“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
aliqulova durdona bmi tayyor

 
3. Yakuniy 
bosqich 
(10 daqiqa) 
3.1.Aniq tasavvurlar shakllanmagan 
qismlarini qayta tushuntiradi. 
3.2.Mavzu bo‗yicha o‗quvchilarda 
yuzaga kеlgan savollarga javob 
bеradi, faol o`quvchilar baholanadi. 
G`olib guruh aniqlanadi. 
3.3 Bobur ruboiylaridan yod olish.
Savollar bеradilar 
Topshiriqni 
yozib 
oladilar.
 
Mavzuning qisqacha bayoni 
Zahiriddin Muhammad Bobur ham shoh, ham shoirdir. ―Bobur‖ so‗zining 
arab tilidagi ma‘nosi ―sher‖ degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaxsiyat 
edi. U tariximizning murakkab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati 
yemirilib, o‗rniga shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida 
qolgandi. Shunday bir paytda o‗z yurtiga sig‗magan temuriyzoda Bobur 
Hindistgtonga bosh olib ketdi. U yerda buyuk saltanat o‗rnatdi. O‗z jasorati va 
adolati bilan olis hind xalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning 
avlodlari hind diyorida uch yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar.


63 
Zahiriddin Muhammad Bobur didi va zavqi baland shoir edi. U go‗zal 
g‗azallar yozdi. Ruboiyning tengsiz namunalarini yaratdi. Ko‗rgan-kechirgan 
voqealari haqida ―Boburnoma‖ asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno 
edi. U sozni go‗zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kitob 
yozgan shohlardan edi.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tug‗ildi. 
Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg‗ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‗ 
Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
Bo‗lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt vafot etib, Farg‗ona hokimligi 
uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 
yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‗ladi. Keyin ham ikki 
marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‗ldi. Lekin saqlab qolish nasib 
etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo‗ldan berib, tog‗-u toshlarda besh-o‗n 
yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo‗ldi. Nihoyat, 1503-yilda 
Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‗tdi. Kobul va G‗aznani qo‗lga kiritdi. So‗ng 
1526-yilda esa Hindistonni zabt etib, katta saltanat o‗rnatdi. 
U 1530-yilning 26-dekabrida Agrada vafot etdi. Keyinroq uning xoki, 
vasiyatiga muvofiq, Kobulga ko‗chiriladi.
Bobur ikki she‘riy to‗plam – devon tuzgan. Bizgacha shulardan bittasi yetib 
kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma‘lum. Hozirda bizning qo‗limizda uning to‗rt 
yuzdan ortiq she‘ri bor. Shundan ikki yuzdan ortiqrog‗i ruboiydir
20
.
―Boburnoma‖da XV asrning oxiridan XVI asrning 30-yillariga qadar ro‗y bergan 
tarixiy voqealar aks ettiriladi. Asar 1494-yil voqeasi tasviri bilan, Samarqand 
hukmdori Sulton Ahmad mirzoning Farg‗onaga hujumi, Umarshayx mirzoning 
halok bo‗lishi va 12 yoshga qadam qo‗ygan Boburning taxtga chiqishi bayoni bilan 
boshlanadi. ―Boburnoma asari Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub 
bo‗lgan memuar xarakterdagi asar hisoblanadi. 
20
Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. Adabiyot (Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 5-sinfi 
uchun darslik). II qism. – T.: Sharq, 2011-yil, 107-108-betlar.


64 
Zahiriddin Muhammad Bobur sohibdevon shoir bo‗lsa-da, uning devoni 
bizgacha mukammal holda yetib kelmagan. Hozirgacha shoirning 119 g‗azal, 1 
masnaviy she‘ri, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq va qit‘alari, 50 dan ortiq 
muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibidan umumiy hajmi 
270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‗rin olgan. 


65 
Darsda Bobur haqida berilgan ma’lumotlarni mustahkamlash uchun 
quyidagi jadvaldan foydalanamiz:

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə