“Himoyaga tavsiya etilsin”


BMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/50
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

BMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. 
Tadqiqot 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek tili va Adabiyoti Universiteti 
“O‘zbek tili va uni o‘qitish ” “2017–2018-yillarga mo‘ljallangan BMI mavzulari 
banki” istiqbolli rejasi asosida amalga oshirildi. 
Tadqiqotning 
maqsadi. 
Tadqiqotning 
maqsadi 
umumta’lim 
maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi o‘zbek adabiy tili 
darslarida morfologiya bo‘limining olmosh so’z turkumi mavzularini 
o‘qitishning mazmuni shakli, vositalari va metodlarini, shu jarayonda 
o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga va ularda nutq 
madaniyatini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab 
chiqishdan iborat. 
Tadqiqotning vazifalari. 
Tadqiqotning bosh vazifasi sifatida ta’lim 
bosqichlari ona tili ta’limi jarayonida olmosh so’z turkumi bo‘limi mavzularini 
o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish masalasi 
belgilandi. Shunga ko‘ra tadqiqot ishini yoritish davomida: 

Ta’lim bosqichlarida olmosh so’z turkumi mavzularini o‘qitishga 
doir turli xil qarashlarni o‘rganish, uni o‘qitish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va 
metodik adabiyotlarni tahlil qilish, mavzuning yoritilganlik darajasini va mavjud 
muammolarni aniqlash; 

Amaldagi “Ona tili” o‘quv dasturi va darsliklarining olmosh so‘z 
turkumi mavzularini o‘tish jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash 
imkoniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish
15. 
Юқорида номи кўрсатилган адабиёт. – 8-бет. 




Ta’lim bosqichlarida o‘qituvchilar faoliyatida innovatsion 
texnologiyalardan foydalana olishining hozirgi holatini yoritish va tegishli 
xulosalar chiqarish;

Ona tilini o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga doir 
yondashuv va tamoyillarni belgilash; 

Ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning 
samarador usul va vositalarini ishlab chiqish; 

Ta’lim bosqichlarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
bilan bog‘liq samarali mashqlar tizimini yaratish, shuningdek, o‘quvchilarning 
matn yaratish ustidagi ishlari, muomala odobini egallashlari bilan bog‘liq o‘quv 
topshiriqlari va mashqlar tizimini ishlab chiqish. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə