I bob. Amaliy masalalar Tarvuz masalasi


Yana pavlovniya ko`chatlarini ekish



Yüklə 420,78 Kb.
səhifə6/27
tarix30.12.2023
ölçüsü420,78 Kb.
#165581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Kitob

25.Yana pavlovniya ko`chatlarini ekish.
Ertasi kuni yana 16 ta pavlovniya ko`chati homiy tomonidan sovg`a qilindi. Qanday ko`rinishda eksak ajoyibroq bo`ladi deb turishganda, shunda yosh matematik yana 16 ko`chatni 15 qator qilib 4 tadan ekish mumkin dedi. Bunday ajoyib, manzarali daraxt ko`chatlari qanday shaklda ekilishi kerak?






IV bob. Diofant masalalari

26. Parrandalar xaridi.
100 so`mga 100 ta parranda - g`oz, o`rdak va jo`ja sotib olindi. Agar g`oz 10 so`m, o`rdak 5 so`m va jo`ja 50 tiyin tursa, har bir parrandadan nechtadan sotib olingan?





27.Mixlar haqida masala.
Qurilish mollari saqlanadigan omborda 16 kg, 17kg va 40 kg li idishlarda mix saqlanadi. Mudir 140 kg mixni idishlarni buzmagan holda qurilish tashkilotiga jo`natish kerak. Buning iloji bormi?

28. Ko`mir haqida masala.
Temir yo`l stansiyasiga maktablar uchun 420 tonna ko`mir olib kelindi. Vagonlarga ko`mirlar 15 t, 20 t va 25 t dan ortilgan edi. Agar vagonlar soni 27 ta bo`lsa, har qaysi vagondan nechtadan bo`lgan?



V bob. Idishdagi suyuqliklarni teng bo‘lish.




29. Idishdagi moyni teng bo`lish.
Zig`ir moyi sotuvchisi Keldiyor akaga 10 litrli idishda zig`ir moyi olib kelishibdi. (Hayvonlardan olinadigani yog`, o`simliklardan olinadigani moy deyiladi) Shu payt ikkita xaridor kelib, 5 litrdan zig`ir moyi olshlarini aytishibdi. Aksiga olib 3 litrlik va 7 litrlik bo`sh idishlar bor, boshqa bo`sh idish yo`q ekan. Mana shu uchta idishdan foydalangan holda ikkita xaridorga 5 litrdan zig`ir moyini bo`lib bering.


Yüklə 420,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə