4
nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni
malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga
bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy
ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama
intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida
gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga
to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident.
Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-
bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning
sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: