“Himoyaga tavsiya etilsin”


III Bob. Ishning amaliyotga tadbiqi……………………………………..……63



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/50
tarix27.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#107218
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
umarova gulmalika ta\'lim bosqichlarida olmosh so\'z turkumining o\'qilishi bmi

III Bob. Ishning amaliyotga tadbiqi……………………………………..……63
3.1. Tajriba – sinov materiallari…………………………………………………63 
3.2.Ochiq dars ishlanmasi………………………………………………………64 
Umumiy xulosalar va metodik tavsiyalar……………………………………69
Tayanch so‘zlarning o‘zbek-inglizcha lug‘ati……………………………….73 
Foydalanigan adabiyotlar ro‘yxati……………………………………..…….77 
 
 
 



K I R I SH 
 
Mavzuning dolzarbligi
. Prezidentimiz I.A.Karimov ham o‘zining “Ona 
yurtimiz baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy 
saodatdir” asarida yosh avlod tarbiyasidagi ijobiy tomonga bo‘lgan 
o‘zgarishlarga alohida urg‘u berib, shunday deb yozadi: “Eng muhimi, 
zamonaviy bilim va tafakkurga, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan 
davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor bo‘lgan, ko‘zi yonib 
turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib keloyatgani 
barchamizni quvontiradi.
1
 
Inson shaxsining kamol topishida, tafakkurining rivojlanishida, tafakkur 
mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita 
bo‘lmish ona tili ta’limi maktabda yetakchi o‘quv fanlaridan biri sanaladi. Zero, 
ona tili millat tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va 
namoyon ettiradi.
Umumta’lim maktablarining ona tili va akademik litseylarning hozirgi 
o‘zbek adabiy tili darslarida “Morfologiya” bo‘limini izchil kurs sifatida o‘qitish 
juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. Bu bo‘limni o‘qitishning ta’limiy ahamiyati 
shundaki, o‘quvchilar tilning asosiy birligi – so‘z haqidagi ta’limot bilan 
tanishadilar va ularning tilni bir butun tizim sifatida tushunishlari hamda 
o‘zlashtirishlariga imkon tug‘iladi. Zero, so‘z turkumlari tilning barcha 
bo‘limlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, shu bo‘limlarni o‘qitishda izchillik bilan 
amalga oshiriladi. Ana shu uzviylikni ta’minlashga qaratilgan usullarni va 
innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish va va nafaqat olmosh so‘z turkumi 
balki morfologiyaga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar 
tizimini ishlab chiqish ishimizning dolzarbligini belgilaydi. 

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə