi Shonazarova Nigoraning



Yüklə 92,87 Kb.
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü92,87 Kb.
#109612
1   2   3   4   5   6   7
Nigora kurs ishi

Kurs ishining maqsadi: Bugungi globalizatsiya jarayonida yoshlarga ta’lim tarbiya berish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, yoshlarga yuqori pedagogik salohiyatga ega o’qituvchilar tomonidan dars o’tish jarayonini yuqori darajada o’tkazish uchun axborot texnologiyalarini o’quvchini o’zi mustaqil ishlashi uchun o’rgatish va tadbiq etishdan iborat.
Pedagogik faoliyat ham alohida va murakkab mehnat turi sifatida bundan mustasno emas. Pedagoglar o’z faoliyatlarida kafolatlangan natijalarni qo’lga kiritishga urinmoqdalar. XXI asrni olimlarimiz tomonidan axborot texnologiyalari asri deb tan olinganligi pedagogik va axborot texnologiyalari kun sayin barcha sohalarda rivojlanayotgani, jumladan, ta’lim sohasida ham yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanish an’anaviy o’qitish usullaridan ko’ra samarali va yuqori natijalarga olib kelmoqda. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’zda tutilganidek, pedagogik va taxborot texnologoyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini yangi axborotlar bilan ta’minlash rivojlanib bormoqda. Shuning uchun ham pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, ta’lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylandi.
Barkamol avlodni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risdagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dastiri”da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’suliyatli vazifalar yuklangan. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni boshlang’ich sinf o’quvchilarini o’qishiga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va tarbiyalanuvchilarga o’ta ma’suliyatli munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Bu dastur yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy, ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa olish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologikpedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I. A. Karimov ta`kidlaganidek: «Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasbhunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi» Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga bog’liq edi. «Chunki ta`lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi» degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Mamlakatning ertangi kuni esa, dunyoqarashi keng maktab bolalari va zamonaviy, salohiyatli o’qituvchi-murabbiylarga ko’p jihatdan bog’liqdir. 1O’quv-tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda ularning amaliy mashg‘ulotlarda pedagogik texnologiyalar, axborot tyexnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan foydalana olishi muhimdir. Bu esa o’quvchilarda mutsaqillik, erkin fikrlashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil qilish, itsiqbolda kasbiy mahorat va kompyutyer savodxonligini orttirish ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi.


Yüklə 92,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə