I bob. Amaliy masalalar Tarvuz masalasi


Kvasni teng ikkiga bo`lish



Yüklə 420,78 Kb.
səhifə7/27
tarix30.12.2023
ölçüsü420,78 Kb.
#165581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Kitob

30. Kvasni teng ikkiga bo`lish.
Ikki o`rtoq, Ali bilan Vali yozning issiq kunida internetdan foydalanib 12 litr kvas ichimligi tayyorlashibdi. Teng ikkiga bo`lishmoqchi bo`lsa, faqat 12 litrli idishdagi kvasdan tashqari yana 8 litrli va 5 litrli bo`sh idishlar bor ekan. Shu uchta idishdan foydalanib, kvasni ikki o`rtoq qanday qilib 6 litrdan bo`lib olishadi?





31. Yana zig`ir moyini bo`lish haqida masala.
Bu safar Keldiyor akaga 12 litr zig`ir moyi olib kelishibdi, xaridorlar ham tayyor turishgan ekan, bizlar 6 litrdan olamiz deyishibdi. Qarashsa bo`sh idishlardan 9 litrlik va 5 litrlik idishlar bor. Shu uchta idishdan foydalanib moyni 6 litrdan bo`ling.

32. Idishdagi suvni teng bo`lish.
16 litrli idishda to`la suv bor. Shu suvni 11 litrli va 6 litrli bo`sh idishlardan foydalanib teng ikkiga, ya`ni 8 litrdan qilib bo`ling.





33. Bochkadagi kvasni bo`lish.
Uch dona bochka bo`lib, ularga 6 satil, 3 satil va 7 satil kvas ketadigan hajmga ega. Birinchi bochkada 4 satil va uchinchi bochkada 6 satil kvas bor. Shu uchta idish orqali biridan ikkinchisiga quyish orqali kvasni teng bo`ling.

34. Idishdagi suvni o`lchash.
Suv bilan to`ldirilgan idish birgalikda 5 kg, yarmigacha to`ldirilganda-3kg 250 gr. Idishga qancha suv ketadi?




Yüklə 420,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə