O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom
va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim
va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha
ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga
oshirildi.
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun
yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini
yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun
mustahkam poydevor bo‘ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan
qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-
metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog
va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli
maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim
xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini
boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3955-son qaroriga
muvofiq:
3
https://qalampir.uz/uz/news/prezident-2030-yilgacha-maktabgacha-ta-lim-tizimini-rivozhlantirish-buyicha-k-
arorni-imzoladi-3326
20
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda – Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq,
quyidagilarni nazarda tutgan holda:
maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada
takomillashtirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy,
estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng
foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini
rivojlantirish;
maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
maktabgacha ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, maktabgacha
ta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish shaffofligi va samaradorligini
ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimiga maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarini
tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlab olish va rivojlantirishga
mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish;
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning sog‘lom va balanslashtirilgan
ovqatlanishini, sifatli tibbiy parvarishini ta’minlash;
b) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
(keyingi o‘rinlarda – “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
v) 2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini
rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
g) 2025-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini
rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
|