I bob c++ builder dasturining grafik imkoniyatlari 6


Grafik asos va primitivlar



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə3/17
tarix20.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#128948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
diplom ishi 66

1.1. Grafik asos va primitivlar


Asos. Dasturlash tili Canvas xususiyatlariga mos keluvchi grafikani forma sirtida chizadi. Shuning uchun Canvas chizishning asosi hisoblanadi. Canvas ning mos metodlaridan foydalaninb, forma sirtida aylana, toʻgʻri chiziq, toʻrtburchak yoki boshqa primitivlarni chizish mumkin[1,2]. Masalan:
Form1->Canvas->Rectangle(10,10,50,50);
Operatori forma sirtida toʻgʻri toʻrtburchak chizadi.
1—Jadval. Grafik primitivlarning ishlatish metodlari

Metod

Vazifasi

LineTo(x,y);



Joriy nuqtadan koʻrsatilgan nuqtagacha boʻlgan masofada toʻgʻri chiziq chizadi

Rectangle(x1,y1,x2,y2);



Yuqori chap burchagi x1,y1 quyi oʻng burchagi x2,y2 boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchak chizadi

FillRect(x1,y1,x2,y2);



Yuqori chap burchagi x1,y1 quyi oʻng burchagi x2,y2 boʻlgan ichi boʻyalgan toʻgʻri toʻrtburchak chizadi

FrameRect(x1,y1,x2,y2);



Toʻgʻri toʻrtburchak konturini chizadi

RoundRect(x1,y1,x2,y2,x3,y3);



Burchaklari silliq boʻlgan toʻgʻri toʻrtburchak chizadi

Ellipse(x1,y1,x2,y2)

Ellips yoki aylana chizadi.x1,x2,y1,y2-lar ellipsga chizilayotgan ellipsga tashqi chizilgan toʻgʻri toʻrtburchak(kvadrat) ning diagonal uchlari koordinatalri

Polyline(points,n)

Siniq chiziq chizish. Bu yerda points TPoint turidagi massiv. Massivning har bir elementidagi yozuv oʻzida xi va yi sinish nuqtalarining koordinatalarini saqlaydi. n esa siniq chiziqlar soni

Boshqa grafik primitivlarni chizish uchun Canvas metodining roʻyxatiga qarash kerak boʻladi. Asos alohida nuqtalar(piksellar)dan tuzilgan boʻladi.Asos tekisligidagi piksel koordinatalari X—gorizontal va Y—vertikal oʻqlar boʻyicha aniqlanadi. Koordinatalar yuqori chap burchakdan boshlanib, chapdan oʻngga va yuqoridan pastga oʻsib boradi (1-rasm).Ya’ni yuqori chap burchak (0,0) koordinata ,quyi oʻng burchak esa (Client Width,Client Heigth) koordinatalar bilan aniqlanadi. Alohida nuqta (piksel) joylashuvi Pixels bilan aniqlanib uning xi va yi joylashuv elementlari massivi va rang parametrlaridan iborat xossasi mavjud. Grafik chizishni boshlashda OnPaint hodisasidan foydalanish mumkin. Buning uchun “Object Inspector” ning “Events” hodisalar boʻlimidan OnPaint hodisasi ishga tushiriladi.

1.1. -rasm. Forma sirtining nuqta koordinatalari

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə