Hozirgi o‘zbek adabiy tili



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

 


 
Ma’ruza 

10. Orfoepiya 
 
Reja: 
 
1.Orfoepiya haqida ma`lumot. 
2.Unlilar orfoepiyasi. 
3. Undoshlar orfoepichsi 
Tayanch tushunchalar. 
Orfoepiya – to‘g‘ri (adabiy) talaffuz me`yorlari tizimi. 
qisqa talaffuz – urg‘usiz bo‘g‘indagi unlining qisqa va kuchsiz (bilinar-bilinmas) talaffuz 
etilishi. 
Cho‘ziq talaffuz – urg‘uli bo‘g‘indagi unlining urg‘usiz bo‘g‘indagi unlidan cho‘ziqroq 
bo‘lishi. Bu xususiyat ruscha leksik O‘zdashmalarda, ayniqsa, sezilarli bo‘ladi. 
Ingichka talaffuz – unli tovushlarning sayoz til orqa «k»,»g»,»ng», til o‘rta «y» va bo‘g‘iz 
undoshi «h» bilan yondosh bo‘lganda old qator fonema tarzida ingichka talaffuz etilishi. 
Yo‘g‘on talaffuz – unli tovushlarning chuqur til orqa «q», «g‘», «x» undoshlari ta`sirida 
orqa qator fonema tarzida yo‘g‘onlashuvi. 
Jarangsizlanish – ayrim jarangli undoshlarning so‘z oxirida yoki assimilyativ holatlarda 
jarangsiz undosh tarzida talaffuz etilishi. 
Intervokal holat – undosh fonemaning ikki unli orasida qo‘llanishi. Bunday pozitsiyada 
(ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarda) portlovchi «q» undoshi sirg‘aluvi «g‘» tarzida (qishloq>qishlog‘imiz 
kabi), jarangsiz «k» undoshi jarangli «g» tarzida (telpak>telpagim kabi) talaffuz qilinadi 
Orfoepiya so‘zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o‘zak va 
qo‘shimchalardan iborat so‘z formalarini to‘g‘ri talaffuz qilish me`yorlari tizimidir. 
Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo‘limi ham orfoepiya deyiladi. 
Orfoepik me`yorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi – jonli tildagi turlicha 
talaffuz ko‘rinishlaridan adabiy til an`analariga, taraqqiyot tradi-tsiyalariga mos keladiganlari 
tanlanadi. Masalan, O‘zbek shevalarida bir so‘z turlicha talaffuz qilinadi, yo‘q-jo‘q, ko‘z-
go‘z,ota-ata,aka-oka,anor-onar kabi. Hozirgi zamon davom fe`li qo‘shimchasi shevalarda – 
yap(ti), -op(ti), -utti, -vot(ti) shaklla-rida qo‘llanadi, boryapti,boropti, borutti, borvotti kabi. 
Adabiy tilda shulardan yo‘q, ko‘z, ota, aka, anor boryapti variantlari adabiy talaffuz me`yori 
(orfoepik norma) sifatida saralangan. 
To‘g‘ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to‘g‘ri 
yozish qanchalik muhim bo‘lsa, to‘g‘ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun 
ham O‘quvchi va talabalarda to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarining shakllantirilishiga ta`limning 
barcha bosqichlarida jiddiy e`tibor beriladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə