Hozirgi o‘zbek adabiy tili


Unila tovushlar orfoepiyasi



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/99
tarix08.01.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#98345
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99
s. jalilov. hozirgi o\'zbek adabiy tili.

 Unila tovushlar orfoepiyasi. 
unlisi, 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda qisqa va ingichka talaffuz qilinadi, til, tish, bil, sir kabi. 2) 
q, g‘, x undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda yo‘g‘on (orqa qator unli tarzida) talaffuz etiladi, 
qish, g‘isht, xil kabi. q) y, ng undoshlaridan oldin ingichka va bir oz cho‘ziq talaffuz etiladi, chiy, 
kiy, ming kabi. 4) h bilan yondosh bo‘lganda ham bir oz cho‘ziq va ingichka talaffuz qilinadi
hid, hind, his kabi. 5)ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kuchsiz va qisqa (bilan, 
biroq, sira, tilak, gilam, gilos, viqor kabi), urg‘uli bo‘g‘inda esa kuchliroq va cho‘ziqroq (nozik, 
alik, rostlik kabi) talaffuz etiladi. b) so‘z oxiridagi ochiq bo‘g‘inda bir oz kengayadi («i»dan 
kengroq, «e»dan torroq unli tarzda talaffuz qilinadi), tepki, bordi, oftobi, xuddi, rozi kabi. 
U unlisi, 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida qisqa 
(tush, tus, pul, buloq, bug‘doy kabi), urg‘uli bo‘g‘inida esa kuchliroq va cho‘ziqroq (bulut, etuk, 
popuk kabi) talaffuz etiladi. 2) k,g,y undoshlaridan keyin in-gichka (old qator unli tarzda), q, g‘, 
x undoshlaridan so‘ng esa yo‘g‘on (orqa qator unli tarzida) talaffuz qilinadi. qiyos qiling, kul va 


qul, atirgul va norg‘ul, yuk(yuk) va xulq kabi. 3) –uvchi, -uv affikslari tarkibida cho‘ziqroq 
aytiladi, yozuvchi, O‘quvchi, to‘quvchi, oluv, qo‘shuv kabi. 
O‘ unlisi, 1) bir bo‘g‘inli so‘zlarda, shuningdek ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning urg‘usiz 
bo‘g‘inida qisqa talaffuz etiladi,bo‘r, to‘r, ro‘mol, so‘roq kabi. 2) takroriy formalarning birinchi 
komponentida (urg‘uli bo‘g‘inda) cho‘ziq talaffuz qilinadi, ko‘p-ko‘p, zo‘r-zo‘r, mo‘l-mo‘l kabi. 
3) sayoz til orqa k,g, til o‘rta y va bo‘g‘iz undoshi (h) dan so‘ng yumshoq (old qator) unli tarzida, 
chuqur til orqa q, g‘, x undoshlaridan so‘ng qattiq va yo‘g‘on (orqa qator) unli tarzda talaffuz 
etiladi. qiyos qiling, ko‘l va qo‘l, go‘r va g‘o‘r, ho‘l va xo‘r, yo‘l va qo‘r kabi. 
unlisi, 1) so‘z va bo‘g‘in boshida kengroq (erkin, ekin, eslamoq kabi), bo‘g‘in ichida bir 
oz torroq (kecha, beda, tekin, sekin kabi) talaffuz qilinadi. 
unlisi, 1) sayoz til orqa k,g undoshlari bilan yonma-yon kelganda yumshoq va ingichka 
unli tarzida (kam, katta, gap, gal, gazlama, kayfiyat kabi), chuqur til orqa q,g‘,x undoshlari bilan 
yondosh qo‘llanganda esa yo‘g‘on unli tarzida (qalam, qarg‘a, qasida, g‘am, g‘alvir, xalq, 
xabar, xat kabi) talaffuz etiladi. 
unlisi, 1) quyi keng, kuchsiz lablangan unli tarzida talaffuz qilinadi, tosh, bahor, somon, 
shamol kabi. Shevalarda va jonli tilda bu unlining urg‘usiz bo‘g‘inda «a»ga yaqin talaffuz 
qilinish hollari ham uchraydi, samon, davon kabi, ammo bu hol adabiy talaffuz (orfoepik 
me`yor) hisoblanmaydi. 2) sayoz til orqa k,g undoshlaridan so‘ng yumshoq, chuqur til orqa 
q,g‘,x undoshlaridan so‘ng esa yo‘g‘on unli tarzida talaffuz qilinadi. qiyos qiling, kosib va 
qoshiq, kotib va qolip, komil va qobil, gov va g‘ov, govmish va g‘ovlamoq kabi. 3) urg‘uli 
bo‘g‘inda kuchliroq va bir oz cho‘ziq talaffuz etiladi, bog‘bon, obod so‘zlarining birinchi va 
oxirgi bo‘g‘inlaridagi o unlisi talaffuzini qiyoslang. 4) y va h undoshlari bilan yondosh 
qo‘llanganda ham o unlisi bir oz yumshoq, ingichka unli holida talaffuz etiladi. qiyos qiling, yor 
(yor) va qor, hokim va xolis kabi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə