Hozirgi o‘zbek adabiy tili


Boshqa tillardan o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlar orfoepiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

 Boshqa tillardan o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlar orfoepiyasi.
1. Turkiy tillarda, ma`lumki, f undoshi bo‘lmagan, shuning uchun jonli so‘zlashuvda 
arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi «f»ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi, 
ulfat>ulpat, faner>paner, ferma>perma kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni «f» bilan 
talaffuz qilish me`yor holiga kelgan.
2. So‘z yoki bo‘g‘in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos 
bo‘lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuziga ham ta`sir 
qilgan – jonli so‘zlashuvda so‘z yoki bo‘g‘in boshida yoxud bo‘g‘indagi ikki undosh orasida bir 
unlining orttirilishiga olib kelgan, shkaf>ishkop, stakan>istakon, plan>pilon, traktor>tiraktir 
kabi. Bunday holat so‘z oxirida ham uchraydi, aql>aqil, fikr>fikir, ilm>ilim, hukm>hukum kabi. 
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik 
me`yor sanaladi. Bunday me`yor shu tipdagi so‘zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to‘g‘ri 
belgilashga ham yordam beradi. 
3. Umumturkiy so‘zlarda ikki unli yonma-yon qo‘llanmaydi, bu hol arab tilidan 
o‘zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so‘zlar talaffuziga ta`sir qilgan, oila, 
doir, rais so‘zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir,rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa 
so‘zlari esa unlilarning diftonglashuviga – mo,rip, so,dat, mutola, kabi talaffuz qilinishiga olib 
kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so‘z o‘zlashtirishning faollashganligi, ruscha 
o‘zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va imlo me`yorlarini O‘zbek tiliga aynan singdirish 
tendentsiyasining ustun bo‘lganligi O‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida yonma-yon 
kelishini orfoepik va orfografik me`yorga aylantirdi, biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya 
va boshqalar. Bu hol arabcha o‘zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa 
kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me`yor darajasiga 
ko‘tardi. 
4. Arab tilidan o‘zlashtirilgan ta`na, da`vo, ma`no, e`lon, me`mor, mO‘`tabar kabi 
so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unlilar bo‘g‘iz artikulyatsiyasi bilan cho‘ziqroq talaffuz etiladi. 
5. Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda «i» unlisi O‘zbek tilining «i» unlisidan torroq va 
cho‘ziqroq talaffuz etiladi. qiyos qiling, tish (O‘zb.) – tip>ti,p (rus.), til (O‘zb.) – tir>ti,r (rus.) 
kabi. 
6. Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz ochiq bo‘g‘indagi «i» 
O‘zbekcha «i»dan torroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. qiyos qiling, bilan (O‘zb.) – bilet (rus.), 
kinoya (O‘zb.) – kino (rus.) kabi. 
7. Rus tili orqali o‘zlashtirilgan so‘zlarning so‘nggi ochiq, urg‘uli bo‘g‘inida «i» unlisi 
O‘zbekcha «i»dan tor va cho‘ziq talaffuz etiladi. qiyos qiling, maxsi(O‘zb.) – taksi(rus.), 
tepki(O‘zb.)- kon`ki(rus.) kabi. Urg‘uli bo‘g‘inning boshqa tiplarida (yopiq, to‘la yopiq 
bo‘g‘inlarda) ham ruscha «i» O‘zbekcha «i»dan cho‘ziqroq va torroq talaffuz qilinadi. qiyos 
qiling, metin(O‘zb.)–nikotin>nikoti,n(rus.),ovsin(O‘zb.)–apel`sin>apel`-si,n(rus) kabi. 
8. Rus tilidan o‘zlashtirilgan bir bo‘g‘inli so‘zlarda «u» unlisi O‘zbek tilidagi «u»dan 
cho‘ziqroq va kuchliroq talaffuz etiladi. qiyos qiling, dud(O‘zb.) – dub>du,b(rus), pul(O‘zb.) – 
pul`s>pu,l`s(rus.), tush(O‘zb.) – tush`>tu,sh`(rus.) kabi. 
9. Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘uli bo‘g‘inida «u» unlisi 
O‘zbek tilidagi «u»dan ancha cho‘ziq va bir oz yo‘g‘onroq talaffuz etiladi. qiyos qiling, bu-da 
(O‘zb.) – budka (rus.), mangu (O‘zb.)-mangusta(rus.), mavzu (O‘zbeduza (rus.) kabi. 
10. Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘g‘ili so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «u» qisqa 
talaffuz qilinadi, ammo O‘zbek tilidagi «u» ayni shu fonetik pozitsiyada ruscha «u»dan ham 
qisqaroq bo‘ladi. qiyos qiling, dushman>d`shmen(O‘zb.)- turbina(rus.), muzday>m`zdey(O‘zb.)-
muzey(rus) kabi. 
11. So‘z boshidagi berkitilmagan, urg‘usiz bo‘g‘inda «u» unlisi ruscha so‘zlarda 
yo‘g‘onroq, O‘zbekcha so‘zlarda ingichkaroq (yumshoqroq) talaffuz etiladi. qiyos qiling, 
uklad(rus.) – uxlamoq (O‘zb.), uzual (rus.)-uzum (O‘zb.) kabi. 
12. Ruscha leksik o‘zlashmalarda «u» unlisi yumshoq undoshdan so‘ng ota’ ingichka (old 
qator unli tarzida), qattiq undoshdan so‘ng esa yo‘g‘on (orqa qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. 


Imloda ingichka «u» tovushi «yu» harfi bilan ifodalanadi. qiyos qiling, abajur va 
manikyur(manik ur), ul`timatum va kostyum (kast um), plug va salyut(sal ut) kabi. Rus tilidan 
o‘zlashtirilgan so‘zlarda yumshoq undoshdan keyin kelgan «u» O‘zbekcha «u»dan ham 
ingichkaroq va yumshoqroq talaffuz etiladi. qiyos qiling, gul (O‘zb.)-tyul`>t ul (rus.) kabi. 
13. Ruscha leksik o‘zlashmalarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «e» unlisi O‘zbekcha «e»dan 
ancha tor («i»ga yaqin) talaffuz etiladi, telefon>tilifon., televizor>tiliviz`r, adres>adris kabi. 
14. Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda «a» unlisi O‘zbekcha «a»dan yo‘g‘oroq talaffuz 
etiladi. qiyos qiling, kana(O‘zb.)-kanal(rus) kabi.
15. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagi o‘rta keng, lablangan «o» unlisi urg‘uli bo‘g‘inda 
O‘zbek tilidagi o‘rta keng, lablangan «O‘»dan kengroq talaffuz etiladi. qiyos qiling, ton(rus.)-
to‘n(O‘zb.), tok(rus.)-to‘q(O‘zb.), tort(rus.)-to‘rt(O‘zb.) kabi. Urg‘usiz bo‘g‘inda esa ruscha «o» 
reduktsiyaga uchrab, ota’ kuchsizlanadi va «qisqa «i» yoki «a» tarzida talaffuz qilinadi, 
traktor>t`rakt`rsamolyot>samal ot kabi. 
16. Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so‘zlarning boshida bir 
«O‘» tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan, ro‘za>o‘raza, rus>o‘ris, ro‘mol>o‘ramol kabi. 
Adabiy talaffuz me`yori sifatida ro‘za, rus, ro‘mol shakllari saralangan. 
17. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish «v» undoshi jarangsiz «f» tarzida 
talaffuz qilinadi, aktiv>aktif, passiv>passif, ustav>ustaf, kursiv>kursif kabi. «v»ning 
jarangsizlanishi so‘z ichidagi assimilyativ holatda ham yuz beradi, avtomat>aftomat, 
stavka>stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun me`yor sanaladi, ammo o‘zbek tilining o‘z 
so‘zlarida qo‘llanadigan lab-lab «v» undoshi so‘z oxirida ham, jarangsiz undosh ta`sirida ham 
«f» ga o‘tmaydi, ov, birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me`yor sanaladi). 
18. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning ko‘pchiligida urg‘u erkin bo‘ladi, bu hol O‘zbek 
adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda, atlas, trolleybus, tramvay kabi. 
19. O‘zbek tilidagi urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, ammo ayrim 
o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u so‘zning oldingi bo‘g‘inlarida bo‘lishi ham mumkin, hamma, jami, 
hamisha, afsuski kabi. Bunday holatlardan xabardor bo‘lish adabiy talaffuz me`yorlariga amal 
qilish imkonini beradi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə