“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/50
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107218
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

 
 


14 
O‘zbek tilshunosligida olmoshlarning o‘rganilishi va uning so‘z turkumlari 
tizimida tutgan o‘rni, tarixiy shakllari, olmoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari, 
tabiati, badiiy matnlarda uchrashi ayrim maqolalarda ham o‘z ifodasini topgan. 
M.Asqarova, 
S.Ibrohimov, 
G‘.Karimov, 
S.Muhamedov, 
M.Temirova, 
B.Ubaydullayev, U.Sharipova, Q.Mahmudov, H.Hojiyeva, D.Hakimova kabi 
tilshunoslarning maqolalari shular jumlasidandir. 
3.
Olmoshlarning ayrim turlarining stilistik xususiyatlari yuzasidan fikr 
bildirilgan yoki ma’lum darajada yoritilgan asarlar. 
Bu ishlar sirasiga 
R.Qo‘ng‘urov 
S.Karimov, B.Isabekov, T.Akramov va N.Fozilovalarning 
maqolalari kiradi. Jumladan, R.Qo‘ng‘urovning «Olmosh stilistikasiga doir 
ayrim mulohazalar» nomli maqolasida kishilik, ko‘rsatish, so‘roq, belgilash
gumon olmoshlarining uslubiy xususiyatlari, ularning asosiy ma’nolari bilan bir 
qatorda qo‘shimcha ma’nolar kasb etishi, bunday holat esa badiiy-estetik 
vazifani bajarishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan. 
O.Yusupovaning “O‘zbek tilida olmoshlarning funksional-stilistik 
xususiyatlari” nomli dissertasiyasi o‘zbek tilshunosligida olmoshlarning tutgan 
o‘rni ularning funksional-stilistik xususiyatlarini tahlil etgan. 
M.Hamroyevning “Hozirgi o‘zbek tilidagi ko‘rsatish olmoshlarining 
funksional - semantik xususiyatlari” nomli monografiyasi hozirgi o‘zbek tilidagi 
ko‘rsatish olmoshlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda olmoshning bu turi yangicha 
nuqtai nazar bilan talqin qilingan. 
Ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek tilshunosligida mustaqil so‘z turkumlaridan 
sanaladigan olmoshlar yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilgan. Ularda 
olmoshning turlari aniqlangan, ma’noviy xususiyatlari yuzasidan kuzatishlar olib 
borilgan, mazkur so‘z turkumini yaxlit hodisa sifatida tadqiq etish yo‘llari 
ko‘rsatib berilgan. 
Keyingi yillar adabiyotlarda maqola va monagrafiyalarda olmoshlarning 
leksik- semantik, grammatik xususiyatlari, imkoniyatlari kengroq ochilib, turli 
atamalar bilan ham (“ichi bosh so‘zlar, ishora so‘zlar”) atalib kelinadi. Masalan, 
R.Sayfullayev, A.Mingliyev va boshqalar tomonidan chiqqan “Hozirgi o‘zbek 


15 
adabiy tili” kitobida quyidagi fikrlar keltirilmoqda. “Ma’lumki, so‘zlar ma’noviy 
belgisiga ko‘ra uch turga bo‘linadi” 
a)
Mustaqil ma’noli so‘z (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid); 
b)
Bo‘sh-ishora ma’noli so‘z (olmosh); 
c)
Yordamchi ma’noli so‘z (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, ko‘makchi 
fe’llar). 
“Ishoraviylik” ramzi bilan ataluvchi olmosh boshqa leksemalardan ajralib 
turadi. O‘zbek tilshunosligida olmoshning doirasi va vazifasi zo‘rma-zo‘rakilik 
bilan ancha chegaralanib “ot, sifat, son o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z” sifatida o‘ta 
tor tushunilgan. Vaholanki, bu bilan olmoshning nafaqat ot, sifat, son, balki fe’l, 
ravish, taqlid, undov, gap va hatto matnni almashtira olish, ularga ishora etish 
xususiyatlari hisobga olinmagan. Darslikda yuqoridagi fikrlar isbotlanib, 
men, 
sen, u, biz, siz, ular 
shaxsga 
kim, nima, bu, ana, mana bu
kabi olmoshlar 
predmetga, 
qanday, shunday, bunday kabilar belgiga, buncha, shuncha, qancha
kabilar miqdorga, 
qachon, qachon paytga, qayer o ‘ringa, shunday bo‘lmoq, 
qanday qilmoq
kabi harakat-holatga ishora qilish aytiladi. Hech bir so‘zni 
almashtirmasdan kelishi ham misollar yordamida berilgan. 
Kim mehnat qilsa, u 
rohat topadi. Men kecha keldim. Sen buni bilasan. Nima qilsam ham men o ‘zim 
bilaman. Hamma mehmonlar biznikida. Barcha mushkulotlar oson bo‘ldi
kabi 
gaplarda kishilik, belgilash, o‘zlik olmoshi hech bir so‘zni almashtirmagan. 
Fikrlardan ko‘rinadiki, olmosh hamma vaqt ham qandaydir bir so‘zni 
almashtirib, uning o‘rnida kelavermaydi. Bu holat ham olmoshlarning o‘ziga xos 
leksik-semantik xususiyatlarini ifodalaydi. Shu o‘rinda yana bir narsani aytib 
o‘tish kerakki, arab tilshunosligida olmosh alohida so‘z turkumida berilmagan, 
balki har bir so‘z turkumi ichida “yashirin ma’noli so‘z”, zamirlar sifatida 
alohida guruhlarga ajratilgan. Masalan, kitob, daftar aniq ma’noli ot bo‘lsa, men, 
sen, kim yashirin ma’noli ot (zamir ot) dir. Yoki oq, qizil, chiroyli ma’lum 
ma’noli sifat hisoblansa, bunday, shunday, kabilar “zamir sifat”dir
19


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə