I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Turli obyektlarni zararsizlantirishning o‘ziga xos tomonlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/124
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140913
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124
VZpVsom5JzG8odbWYYVdp13OxkbQjobTxcRN1JEG

Turli obyektlarni zararsizlantirishning o‘ziga xos tomonlari
Hudud uchastkalarini zararsizlantirish. 
Qattiq qoplamali joylardagi 
radioaktiv changlarni bosimli suvni sepish (yuvish) bilan amalga oshiriladi. Bunda 
suv sepish texnika va qurilmalaridan hamda supurish-yig‘ish mexanizmlaridan
foydalaniladi.
Gruntli joylarda kerak.k ifloslangan yuzani qirqib olish bilan zararsizlantiradi. 
Grunt qirqish texnikalaridan foydalaniladi, qirqiladigan grunt qalinligi 8-10 sm 
bo‘lishi kerak. Qirqib olingan joyga toza grunt tashlanadi va omochlar bilan 
chuqurligi kamida 20 sm qilib haydaladi. Shunga o‘xshash ifloslangan qorli joylarda 
ham tozalash ishlari bajariladi. Ifloslangan grunt yoki qor xavsiz joyga olib borib 
tashlanadi yoki maxsus joyda yo‘qotiladi.
Bino va inshootlarni zararsizlantirish
. Bu bosimli suv bilan yuvish, 
zararsizlantiruvchi eritma bilan artish, qirindi materiallar bilan ketkaziladi. Ishlarni 
yuqoridan pastga tomon bajariladi, masalan tomdan fundamentga tomon. Ifloslangan 
chiqindilarni boshqa joylarni, suvni ifloslanishiga sabab bo‘lmasligi kerak. Ularni 
ruxsat etiladigan darajagacha kamaytirish yoki yig‘ib olib ketish yo‘li bilan 
xavfsizlikni ta’minlanadi. Bajariladigan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida 
yuvish uchun ishlatiladigan suv tarkibiga zararsizlantiruvchi boshqa moddalar ham 
qo‘shiladi.
Binolar ichini va ish joylarini zararsizlantirish. 
Bunda ham yuqoridagi kabi 
ishlar bajariladi. Shu bilan birgalikda supurgi, shetka va shunga o‘xshash narsalar 
bilan suvni sepish mumkin. 2-3% li yuvish moddalaridan (sovun, poroshokli eritma) 
ishlatiladi, buni issiq suvga ivitilgan latta materiali bilan artish yo‘li bilan bajarish 
mumkin. Bino ichidagi radioaktivlik 90 mkR/soat dan oshmasligi kerak.
Transport vositalari va texnikalarni zararsizlantirish. 
Ularni to‘liq va 
qisman zararsizlantirish bajariladi

Ishni xizmat ko‘rsatuvchilar va shoferlar bajaradi. 
Ularning odamlar bilan uchrashadigan joylari tozalanadi. Bunda ham yuqoridan 
pastga sxemasida bajariladi. To‘liq zararsizlantirish xavfsiz alohida joylarda (maxsus 
ishlov berish punktlarida) amalga oshiriladi. To‘liq zararsizlantirishni bajarish 
mumkin bo‘lmaganda texnikani alohida turish joyiga yuboriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə