Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

1940-yilning 4-iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi yig‘ilishida «O‘zbek adabiy 
tilining orfografiyasi» (loyiha) ham ba`zi o‘zgarish va tuzatishlar bilan tasdiqlandi. Shunday 
qilib, O‘zbek yozuvi tarixining yangi bosqichi – rus grafikasiga asoslangan davri boshlanadi. 
1940-1941 O‘quv yilida maktablarning quyi sinflarida O‘quv jarayoni yangi yozuvga 
ko‘chiriladi. 
1941-1942-O‘quv yilida maktablarning yuqori sinflarida ham O‘quv jarayoni yangi 
(kirillcha O‘zbek) yozuvga ko‘chiriladi. 
1943-1946-yillarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari olib boriladi. Shu 
yillar ichida yozuv amaliyotida imlo qoidalaridan chetga chiqish, ularga g‘ayri qonuniy 
o‘zgartirishlar kiritish, adabiy tilning tayanch shevalariga etarli amal qilmaslik kabi nuqsonlarga 
yo‘l qo‘yilayotganligi ham ma`lum bo‘ladi. Bunday nuqsonlarga barham berish, kamchiliklarni 
tuzatish maqsadida 1946 yilda orfografiya qoidalarining yangi to‘plami yaratiladi, imlo lug‘ati 
va qiyin so‘zlar lug‘atini tuzishga kirishiladi. 
1947-1950 yillarda A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutida maxsus tuzilgan 
orfografiya komissiyasi ish olib boradi, bu komissiya 1946-yilda tuzilgan va nashr ettirilgan 
qoidalar to‘plamini matbuotda va turli kengashlarda bildirilgan fikrlar asosida qayta ishlaydi, shu 
asosda yangi loyiha yaratadi. 
1950-1952 yillarda til va imlo masalalariga bag‘ishlangan bir necha konferentsiya va 
kengashlar bo‘lib ota’di. Ularda orfografiya loyihasi bo‘yicha bir qator tanqidiy fikrlar 
bildiriladi, alifboni takomillashtirish kerakligi aytiladi. 
195q-1955-yillarda matbuotda bildirilgan tanqidiy fikrlar va takliflar asosida «O‘zbek 
orfografiyasi asosiy qoidalari»ning bir necha yangi loyihalari yaratiladi, ulardan so‘nggisi 
O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumiga topshiriladi.
1956-yilning 4-aprelida «O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari» (qayta ishlangan va 
takomillashtirilgan varianti) O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə