guruh talabasi Shonazarova Nigoraning


Zamonaviy texnologiyalardan foydalingan ta’lim- samaradorlikning muhim omili



Yüklə 92,87 Kb.
səhifə6/7
tarix11.05.2023
ölçüsü92,87 Kb.
#109612
1   2   3   4   5   6   7
Nigora kurs ishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
2.2. Zamonaviy texnologiyalardan foydalingan ta’lim- samaradorlikning muhim omili
Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Shu maqsadda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari toʼgʼrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi:
PIRLS – boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash;
TIMSS – 4- va 8-sinf o’quvchilarining tabiiy-ilmiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash;
TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʼqituvchilarning ish sharoitlarini oʼrganish;
PISA – 15 yoshli oʼquvchilarning oʼqish, matematika va tabiiy yoʼnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya uzluksiz, muayyan maqsadga yo`naltirilgan jarayon bo`lib, unda barkamol shaxsni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Demak, pedagogik jarayonning asosiy maqsadi barkamol inson shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Maktabga endigina qadam qo`ygan bola uchun maktab g`aroyib maskan, o`qituvchi esa eng mehribon va bilimdon inson bo`lib tuyuladi. Qalbi quvonchga to`lib turgan murg`ak qalb “Men, albatta yaxshi o`qiyman!”, “Ustozim, hammadan ham meni ko`proq yaxshi ko`radilar!” degan ichki bir havas bilan xursand bo`lib, ko`zingizga qarab o`tiradi. Shu tobda uning hayolidan “Men hammadan orqada qolib o`qiyman” degan salbiy fikr o`tmaydi, albatta. Biroq o`quv mashg`ulotlari boshlangach, ko`zlarida anashunday sevinch porlab turgan o`quvchilarning hammasi ham o`qishga layoqati bir xilda emasligi bilina boshlaydi. Bu holatni o`quvchilarning o`zlari ham sezadilar. Seza boshlaganlari sayin o`zlarida tortinish, uyalish, kamsuqumlik xislatlari kuchaya boradi. ”Kitobdagiday gapira olmasamchi”, “Aytadigan fikrimda xato bolsachi, ustozimdan dakki eshitaman, do`stlarim oldida uyalib qolaman” degan hadik bola fikrini erkin bayon etishiga yo`l qo`ymaydi.
Tanaffusda faol harakatda bo`lgan o`quvchi darsda faol bo`laolmaydi. Agar shu o`quvchi bilan yaqindan suhbatlashsangiz, atrofdagi bo`layotgan voqea-hodisalarga o`ziga xos munosabatini bemalol ayta oladi. Darsda esa aksicha… Demak, bu o`rinda o`qituvchi yordami lozimb o`ladi. Boshlang`ich sinflarda dars ta’lim va tarbiya ishlarining markaziy qismi hisoblanib, o`quvchilarni bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantirishda, milliy qadriyatlarimiz haqida tushunchaga ega bo`lishida, axloqiy sifatlarni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, boshlang`ich sinflarda o`qitiladigan “O`qish” darslari ham umumiy didaktik talablarga javob berishi, jumladan, darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga tayanish, shoir va ijodkorlarimizning asarlaridagi tarbiyaviy g`oyalardan foydalanish imkoniyatlarini izlash lozim. Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o`tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o`z isbotini olmoqda. Texnologiya tushunchasi pedagogika fani, ishlab chiqarish sohalariga nisbatan ancha keng qo`llanilib “Texnologiya” so`zi yunoncha techne - san`at, logos-mahorat degan mazmunni anglatdi. Olimlarning ta’kidlashicha, “texnologiya” atamasi “bola shaxsiga ta’sir ko`rsatish san’ati” ga e’tibor qaratilib, har bir davrda o`ziga xos zamonaviylik kasb etib, yangilanib, takomillashib kelgan. Texnik vositalardan foydalanib o`tkazilgan dars mazmunli, sifatli bo`lishi tabiiy. Bunday dars o`quvchilarga hissiy ta’sir ko`rsatadi, o`tilgan materialni chuqur va puxta o`zlashtirishga, fanga bo`lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi, bilimlar puxtaligini ta’minlaydi. Zero puxta o`ylagan uslublarsiz dasturiy materialni egallashni tashkillashtirish mushkul. O`quvchilarning izlanishlariga, faol va mustaqil bilim olishlariga yordam beradigan, ularni ijodiy fikrlashga undaydigan va fanga qiziqishini rivojlantiradigan o`qitishning usul va vositalarini takomillashtirish lozim. Dars jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining dunyoqarashi shakllana boradi, mustaqil fikrlashga o`rganadi, dunyoviy bilimlar bilan tanishadi va ularning uzluksizligi rivojlanib boradi. Har bir darsning muvaffaqiyati uning oldiga qo`ygan maqsadiga bog`liqdir. Qachonki, maqsad aniq va puxta, o`quvchini har taraflama rivojlantirishga qaratilgan bo`lsa, darsning samaradorligi ta’minlanadi. Bugungi kunda maktablarda sinf-dars shaklidagi mashg`ulotlardan foydalanib kelinmoqda va ularga qo`yilgan talablar ham o`zgarib bormoqda. Darslarni qiziqarli uyushtirish uchun o`qituvchilar yangicha darsturlaridan, turli-tuman interfaol usul va vositalardan foydalanishlari mumkin. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`qish darslarida keltirilgan asarlardan, jumladan, A.Oripov asarlaridan foydalanganda dars loyihasini tuzishda o`quvchinig yoshi, individual xususiyati va darsning davomiyligiga alohida e’tibor qaratishi, o`quvchilarning bilimlarini sinash va qiziqishlarini oshirish maqsadida boshqotirma, rebus, o`yin-topishmoq kabi dars samaradorligini oshiruvchi vositalardan foydalanishi lozim. Ma’lumki, bolalik deb atalmish bu davr o`zining ishonuvchanligi, taqlidchanligi, qiziquvchanligi hamda soddaligi bilan ular hayotida o`chmas iz qoldiradi. Ular yuqoridagi voqealarni tinglaganida, o`sha qahramonlarga o`xshagisi keladi, o`zlarining o`yinlarida ularga taqlid qiladilar, o`quvchilar albatta xalq himoyachisi va Vatanga e’tiqodli insonlar bo`lishga harakat qila boshlaydilar. Bu kabi maqsadlarni dars jarayonida amalga oshirishda o`qituvchi asosiy o`rin egallaydi. Jumladan, o`qituvchining nutqi, mimikasi, ishontirish qobiliyatining ta’siri orqali o`quvchilar asar qahramonlarining xislat va xususiyatlarini yaqqol tasavvur qila oladilar. O`qituvchini ma’ruzaga texnologik va metodik jihatdan tayyorlash, aqliy rivojlanish, o`qitishni faollashtirish, yangi o`qitish texnologiyasi bilan qurollantirish jarayoni uzoq va tinimsiz izlanishlarni talab etadi. O`qituvchi har bir asar matni yuzasidan darslikda berilgan savol-topshiriqlar yordamida o`quvchining har birini o`z darajasida fikrlashga, hayotiy haqiqatni asar tahlili davomida o`zi kashf etishiga imkon yaratish kerak.
Darsda o`qituvchi yo`li o`quvchi tomonidan mantiqning qayta hikoyalanish hollari, ya’ni takrorlash usullari ham bo`lishi mumkin. Bunday usulb ilimni mustahkamlashga yordam beradi. Hikoyalash qayta-qayta takrorlanaversa o`quvchilarning ba’diga tegadi. Inson ezgu niyatlari, orzularini yozuvchi iste’dod va talanti orqali ifodalab ro`yobga chiqaradi. Uni shundayligicha o`quvchi qalbiga yetkazish o`qituvchi mahoratiga bog`liq. Demak, o`qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil qilishi uchun nafaqat bilimli, balki pedagogik mahorat va pedagogik texnikani yaxshi egallagan bo`lishi lozim. U o`quvchiga qachon va qanday ta’sir o`tkazishni bilishi, shu bilan birga ozroq kuch sarflab, ko`proq natijaga erishish yo`llarini izlashi lozim. Savol berish ham bir san’at bolib, o`qituvchi buni chuqur anglashi va o`quvchilarga ham singdirishi lozim. Jo`yali savolga qandaydir tushunib yetilmagan teranlik bo`lib, o`quchilarni izlanishga, asar mutolaasiga chorlaydi. O`zaro hamkorlik pedagogikasi o`qituvchi va o`quvchi orasida hamfikrlilik, ishonch, o`zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa o`z navbatida, yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlarni anglash va e’tirof etishni kafolatlatlaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o`qituvchining g`oyaviy e’tiqodi, kasb mahorati, san’ati, iste’dodi, ijodiy faoliyati va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog`liqdir. Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir o`qituvchi, eng avvalo, tashkil qilinadigan darsning mazmunini chuqur o`rganishi, uning natijalariga jiddiy e’tibor berishi va bu bilan o`quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etishga intilmog`i, muhabbat, milliy g`urur, Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yo`llarini izlamog`i lozim.

XULOSA


O'zbekistonimizning kelgusi taraqaqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'sha oladigan, har tamonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, hozirgi kunning muhim maqsad va vazifalari esa ta'lim-tarbiya muassasalarida amalga oshadi. Har bir fanining har bir bo'limi mavzusidagi materiallar mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish, o'quvchida fikrlash tafakkur qirralarini o'stirish, o'qituvchini mustaqil ishlashga tayyorlash ta'lim jarayonining bosh maqsadi bo'lib qoladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki avvalo o’quvchilarni mustaqil ishlari deganda o’qituvchi topshirig’ini maxsus ajratilgan vaqt mobaynida o’quvchilar bajarishlari tushuniladi. Umumta'lim maktablari, akademik litsey va OTM o'quvchilariga zamon talabi darajasida chuqur va puxta bilim berish uchun o'qituvchining o'zini shu fandan tayyorlash, uni bilim darajasini oshirish juda katta ahamiyatga ega bo'lib, har bir m'avzuni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o'tish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Zamonaviy sharoitda taʼlim jarayonining barcha imkoniyatlariga koʼra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yoʼnaltirilishi talab qilinmoqda. Yuksak malakali mutaxassislarni isteʼmolchilar talablariga qarab tayyorlanishi, talabalarni tanlagan ixtisosliklari boʼyicha bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga oʼrgatilishi taʼminlanishi kerak. Mustaqil taʼlim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga muammo sifatida talqin etilganligi bois, 2020-yil 23-sentyabrda tasdiqlangan yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonunida ham “Mustaqil taʼlim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda taʼlim oluvchilarni kasbiy, intellektual, maʼnaviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi” deb belgilab qoʼyilganligini keltirib oʼtish mumkin.17
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorida: “Har bir oliy taʼlim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-taʼlim muassasalari bilan yaqin hamqorlik aloqalarini oʼrnatish, oʼquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʼor pedagogik texnologiyalar, oʼquv dasturlari va oʼquv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, oʼquv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar oʼtkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy xamkor taʼlim muassasalaridan yuqori malakali oʼqituvchilar va olimlarni faol jalb qilish ...” taʼkidlanib, muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda taʼlim jarayonini, oliy taʼlimning oʼquv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va oʼqitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiytaʼlim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish asosiy muammolar qatorida va ushbu muaamolardan kelib chiqib, oliy taʼlimning oʼquv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va oʼqitish usullarini keng joriy etilgan yangi avlodini yaratish, magistratura ilmiy-taʼlim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish bosh maqsad boʼlib qolmoqda. Bugungi globallashuv sharoitida taʼlim jarayonida ilgʼor pedagogik texnologiyalar va faol usullardan foydalanish, yangi ishlab chiqarilayotgan texnik vositalarni tadbiq qilish, koʼproq talabalarni mustaqil ishlashga undash, ilgʼor tajribalardan saboq berishning turli yoʼllaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir


Yüklə 92,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:

1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə