Hozirgi o‘zbek adabiy tili


Undosh tovushlar orfoepiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

 Undosh tovushlar orfoepiyasi
Undosh tovushlar orfoepiyasi ko‘proq kombinator va pozitsion omillar ta`sirida yuz 
beradigan fonetik hodisalarga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, 1) b,d jarangli undoshlari so‘z oxirida 
jarangsiz p,t tarzida talaffuz etiladi, bu hol O‘zbek adabiy talaffuzi uchun me`yor hisoblanadi
kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi. 2) b,d undoshlari 
jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda assimilyatsiyaga uchrab, p,t holida talaffuz 
etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me`yori hisoblanadi, ibtidoiy>iptidoiy, ketdi>ketti. q) j,z 
undoshlarining jarangsiz undoshlar ta`sirida sh,s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun 
me`yordir, ijtimoiy> ishtimoiy, mazkur>maskur kabi. 4) b,q undoshlarining inter-vokal holatda 
(ikki unli orasida) sirg‘aluvchi v,g‘ undoshlariga o‘tishi ham adabiy talaffuz me`yoriga xilof 
emas, bora ber>boraver, keta ber>ketaver kabi. 
 So‘z qismlari talaffuzi
1. q,k bilan tugaydigan otlarning egalik affikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha 
talaffuz etiladi, a) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda qishloq> qishlog‘imiz, qishlog‘ingiz, qishlog‘i. 
telpak> telpagim, telpaging, telpagi kabi. Bir bo‘g‘inli so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi, 
O‘q>o‘qi, tok>toki kabi (yoq, yo‘q so‘zlari bundan mustasno). 
2. q,K,G,¢ bilan tugagan otlarning jO‘nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz 
qilinadi, qishloqqga>qish-loqqa, chelakqga>chelakka, tog‘qga>toqqa, pedagogqga>pedagokka 
kabi. Boshqa barcha holatlarda, a) jarangsiz undoshlardan so‘ng –ka, jarangli undoshdan va 
unlidan so‘ng –ga talaffuz etiladi, otka, oshka, qopka, ammo uyga, ovga, tolga, tomga, bolaga, 
akaga kabi. 
3. Fe`llarda, a) ongqla>angla, sonqa>sana, yoshqa>yasha kabi. b) ekqgan>ekkan, 
ketqgan>ketkan, oqqgan>oqqan, tushqgan>tushkan kabi. 
4. Olmoshlarda, uqnqda>unda, buqnqda>bunda, shuqnqda>shunda (bir «n» orttiriladi), 
menqning>mening, senqning>sening (bir «n» tushirib qoldiriladi). 
5. Bir so‘zidan dona son yasalganda, o‘zakdagi «r» undoshi «t»ga ota’di, birqta>bitta 
kabi. 



Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə