“Himoyaga tavsiya etilsin”



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/37
tarix24.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#160056
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
aliqulova durdona bmi tayyor

Hаr, bаrchаsi, 
Bоbur, ibrаt, so‘zi, bir, hikmаt аytqоn. 
O‗quvchilаr so‗zlаrni jоylаshtirib qоfiyalаydilаr. Quyidаgi bаyt yuzаgа 
kеlаdi: 
Bоburning hаr bir so‘zi hikmаtdurur, 
 
 
Аytqоnlаrin bаrchаsi ibrаturur. 
O‘qituvchi: 
Dаrhаqiqаt, quyosh kаbi so‗ngmаs, оltin kаbi qоrаymаs, mo‗jizаkоr, 
nаfis, hаyrаtоmuz go‗zаl, rаng – bаrаng vа sеhrli bаdiiyat Bоburning shoh sаtrlаri 
nаqаdаr zаvqli, ilhоmbахsh, shаvqli vа ibrаtlidur. Buyuk sоhibi kаlоmlаr o‗z 
аsаridа shе‘riy sаn‘аtlаrni o‗rni vа mе‘yori bilаn qo‗llаgаnlаr. Chunki hаr qаysi 
shе‘riy sаn‘аt g‗оyani bаdiiy ifоdаlаsh, timsоllаrni yorqin gаvdаlаntirish, аsаrgа 
jоzibа, jilо vа tа‘sirchаnlik bаg‗ishlаsh vаzifаsini bаjаrаdi.
Аziz o‗quvchilаr! Bоbur ijоdi ummоn bo‗lsа, dаrsimizdа bir qаtrаsining jilvаsidаn 
bаhrаmаnd bo‗lish bахtigа muyassаr bo‗ldik. 
Uyga vazifa: “
Z.M. Boburning hayoti va faoliyati‖ yoki ―Z.M.Boburning 
tariximizda tutgan o‗rni‖ ―Z.M.Bobur va boburiylar‖ mavzularida referatlar 
tayyorlash har bir o‗quvchi shu uchala mavzudan bittasiga referat tayyorlaydi. 
 
 


69 
XULOSA 
Jahon madaniyatiga o‗zining boy merosi bilan katta hissa qo‗shgan buyuk 
bobokalon shoirimiz Zahiriddin Muhammad Bobur fanning turli sohalarini yaxshi 
bilibgina qolmay, uni rivojlantirishga ham munosib hissasini qo‗shgan. ―Har 
qanday odamga uning qilgan ishlariga qarab baho berish kerak‖ (Servantes).
21
Shu 
jihatdan olib qaraganda, biz Boburni buyuk inson deb ayta olishimiz mumkin. 
Uning ijodini o‗rganish shoir haqida kengroq tasavvur hosil qilishga yordam 
beradi. Bobur ziddiyatli va tahlikali bir zamonda yashaganligiga qaramay, o‗zidan 
boy meros qoldirdi. Uning asarlari nafaqat o‗zbek adabiyotida, balki chet 
mamalakatlarda ham sevib o‗rganiladi
22
. O‗zbek adabiyotida Bobur haqida juda 
ko‗p ilmiy ishlar olib borilgan bo‗lsa-da, metodika sohasida yetarli tadqiqotlar olib 
borilmaganligi sababli biz o‗z bitiruv malakaviy ishimizda mana shu jihatlarni 
yoritib berishga harakat qildik.
Ishning dastlabki bobi ―Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodining 
o‗rganilishi‖ deb nomlangan bo‗lib, bobning birinchi qismida Bobur faoliyatining 
darsliklarda berilishi haqida fikr yuritildi. Ko‗rib o‗tilganidek, umumiy o‗rta 
ta‘limning 5- va 9-sinf adabiyoti darsliklarida hamda o‗rta maxsus ta‘limning II 
bosqich talabalari uchun mo‗ljallangan adabiyot darsligida shoir hayoti va faoliyati 
haqida ma‘lumot beriladi. Aynan shu qismda dars samaradorligini oshirishga 
xizmat qiluvchi metodlardan namunalar keltiriladi. Jumladan, ―Zanjir‖, ―Raqamlar 
so‗zlaganda‖, ―Besh panja‖, ―Qarorlar shajarasi‖ kabi metodlar. Bobur hayoti va 
ijodini o‗rganishga yo‗naltirildi. 
II bob ―Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‗rganishda zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar‖ deb nomlanadi. Ma‘lumki, mutafakkirning eng yetuk 
va uni dunyoga tanitgan asari bu – ―Boburnoma‖. Bu asarda 1494-1529-yillarda 
Markaziy Osiyo, Afg‗oniston va Hindistonda sodir bo‗lgan tarixiy, siyosiy 
voqealar yilma-yil o‗ta aniqlik bilan bayon qilingan bo‗lib, ular muallif hayoti va 
21
Каримов И.А.Баркамол авлод орзуси. – Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 1999-йил, 187-бет.
22
Abdug‗afurov Abdurashid. ―Boshimni olib, ey Bobur…‖//O‗zbek tili va adabiyoti. 2004. № 6, 18-bet. 


70 
siyosiy faoliyatiga bevosita aloqadordir. Hozirda amalda bo‗lgan darsliklarda 
―Boburnoma‖dagi Farg‗ona, Andijon, Samarqand, Kobul, G‗azna va Hindiston 
bilan bog‗liq parchalar keltirilgan. Keyingi uch joy nomi umumta‘lim maktablari 
uchun yaratilgan darslikda uchramaydi. Avvalgi uch shahar esa har ikkala 
darslikdan o‗rin olgan. O‗rta maxsus ta‘limda tarixiy shaxslardan Husayn Boyqaro 
va Alisher Navoiy ta‘rifi keltirilgan. Buning asl sababi har ikki shaxs ijodkor 
bo‗lib, darslikda Bobur hayotidan oldingi darslarda o‗quvchilar ular haqida 
ma‘lumotga ega bo‗ladilar. Aynan shu ma‘lumotlarni o‗quvchilarga noananaviy 
tarzda yetkazish, darsni qiziqarli tashkil etish va ta‘lim samaradorligini oshirish 
maqsadida ―Tanlab topaman‖, ―Zinama-zina‖, ―Ikki tomonlama kundalik‖, 
―Davom ettiring‖, ―Qiyosiy tahlil‖metodlari tavsiya etildi. ―Boburnoma‖ni o‗qish 
davomida esa o‗quvchilarning bilimlari mustahkamlanadi va shoirlar haqida 
kengroq tushuncha hosil qiladilar. 
Ikkinchi bobning ikkinchi qismida Bobur she‘rlarining darliklarda berilishi 
va ularning mavzu ko‗lami haqida so‗z yuritiladi. O‗zbek va fors tillarida ijod 
qilgan zullisonayn shoir ona tilida yozgan she‘rlarini to‗plab, 1519-yilda Kobulda, 
1928 – 1529-yillarda Hindistonda devonlar tuzgan. Bu ikki to‗plam o‗sha joylar 
nomi bilan ―Kobul devoni‖, ―Hind devoni‖ deb ataladi. Kobul devoni topilgan 
emas. Yuqorida nomlari tilga olingan har uchala darslikda ham Bobur she‘rlaridan 
namunalar keltirilgan. Beshinchi sinfda shoirning ruboiylari bilan tanishgan 
o‗quvchilar to‗qqizinchi sinfda ―Mening ko‗nglumki, gulning g‗unchasidek tah-
badah qondur‖ va ―Mushkuldur‖ radifli g‗azallari bilan tanishadilar. Biz bitiruv 
malakaviy ishimizda namuna sifatida ―G‗urbatda ul oy…‖ g‗azalini tahlil qildik. 
Mumtoz adabiyotdagi bosh mavzu ishq edi. Bunday mavzuda yozilgan she‘rlar sof 
intim lirikaning mahsuli hisoblanadi. Ularni tahlil qilishda har bir so‗zning ma‘no 
qirrasi e‘tiborga olinadi. G‗azalning shu qirrasiga e‘tibor berish uchun ―Tadqiqod‖ 
va ―Tafakkur‖ metodini keltirib o‗tdik. Qanday metodlarni qo‗llash esa 
o‗qituvchining mahoratiga bog‗liq. U dars o‗tish mobaynida bitta g‗azalni tahlil 
qilib berib, qolganlarini o‗quvchilar hukmiga havola etishi lozim. Dars jarayonida 


71 
o‗quvchilar shoir sheriyati bilan tanishish bilan birga nazariy bilimlarga ham ega 
bo‗lishlari kerak. Aynan shuning uchun ―Anglash‖ va ―Fikriy hujum‖ metodini 
kiritdik. Bundan tashqari dars jarayonida ―Ijod qil‖ va ―Tinglab top‖ metodlarini 
qo‗llanilishi o‗quvchilarda ijodkorlik mahoratini shakllanishiga va adabiyotga 
qiziqishni ortishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida o‗qituvchilar shogirdlari 
adashgan o‗rinlarda o‗zi tuzatishlar kiritib, ularning fikrini to‗ldirsa, ta‘limning 
samarasi uchun xizmat qiladi.
5- va 9-sinflarda keltirilgan she‘rlarning o‗rta maxsus ta‘limda takrorlanishi 
ham maqvadga muvofiq. Chunki umumiy o‗rta ta‘limga Boburning sanoqli 
she‘rlari kiritilgan bo‗lib, o‗quvchilar bu she‘rlar bilan tanishib, yod olib ulgurgan 
bo‗lishadi lekin tahlil qilish ko‗nikmasi to‗liq shakllanmagan bo‗ladi.
Bitiruv malakaviy ishimizning III bobi ―Ishning amaliyotga tatbiqi‖ deb 
nomlanib, birinchi qismida davlat ta‘lim standartidagi adabiyot ta‘limining 
maqsad va vazifalari keng yoritib berilgan. Umumiy o‗rta ta‘lim maktablaridagi 
adabiy ta‘lim asosan sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma‘naviy-axloqiy 
yo‗nalishlar ustuvorligini ko‗zda tutadi. Davlat ta‘lim standartlarida adabiyot 
ta‘limining maqsad va vazifalarining eng muhimlari sifatida quyidagilar 
ko‗rsatiladi: 
- o‗quvchilarning yosh xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda, milliy va jahon 
adabiyotining eng munosib namunalari bilan tanishtirish asosida ularning qalbida 
vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan 
rag‗bat, mehr va muhabbat uyg‗otish; 
- ularni fuqarolik va vatanparvarlik ruhida, adabiyotga, milliy, madaniy-
ma‘rifiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash; 
- ularning boy ma‘naviy dunyosini shakllantirish; 
- badiiy asar va uning poetik xususiyatlarini o‗rganish asosida o‗quvchida 
tanqidiy fikrlashga oid ko‗nikma va malakalarni hosil qilish; 


72 
- ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji 
uchun imkoniyat yaratish; 
- ularda har qanday ma‘naviy xurujlarga nisbatan sog‗lom va baquvvat 
e‘tiqodga tayanadigan immunitetni shakllantirish; 
- so‗z san‘ati vositasida o‗quvchining individual va shaxslik fazilatlarini 
rivojlantirish 
Biz darsliklarda o‗quvchilarning yosh xususiyatlari e‘tiborga olinganligini 
darsliklarning yutug‗i deb baholaymiz. Chunki 5-sinf darsligida berilgan ma‘lumot 
keyingi darsliklarda takrorlanmaydi, balki to‗ldiriladi. 5-sinf o‗quvchilarini 
zeriktirib qo‗ymaslik uchun berilmagan tarixiy sanalar va asarlarining nomlari 
yuqori sinflar uchun mo‗ljallangan darslikda beriladi. Buning asosiy sababi esa 
o‗quvchilarning eslab qolish qobiliyati shakllanib bo‗lganligida. Agar Zahiriddin 
Muhammad Bobur hayoti haqida so‗z yuritganda shunchaki hikoya tarzidagi 
ma‘lumot berishdan cheklanib, uning zamondoshlari, shogirdlari yoki yozuvchi va 
shoirlar tomonidan berilgan fikrlar ham darsliklardan o‗rin olganda edi,maqvadga 
muvofiq bo‗lar edi. Bobning yakunida bir soatlik ochiq dars islanmasi namuna 
sifatida berildi.
Xullas, badiiy adabiyot qaysi janr va mavzularda yozilmasin, undan kutilgan 
asosiy maqsad insonni tarbiyalashdir. Shu jihatdan qaraganda, Zahiriddin 
Muhammad Bobur ijodi o‗ziga xos axloqiy-ta‘limiy, ma‘naviy ma‘rifiy 
ahamiyatga ega. Bu asarlarning umumiy ruhi insonni komillik ruhida 
tarbiyalashga qaratilgan. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə