“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/50
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

 
 


11 
qo‘llanmalar yozishgan. O‘tgan asrning 30-yillaridan boshlab o‘zbek olimlari 
ham grammatikaga oid asarlar yarata boshladilar. Q.Ramazon va X.Qayumiy, 
X.Qayumiy va S.Dolimov, O.Usmon va B.Azizovlar ham muallifliklarida 
yaratilgan qo‘llanma va darsliklar shular jumlasidandir. Bu asarlarda olmoshlar 
haqida ayrim ma’lumotlar berilgan. 
F.Kamol tahriri ostida nashr etilgan «Hozirgi zamon o‘zbek tili» (1957), 
M. Mirzayev, S. Usmonov, I. Rasulovlarning “O‘zbek tili” (1962), mualliflar 
jamoasi tomonidan yaratilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili. I tom” (1966), 
“O‘zbek tili grammatikasi”ning akademik nashri (1975), “XV-XIX asrlar o‘zbek 
tili morfologiyasi” (1990)da ham olmoshlar mustaqil so‘z turkumlar sifatida 
alohida o‘rganilgan. Bu adabiyotlar ro‘yxatini “XII-XIV asrlar turkiy adabiy 
yodgorliklar tili” (1986), Sh.Shoabdurahmonov va boshqalarning “Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili” (1980), M.Asqarova va X.Abdurahmonovlarning “O‘zbek tili 
grammatikasining praktikumi” (1981), U.Tursunov va boshqalarning ‘Hozirgi 
o‘zbek adabiy tili” (1992), A.Mengliyevning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (2004), 
M.Qurbonovaning “Hozirgi zamon o‘zbek tili” (2002), Sh.Rahmatullayevning 
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (2006) singari asarlari hisobiga davom ettirish 
mumkin. 
Olmoshlar masalasi yoritilgan ilmiy manbalarni 3 guruhga ajratib qarash 
maqsadga muvofiq: 
1.
Olmosh tarixiy nuqtai nazardan yoritilgan asarlar.
O‘zbek tili tarixiy 
morfologiyasining 
ismlar 
silsilasida 
qaraladigan 
olmoshlar 
qadimiy 
turkumlardan bo‘lib, ularning shakllanishi va taraqqiyoti G‘.Abdurahmonov va 
Sh.Shukurovning “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi”, J.Hamdamovning 
“O‘zbek tili tarixi. II qism. Tarixiy morfologiya. Birinchi bo‘lim” kabi asarlarda, 
H.Ne’matovning ayrim ishlarida tadqiqot obyekti bo’lgan hamda o‘zining 
tegishli ilmiy-nazariy bahosini olgan. 
O‘zbek tilshunosligida olmoshlar tadqiqiga bag‘ishlangan sezilarli 
ishlardan biri Yusupovning kuzatishlari bo‘lib hisoblanadi. Olimning “Eski 


12 
o‘zbek adabiy tilida olmoshlar (XV-XVI asrlar)” deb nomlangan 
monografiyasida Alisher Navoiy va uning zamondoshlari asarlarida, XV-XVI 
asrlarda yuzaga kelgan yozma yodgorliklarda o‘z ifodasini topgan olmoshlarning 
barcha turlari aniqlangan va tavsiflangan. Eski o‘zbek tili va hozirgi o‘zbek 
adabiy tilida qo‘llanilgan va qo‘llanilayotgan olmoshlarning asosiy leksik-
grammatik hamda semantik farqlari, o‘ziga xos xususiyatlari ishonchli dalillar 
asosida ko‘rsatib berilgan.
17
Muallif olmoshlar xususidagi u yoki bu fikrni tasdiqlash maqsadida XI-
XII asrlarda yaratilgan yozma yodgorliklar hamda hozirgi o‘zbek tili va uning 
shevalaridan to‘plangan materiallardan qiyosiy foydalangan. 
Rus va turkiy tilshunosliklar hamda o‘zbek tilshunosligida olmoshlarni 
o‘rganishga bag‘ishlangan qator ishlar B.Yusupovning monografiyasida tahlil 
qilingan va ularning ayrimlariga munosabat bildirilgan. 
Tadqiqotga berilgan ilovalar ham ilmiy jihatdan ahamiyatlidir. Ilovalardan 
ma’lum bo‘lishicha, XV-XVI asrlar eski o‘zbek tilida ifodasini topgan 64 ta 
olmosh 
(men, sen, ul, u, nimarsa, kimsa
va boshqalar), qayd etilgan davrda 
qo‘llangan 48 ta olmoshning asli turkiy ekanligi, 9 ta arab tilidan o‘zlashtirilgan 
(jam’i, koffa, biajmaihim
va boshqalar), 7 ta fors-tojik tillaridan olingan 
(hamin, 
hamon, tobakay
va boshqalar). Ilovalardan XV-XVI asrlarda qo‘llangan 
olmoshlarning hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi shakllarining qiyosiy jadvali ham 
joy olgan. 
U. Sanaqulovning doktorlik dissertasiyasida olmoshlar evolyusiyasi 
xususida ham so‘z yuritilgan. Unda To‘nyuquq, Kultegin, Oltin yoruq kabi 
yozma yodgorliklar tilida qo‘llangan 
ban (men), na, kanty (kandy), o‘z, qamug‘-
qamuq (hamma, barcha), alqu (hamma), anaqaya (ana-mana), sa-si (sen), yshyl, 
oshal, shyl, ysh, oshny, ashny, na-ns, nschyk, mlyk, nstsk, nsgu, nssha, qay, 
qach, qan, qanda, qayan
 singari olmoshlar tahlil qilingan. Ilovadagi 12-
jadvalda 
17
Мирзақулов Т. Грамматика ўқитишнинг лингвистик асослари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1994. – 56 б. 


13 
VII-X asrlarda, 13-jadvalda XI-XIV asrlarning yodgorliklari tilida qo‘llangan 
olmoshlar sanab o‘tilgan
18

2.
Hozirgi o‘zbek tilidagi olmoshlar maxsus tadqiq qilingan yoki 
olmoshlar masalasi ham tilga olingan asarlar.
Mazkur so‘z turkumi monografik 
yo‘nalishda ham o‘rganilgan. Masalan, X.Komilovaning ‘‘O‘zbek tilida son va 
olmosh’’ asari va I.Suyarovning ‘‘Hozirgi o‘zbek adabiy tilida olmosh’’ 
mavzuyidagi nomzodlik dissertasiyasi bu boradagi yirik tadqiqotlardan bo‘lib 
hisoblanadi. Ushbu ishlarda olmoshlarning lingvistik tabiati, ayniqsa, grammatik 
xususiyatlari 
to‘g‘risida 
atroflicha 
mulohazalar 
yuritilgan, 
stilistik 
xususiyatlariga ham qisman to‘xtalib o‘tilg
an.
O‘zbek tili olmoshlari haqidagi ilk maxsus tadqiqot X.Komilova qalamiga 
mansub. Uning ‘‘O‘zbek tilida son va olmosh’’deb atalgan ishida 
olmoshlarning umumiy tavsifidan so‘ng, ularning turlari haqida so’z yuritilgan 
va ular 6 ta deb ko‘rsatilgan. Olmoshlarning monografik tadqiqi I. Suyarovning 
yuqorida tilga olingan tadqiqotida maxsus amalga oshirilgan. Mazkur 
dissertasiya bevosita olmoshlarning leksik-grammatik xususiyatlarini tahlil 
etishga bag‘ishlangan. Ammo I.Suyarovning bir mulohazasi aniqlik talab qiladi. 
Muallif olmoshlarning bir turi ayrim tilshunoslar (Q. Ramazon va X.Qayumiy, 
A.K.Borovkov, M.Mirzayev, S.Usmonov, S.Ibrohimov, A.Rasulov va 
boshqalar) tomonidan 
kishilik olmoshlari
va boshqalari tomonidan (X.Komilova) 
shaxs olmoshlari
deb nomlanganligini uqtirib, shunday xulosaga keladi: 
shaxs 
olmoshlari
termini bu turdagi olmoshlarning xususiyatlariga har jihatdan mos 
keladi. Bu turdagi olmoshning 
shaxs olmoshi
yoki 
kishilik olmoshi
deb atalishi 
masalaning mohiyatini o‘zgartirmaydi. Shu bois, ko‘pchilikning fikrini va 
mustaqillikdan keyingi yangi Davlat ta’lim standartlari asosida yaratilgan barcha 
turdagi o‘quv adabiyotlaridagi nomlanishni inobatga olib, 
kishilik olmoshlari
terminini qo‘llash maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. 
18
Зиёдова Т.У. Она тили таълими жараёнида ўқувчиларнинг сўз бойлигини ошириш. Пед. 
фан.номз. ... ёзилган дисс. – Тошкент, 1995. – 141 б. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə