I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Suyak ko

migi o

zgarishlari.
Bu o‘zgarishlar nurning bevosita va vositali 
ta’siridan kelib chiqadi. Ko‘mukni bir qismini qo‘rg‘oshin plastinka bilan to‘sib 
nurlansa, nurlanmagan ko‘mik sohasida xromosoma abberatsiyalari ko‘payishi 
kuzatiladi. Yoki yumshoq to‘qimalarni uzoq vaqt davomida katta dozada maxalliy 
nurlash, bemorda leykopeniya, trombopeniya, anemiya chaqiradi. Bu xodisa, suyak 
ko‘migi postradiatsion o‘zgarishlari qisman vasitali ta’sir tufayli ekanidan dalolat 
beradi. Nurlash kritik bo‘lmagan boshqa strukturalarda – markaziy asab tizimi, sezgi 
a’zolari, endokrin, immunologik tizim, nafas organlari, jigar, buyrak, suyak-mushak, 
ko‘payish a’zolari va boshqa tizimlarda o‘zgarishlar chaqiradi. Bu o‘zgarishlar 
nurning bevosita hamda vositali ta’sirida natijalari bo‘lib umumiy radiatsion 
potologiyani kelib chiqishda o‘z xissasiga ega.
Immunitetning postradiatsion susayishi.
Immun tizimi organizmning kritik va 
nokritik tizimlari orasida joy olgan bo‘lib, nur kasalligining potogenezida alohida 
o‘ringa ega. Nurlanishdan so‘ng, asosiy immunnokompentent xujayralar hisoblangan 
limfotsitlarning yalpi qirilib ketishi ro‘y beradi. Shu bilan birga nospetsifik gumoral 
bakteritsid sistemalar – properdin, lizotsim, terining bakteritsidligi pasayadi, 
antitelalar hosil bo‘lishi kamayadi. 
Immunitetning postradiatsion o‘zgarishlari, infeksiyaga ta’sirchanlikni ortishi, 
organizmda, birinchi navbatda ichaklarda bakterial floraning sifat va son 
ko‘rsatkichlarini o‘zgarishda namoyon bo‘ladi. Nur kasalligida infeksion asoratlar 
antibakterial immunitetning pasayishi bilan birga to‘qimalar barer xususiyatining 
pasayishi tufayli ro‘y beradi. 
Nur ta’sirida emirilgan xujayralar, oqsillar va ular bilan bog‘liq moddalarning 
parchalanish mahsulotlari antigen sifatida qonga tushadi va organizmda immunologik 


74 
perestroyka, kuchli auto sensibilizatsiya chaqiradi. Nurlanishda organizmda ikki tip 
antigenlar va unga mos antitelalar hosil bo‘ladi. Biri autoto‘qimalar antigeniga qarshi, 
ikkinchisi denaturatsiyalangan oqsillarga qarshi. N.N.Klemparskaya nur kasalligi 
patogenezida to‘qimalar, oqsillar emirilishida hosil bo‘lgan antigenlarga nisbatan 
autoallergiya yuzaga kelishiga katta o‘rin beradi. Organizmda yuzaga keluvchi kuchli 
autosensibilizatsiya to‘qimalarda nekrotik protsesslar, gemorragiyalar chaqirishi 
mumkin. Allergik protsesslarning nur kasalligidagi ahamiyatini nurlash oldidan 
o‘tkazilgan vaksinatsiya va desensibilizatsiyalovchi preparatlarning profilaktik va 
terapevtik effektivligidan xam ko‘rish mumkin. 
Kechki postradiatsion asoratlar. 
Nur kasalligini boshdan o‘tkazgan va sogaygan odam va hayvonlarda uzoq 
muddatdan keyin qandaydir yangi o‘zgarishlar kelib chiqishi mumkin, bu 
o‘zgarishlar 
kechki asoratlar
deb nom ham olgan. Kechki postradiatsion asoratlar 
asosan quyidagilar:
Umrning qisqarishi, leykozlar, xavfli o‘smalar, kataraktalar rivojlanishi. 
Bulardan tashqari endokrin balansning buzilishi, nefroskleroz, pushtning qurishi 
sterillik va embrional rivojlanishning buzilishi yuzaga kelishi mumkin. 
Umrning qisqarishi nurlanishning universal effekti bo‘lib sichqon va 
kalamushlarni bir marta subletal nurlanishining har 1 Gr umr uzoqligini 2,5-5%-ga 
qisqartiradi. Uorren (1956 yil) AQSHda rentgenologlar va boshqa soha vrachlarining 
kasallanishi va o‘limini o‘rganib chiqib rentgenologlarda leykozlar ko‘proq uchrashi 
va boshqa sabablardan ertaroq o‘lishlari sababli o‘rta hisobda umrlari 5,2 yosh 
qisqaradi degan hulosaga kelgan. 
Shu bilan birga eksperementda kalamushlarni 0,008 Gr dozada umr davomida 
nurlash hayvonlar umrini 20-22% uzaytirgan. Umrning uzayishi past haroratga (5
0
C) 
nisbatan optimal (25
0
C) haroratda yaxshiroq namoyon bo‘lgan. 
Nur ta’sirida umrning uzayishi nurga chidamli bo‘lgan boshqa jonvorlarda ham 
kuzatilgan. Masalan: un mitasini 30 Gr nurlash, drozzofillarni 45 Gr nurlash ularning 
umrini uzaytiradi. Campanularia (kovak ichaklilar)ni 2000 Gr nurlash ular umrini 
ikki martaga oshirgan. Hozirgi paytgacha yig‘ilgan ma’lumotlar ionlovchi nurning 
ta’siri faqat zararli degan fikrni isbotlamaydi. Aksincha, yorug‘lik va issiqlik 
energiyasi kabi ionlovchi nurlarning fiziologik va patologik ta’sir darajalari mavjud.
XX asr oxirigacha yig‘ilgan ma’lumotlar kichik dozalarni odam organizmi 
uchun zararli ekanini isbotlamadi. Aksincha, 0,1 Gr/yildan oshmagan dozadagi 


75 
nurlanganlar orasida kasallanish ko‘p emas, ularning o‘rtacha umri ham o‘rtacha 
ko‘rsatgichlardan ~ 5 yil uzoq ekani aniqlangan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə