11
Bolalarning bilimlari borgan sari mustahkamroq va ta’sirchanroq bo‘lib
boradi, yangi sharoitlarga o‘tkaziladi, bolalar ularni mustaqil qo‘llanishga
o‘rganadilar, ularning foydasiga tushunadigan bo‘ladilar.
Bolalar sanashning, o‘lchay olishning muhim ekaniga ishonch hosil
qilishlarida ularga yordam berish zarur. Kattalar o‘zlarining matematik bilimlaridan
qanday foydalanishlari (masofani o‘lchashlarini, o‘lchovni qanday olishlari,
buyumlarni sanashlarini va h. k.) ni kuzatish tashkil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga o‘lchay olish, sanash va
hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik
bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uyg‘otishi zarur. Bu maktabda matematikani
muvaffaqiyatli o‘qitishning garovi bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: