I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Xavfli o ‘ smalar kelib chiqishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Xavfli o

smalar kelib chiqishi. 
Ionlovchi nurlarning xavfli o‘smalar keltirib chiqarishi rentgen nurlari kashf 
etilgandan 10-12 yil o‘tgach ma’lum bo‘ldi. Nur bilan ishlovchi vrachlar va 
tadqiqotchilar terisida nurli kuyishdan so‘ng rak kelib chiqishi ma’lum bo‘ldi. Bu, 
hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda o‘z isbotini topdi. 
Nur ta’sirida o‘smalar hamma to‘qimalarda rivojlanishi mumkin. Radioaktiv nur 
chaqirgan o‘smalar terida suyakda, tuxumdonlarda eng ko‘p uchraydi. Qon ishlab 
chiqarish to‘qimalari raki - leykozlar eritmiya limfomalar rivojlanadi. Suyak 
o‘smalari skeletda tanlanib to‘planuvchi izotoplar Pu, Ra , Sr va boshqa osteotrop 
radioaktiv preparatlarning nuridan, rengenoterapiyada skelet nurlanishdan keyin 
yuzaga kelishi mumkin. 
AQSHda siferblati shu’la beruvchi soat chiqaruvchi zavod ishchilarida 
rivojlangan jag suyaklarining osteosarkomasi bunga isbot bo‘ladi. Odamlarda suyak 
o‘smalarini keltirib chiqaruvchi minimal doza 12 Gr xolbuki nur terapiyasida ayrim 
suyaklarda yutilgan doza 40-50-60 Grni tashkil etadi, bu sharoitda o‘smalar yuzaga 
kelish ehtimoli ortadi. 
Nur kasalligidan so‘ng va ruhsat etilgan eng yuqori dozadan ortiq 
nurlanganlarda leykozlar rivojlanishi xavfi tug‘iladi. Odamlarda nurlanish leykozlari 
kelib chiqishi haqidagi eng to‘liq ma’lumotlar Yaponiyada atom portlashlarini 
boshdan kechirganlar haqidagi obzor va maqolalarda keltirilgan. BMT 
komissiyasining ma’lumotlari bo‘yicha Yaponiyada 1946-1960 yillar ichida 
leykozlar odamlar orasida deyarli 11 barovar ortgan. Kasallanganlar soni atom 
portlashining markaziga yaqinlashgan sari ortib boradi. Masalan: Xirosima shahrida 
yadro portlashida markazdan 1 kmgacha masofada turganlarda leykozlar bilan 
kasallanish har 100000 kishiga 137, 1,5-2 km masofada bo‘lganlarda 4,2 ni tashkil 
etadi. 
Leykozlar nur bilan davolanganlar orasida xam ko‘payishi aniqlangan. Masalan: 
Angliyada Bexterev kasalligi (umurtqalar bo‘g‘inlarining infeksion-allergik 
yallig‘lanish kasalligi) tufayli nur bilan davolangan, 11 mingdan ortiq kishilar orasida 
leykozlar rivojlanishi 25-50 marta ko‘paygan. 
Nurlanishdan so‘ng ko‘z qorachig‘ining xiralanishi, katarakta kelib chiqishi 
mumkin. Bu turli hayvonlarda o‘tkazilgan eksperementlar va nurlangan odamlarni 
kuzatuvlarida aniqlangan. Aniqlanishicha odamlarda katarakta keltirib chiqaruvchi 


76 
minimal doza 25 Grga teng, agar u bir marta qisqa muddat ichida berilsa, 5 Grda 
kasallikning kelib chiqish ehtimoli juda ortadi. Olimlar, boshi nurlangan bemorning 
yarmidan ko‘pida katarakta kelib chiqishini kuzatganlar. Agar nurlanganlar yanada 
uzoqroq kuzatilsa ularning hammasida kasallik rivojlanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə