I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Surunkali nur kasalligi. 
Surunkali nur kasalligi organizmni kichik dozalarda uzoq vaqt davomida 
nurlanishidan kelib chiqadi. Surunkali nur kasalligi xam fazali kechadi. Kasallikning 
ko‘proq umumiy hamda ko‘proq maxalliy nurlashdan kelib chiquvchi formalari 
ma’lum. Surunkali nur kasalligi uzoq davom etgan (oylar, yillar) yashirin davrdan 
so‘ng namoyon bo‘ladi. Klinik belgilari, rivojlangan davri asta-sekin boshlanadi, 
nurlash to‘xtatilsa tiklanish davri boshlanadi. Davrlar orasidagi chegara noaniq. 
Nurlashning davom etishi kasallikning og‘irroq formalarini keltirib chiqaradi. 
Surunkali nur kasalligining kechishida I daraja (engil), II o‘rta og‘irlikda va III ogir 
formalari, terminal stadiya tafovut qilinadi. Kasallik darmonsizlik, ishtaxasizlik, 
limfopeniya, leykopeniya, trombopeniya, anemiya kabi belgilar bilan xarakterlanadi.
O‘zgarishlar kasallik chuqurlashgan sari ortib boradi. Kasallikning II davri 
(stadiyasi)da gemorragik sindrom paydo bo‘ladi. Terminal davrida o‘zgarishlar eng 
yuqori darajaga etadi va davolashga qaramay o‘lim bilan tugallanadi. 
Nurlangan organizmda tiklanish jarayonlari. 
O‘tkir nurlanishdan so‘ng organizmda kechuvchi tiklanish jarayonlari, qolgan 
xujayralarni proliferatsiyasi xisobiga kritik a’zolar xujayralari populyasiyasini 
to‘ldirish va ularning funksional aktivligini tiklanishidan iborat.
Avvallari postradiatsion tiklanish, faqat zararlanmagan xujayralar hisobiga ro‘y 
beradi deb hisoblanar edi. Xozir kritik a’zo va sistemalar reparatsiyasi qisman 
zararlangan tiklanuvchi xujayralar hisobiga xam ro‘y beradi deb hisoblanadi. 
Hujayralar tiklanishi eksponensial qonunga bo‘ysingani tufayli, amaliyotda 
to‘liq tiklanish davrini emas, yarim tiklanish davri e’tiborga olinadi va u tiklanish 
tezligi (tempi) ni aks etdiradi. 
Yarim tiklanish davri nisbatan aniq ko‘rsatkich bo‘lib uning kattaligi 
hayvonning umri uzoqligiga bog’liq. Bu ko‘rsatgich turli tadqiqotchilarning 
ma’lumotiga ko‘ra sichqonlar uchun 2-8 kun, kalamushlarda 6-9 kun, itlar 14-18 kun, 
odamlarda 25-45 kun (~28 kun)ga teng. Pastradiatsion tiklanish xech qachon to‘lik 
bo‘lmaydi, zararlanishlarning kamida 10% tiklanmaydi. Tiklanmagan qoldiq 
o‘zgarishlar miqdori yutilgan dozaga proporsional. 
Fiziologik regeneratsiya kuchli bo‘lgan to‘qimalardan farqli o‘laroq, kam 
yangilanuvchi to‘qimalarda radiatsion zararlanishlar ko‘zga tashlanmaydi. Mexanik 
travma yordamida bu to‘qimalarda tiklanish jarayonlarini stimulyasiya qilib yashirin 
o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarish mumkin. Akademik G.I.Strelin raxbarligida 
mushak, suyak, asab, paylarni turli sharoitlarda nurlagandan so‘ng posttravmatik 


73 
regeneratsiyani buzilishlari o‘rganilgan. Bu ishlarda Samarqand Davlat Tibbiyot 
institutining o‘nlab olimlari ham ishtirok etganlar (professorlar F.M.Golub, 
A.I.Britun, U.A.Budagov, U.A.Oripov va boshqalar). Radiorezistent to‘qimalarda 
postradiatsion o‘zgarishlar, mexanik jarohatlardan keyin regeneratsiyaning 
stimulyasiyasi sharoitida yuzaga chiqadi.
Vositali effektlarning radiatsion patologiyani kelib chiqishidagi roli. Nurning 
vositali ta’sir effektiga – maxalliy nurlashda yuzaga keluvchi umumiy reaksiya 
«rentgen yoki radiy karaxtligi» misol bo‘la oladi. Nur ta’sirida organizmda yuzaga 
keluvchi jarayonlar qisman bevosita nur ta’siridan kelib chiqadi. O‘zgarishlarning 
ikkinchi qismi vositali reaksiyalar natijasida yuzaga keladi. Bularni distansion 
effektlar deb xam ataladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə