Kurs ishining maqsadi.
ushbu kurs ishi MTT katta guruhlarda matematika
mashgʻulotlarini oʻtkazish texnologiyasi va tashkil qilish
Kurs ishining predmeti.
MTT katta guruhlarda matematika mashgʻulotlarini
oʻtkazish texnologiyasi va tashkil qilish
Kurs ishining obyekti.
Mazkur kurs ishining obyekti MTT katta guruhlarda
matematika mashgʻulotlarini oʻtkazish texnologiyasi va tashkil qilish
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Kurs ishi amaliy ahamiyati
MTT katta guruhlarda matematika mashgʻulotlarini oʻtkazish texnologiyasi va
tashkil qilish
Kurs ishining tuzilishi.
Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, jumladan, birinchi
bobda ikkita, ikkinchi bobda uchta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan tashkil topgan.
5
I.BOB. MTT da matematik tasavvurlarni shakllantirishdagi talablar va
tarbiyachining nutqi
1.1. Matematika mashg‘ulotlarining didaktik talablari
Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mukammal bo‘lishi,
bolalarda mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini
ta’minlaydi
Matematikadan mashg‘ulotlar haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi kerak.
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi.
Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi,
bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan bo‘lishi kerak. Har bir vazifa bir
qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma-ket o‘rganiladi.
Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan
tanishtirish bunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi mashg‘ulotda
buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini
o‘zlashtiradilar; ikkinchi mashg‘ulotda bolalarning tenglikka bo‘linadigan buyumlar
haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘ati aktivlashtiriladi;
tarbiyachi uchinchi mashg‘ulotda bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish
usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi;
keyinroq bolalarga geometrik figuralarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil
usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rnatishadi.
SHunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha
(uch-olti) mashg‘ulotda amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari mashg‘ulotdan
mashg‘ulotga kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning
bir
bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni
o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega.
YAngi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash
bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi
materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi.
Odatda yangi mavzuni uch-besh mashg‘ulot davomida, oldin uning birinchi
qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni ikki hafta, ba’zan uch hafta
6
o‘tganidan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari
dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr
doirasida bo‘lib turishi kerak.
SHu munosabat bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki
har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «SHakl» va boshqa bo‘-
limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin.
O‘qitishning hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini
va ularda elementar matematik bilimlar sistemasini shakllantirishni shunday qilib
ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Matematika o‘qitishda mashg‘ulotning har xil turidan foydalaniladi.
Mashg‘ulot turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganishga
yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator mashg‘ulotlarning materiallarini
umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag‘ishlanadi.
O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni oladi, ularning
birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi, ikkinchi qismida
(9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar
mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa
takrorlatiladi.
YAngi materialni o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq zo‘riqishni talab qiladi.
SHu sababli mashg‘ulot oxirida tanish materialni kiritish bir oz bo‘shashish
imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlarning birinchi qismida
5 sonining o‘zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi
qismida doira va oval chiza olish malakasi qaraladi, 3 va 4 sonlarining ikkita kichik
sondan iborat tarkibi o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi
qismda «Nima o‘zgardi?» o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash (masalan,
samolyotlar nechtaligini, har qaysi qatorda nechtadan samolyot borligini, hamma
samolyotlar nechtaligini aniqlash)ga doir mashqlar bajarilishi mumkin.
Mashg‘ulotning tuzilishi (strukturasi) dastur bo‘limlarining hajmi, mazmuni,
ko‘rgazmaliligi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa
omillarga bog‘liq.
7
CHunonchi, kichik guruhda bir yoki ikki mavzu bo‘yicha mashg‘ulotlar
o‘tkazish maqsadga muvofiq. SHu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu
bo‘yicha birinchi mashg‘ulot, odatda, to‘liq o‘rganishga bag‘ishlanadi, takrorlash
yangi materialning o‘tilishi munosabati bilan yoki mashg‘ulotning oxirida
o‘tkaziladi.
Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi mashg‘ulotlar berilgan mavzu bo‘yicha
ham, oldingi mavzular bo‘yicha ham materialni mustahkamlashga bag‘ishlanadi.
Mashg‘ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu
mashqlar o‘ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, «Qim qaysi o‘yinchoqlarni
sanadi. O‘yinchoqlar nechta?» kabi o‘yin-mashqlardan boshlash mumkin. Bulardan
katta guruhda foydalanish mumkin. (CHaqirilgan bolalar tarbiyachi ko‘rsatmasiga
binoan o‘yinchoqlarni sanab chiqadilar, so‘ngra o‘yinchoqlar sal-fetka bilan
yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o‘yinchoqdan nechtadan bo‘lganini yoki
kimda o‘yinchoqlar borligini va o‘yinchoqlar qancha bo‘lganini topadilar.)
Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida), buyumlarni va
geometrik figuralarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishni, o‘yinchoqlar,
figuralar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida «qancha» so‘zi bilan savollar
o‘ylab topishni mashq qiladilar. SHuningdek «Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi
sonni o‘tkazib yubordim?», «Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar
o‘tkaziladi.
8
1.2. Matematika mashg‘ulotlarida tarbiyachining nutqi
Matematika aniq fan, shu sababli o‘qitishda bolalar o‘z fikrlarini aniq va
bog‘liqli bayon qilishni o‘rganishlari juda muhim. Bolalar har doim tarbiyachining
mantiqan ixcham, savodli nutqini eshitishlari kerak. Tarbiyachilar ko‘pincha u yoki
bu matematik atamani ishlatishganida «to‘plam», «miqdor», «son», «raqam»,
«kattalik», «shakl», «figura», «tomon» va h. k.
Tushunchalar orasidagi farqlarni oydin tasavvur qila olmaganlari tufayli
xatolarga yo‘l qo‘yishadi.
Matematik tushunchalarning mazmunini bilib olish muhim, busiz bolalarga
ilmiy ishonchli bilimlarni berib bo‘lmaydi.
Fazoviy va miqdoriy belgilar va munosabatlar faqat so‘zlar yordamida
akslanishi mumkin. SHu sababli bolalar tomonidan matematik ob’ektlarning
xossalari va belgilarining ajratilishi, albatta, ularning nomlari bilan kuzatiladi. Bola
bog‘langan qo‘shma gap va ergashgan qo‘shma gap tuza olmagani uchun nutqda
matematik munosabatlarni aks ettirish unga juda qiyinlik qiladi. Bu malakani
sinchiklab ishlab chiqishga to‘g‘ri keladi.
Oldin savollarni bo‘laklarga ajratish maqsadga muvofiq, masalan, bolalardan-
«Qizil tasmachada nechta tosh bor?», — deb so‘raladi. So‘ngra bolani ushbu
bog‘lanishni o‘rnatishga o‘rgatish kerak: «Qizil tasmachada bitta, ko‘k tasmachada
esa ko‘p tosh bor».
Tarbiyachi yo javob namunasini beradi, yoki bola uchun javob beradi: «Qizil
tasmachada bitta tosh bor, ko‘k tasmachada esa...» — «ko‘p tosh bor» deb to‘ldiradi
kichkintoy.
Bolalar matematik fikrlarni qisqa va aniq, ish mohiyatnni aks ettirib tuzishga
o‘rgatiladi. Uch yoshli bola «Qo‘g‘irchoqlar nechta bo‘lsa, piyolachalar shuncha»
deydi yoki «Idishlar ko‘p, qo‘g‘irchoqlar kam» deydi, yoki «To‘rt uchdan katta, uch
esa to‘rtdan kichik», deb javob beradi.
Bolalar nutqida matematik ob’ektlar bilan bajariladigan ishlarning aks
etishiga katta e’tibor berish kerak. Bolalar u yoki bu topshiriqlarning bajarilishini,
9
albatta, gapirib berishlari va tushuntirishlari kerak. Ajratilgan xossalar, belgilar
(alomatlar) va mos harakatlar usullari orasida bog‘lanishlar, ya’ni, bilimlar bilan
ularning idrok qilinishi orasida bog‘lanishlar shu asosda o‘rnatiladi. Bolalar uchun
har bir yangi harakatni tarbiyachining o‘zi ko‘rsatadi, uni aniq ko‘rsatmalar
tushuntirishlar olib boradi. Bu ko‘rsatma va tushuntirishlar mumkin bo‘lgan
xatolarning oldini olishga yo‘naltirilgan bo‘ladi, bunda hamma ish usullarini
tarbiyachining o‘zi ko‘rsatadi, jarayonni va ishlarning bajarilish tartibini o‘zi
tushuntiradi. Masalan, bolalarga sanoq usullarini o‘rgatar ekan, tarbiyachi bolalar
ko‘z oldida buyumlarni sanaydi va bunday deydi: «Men matryoshkalarni
qo‘g‘irchoqlarni o‘ng qo‘lim bilan chapdan o‘ngga qarab sanayman, ularga unday
tegaman, bitta, ikkita, uchta — jami uchta matreshka deyman».
Didaktik materialni (almashtirib, tarbiyachi bir hil harakatning o‘zini ko‘p
marta takrorlaydn, bunda u har doim harakat nomini aytib turadi.
Bolalar nima qilishlarini va qanday qilishlarini gapirib berishadi. Bolalarning
u yoki bu harakatni o‘zlashtirishlariga qarab, og‘zaki tushuntirishlarning roli orta
boradi. Tarbiyachi bolalarni so‘z bo‘yicha ishlashga o‘rgatadi, borgan sari ularga
ko‘proq mustaqillik beradi. Agar dastlab harakat usullari mufassal tushuntirilgan
bo‘lsa, keyinroq ko‘rsatmalar umumiy xarakterga ega bo‘la boshlaydi, masalan:
«Stolning uzunligi va kengligi, bo‘yi va enini aniqroq o‘lchashga harakat qiling».
SHundan keyin bolalar qo‘yilgan masalani hal qilgunga qadar harakatlarni
rejalashtirishga o‘rgatiladi, ular ushbu xil savollarga javob berishadi: qaysi lenta
uzun, qaysi lenta qisqa ekanini qanday bilish mumkin? Siz to‘g‘ri to‘rtburchaklarni
teng ikkiga qanday bo‘lasiz? Qaysi xaltada don ko‘pligini qanday bilasiz?
O‘qitishning bunday izchillikda bo‘lishi bilish jarayonlarini rivojlantirishda
katta ahamiyatga ega.
SHunday qilib, bolalar, albatta, nima qilganliklari va qanday qilganliklari,
keyinroq nima qilishlari haqida gapirib berishlari kerak. Bunda ular tushunarsiz,
anglab etilmagan, ya’ni bevosita ular tajribasida bo‘lmagan narsalarni eslab
qolishlariga hech bir holda yo‘l qo‘ymaslik kerak.
10
II.BOB. MTT katta guruhlarda matematika mashgʻulotlarini oʻtkazish
texnologiyasi va tashkil qilish
2.1. Bolalarda matematik bilimlarni mustahkamlash va ularni amalda qo‘llash
Toshkent shahrida kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim
berish masalalari bo‘yicha jahon konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 15 noyabr kuni bu
anjumanga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi, tashrifi
mobaynida Prezidentimiz nutq so’zladi.
2
Dostları ilə paylaş: |