I bob c++ builder dasturining grafik imkoniyatlari 6



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə5/17
tarix20.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#128948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
diplom ishi 66

Grafik primitivlar. Ekranda hosil qilinadigan ixtiyoriy grafik, rasmlar asosida primitiv shakllar yotadi. Bunday shakllarga nuqta, toʻgʻri chiziq aylana, toʻgʻri toʻrtburchak kabilar kiradi. Quyida ularning ayrimlarini hosil qilishni koʻrib oʻtamiz.
Toʻgʻri chiziqni chizish uchun LineTo metodidan foydalaniladi.Bu metod qalamning joriy koordinatasidan metodning argumentida koʻrsatilgan nuqtagacha boʻlgan chiziqni chizadi. Masalan:
Canvas->LineTo(100,200);
Qalamning joriy koordinatasini MoveTo metodi bilan oʻzagartirish mumkin:
Misol:
Canvas->MoveTo(10,10);
Canvas->LineTo(50,10);
Bu dastur qismi (10,10) nuqtadan (50,10) nuqtagacha boʻlgan masofada kesma chizadi.
Polyline metodi yordamida siniq chiziq chizish mumkin. Bu metodning parametri sifatida siniq chiziq tugunlari koordinatalarini saqlovchi TPoint turidagi massiv hamda siniq chiziqlar sonini koʻrsatuvchi n beriladi. Masalan, quyidagi dastur matni 3 ta siniq chiziqni chizadi:
TPoint p[4];
p[0].x=100; p[0].y=100; // boshlanishi
p[1].x=100; p[1].y=150; //nuqta peregiba
p[2].x=150; p[2].y=150; //nuqta peregiba
p[3].x=150; p[3].y=100; // tugashi
Canvas->Polyline(p,3);
Polyline metodi yordamida siniq chiziqli yopiq kontur ham chizish mumkin. Buning uchun parametrdagi massivning birinchi va oxirgi elementlariga bir xil koordinatalar joylashtirish kerak.
Rectangle metodi toʻgʻri toʻrtburchak chizadi. Metod argumentida koʻrsatilgan parametrlar toʻgʻri toʻrtburchakning yuqori chap va quyi oʻng burchaklarining koordinatalari hisoblanadi. Misol:
Canvas->Rectangle(10,10,50,50);
Yuqorida ta’kidlab oʻtganimizdek, toʻgʻri toʻrtburchakning chegara chiziqlaridagi koʻrinishlarini Pen yordamida, uning ichini boʻyashni Brush yordamida amalga oshirish mumkin. Toʻgʻri toʻrtburchak chizishning boshqa bir necha metodlari ham mavjud boʻli, ular quyidagilar: FillRect, FrameRect va RoundRect.
Polygon metodi yordamida koʻpburchak chizish mumkin. Bu metodning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
Canvas->Polygon(p,n);
Bu yerda pTpoint turidagi massiv boʻlib, kopburchak uchlarining koordinatalarini saqlaydi, n—uchlar soni
Quyida Polygon metodidan foydalanib , romb chizish matni keltirilgan:
TPoint p[4];
p[0].x=50;p[0].y=100;
p[1].x=150;p[1].y=75;
p[2].x=250;p[2].y=100;
Canvas->Brush->Color=clRed;
p[3].x=150;p[3].y=125;
Canvas->Polygon(p,3);
Aylana va ellips chizish uchun Ellipse metodidan foydalaniladi. Uning koʻrinishi quyidagicha:
Canvas->Ellipse(x1,y1,x2,y2);
Bu yerda x1,y1,x2,y2 lar ellipsga tashqi chizilgan kvadratning koordinatalarini, yoki agar tashqi chizilgan toʻgʻri toʻrtburchakning koordinatalarini ifodalaydi.

1.2. Rasm. Aylana yoki ellipsning koʻrinishini aniqlaydigan
Ellipse metodi parametrlarining qiymatlari
Bu 4 ta koordinata oʻrnida bitta TRect tipli obyekt berish ham mumkin. Masalan:
TRect rec=Rect(10,10,50,50);
Canvas->Ellipse(rec);
Boshqa primitivlarda qoʻllanilgani kabi bu shaklda ham Pen va Brush metodlarini qoʻllash mumkin.
Arc metodi aylana yoyini chizadi. Metodning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
Canvas->Arc(x1,y1,x2,y2,x3,y3,x4,y4);
Bu yerda x1,y1,x2,y2 parametrlar yoy ajratib olinayotgan ellipsni aniqlaydi, x3,y3 yoyning boshlangʻich , x4,y4 esa oxirgi nuqtalarining koordinatalari. Arc metodi yoy chizishni soat strelkasi yoʻnalishida amalga oshiradi.

1.3.-rasm. RoundRect metodi yordamida geometrik figura koʻrinishini aniqlash
Pie metodi ellips yoki aylana sektorini chizadi. Bu metodning umumiy koʻrinishi quyidagicha :
Canvas->Pie(x1,y1,x2,y2,x3,y3,x4,y4);
Bu yerda x1,y1,x2,y2—sektor ajrati olinayotgan ellipsning koordinatalari, x3,y3,x4,y4—sektorning chegaralarining koordinatalari.
-1.4. rasm. Arc metodi yordamida geometrik figura koʻrinishini aniqlash
1.5.-rasm Pie metodi yordamida geometrik figura koʻrinishini aniqlash
Grafik asos sirtiga matnli ma’lumotlarni chiqarish uchun TextOutA metodidan foydalaniladi. Bu metodning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
TextOutA(x,y,”Matn”);

Bu yerda Matn parametrida chiqariladigan matn joylashtiriladi. X va Y parametrlar chiqariladigan matnning boshlangʻich koordinatasi hisoblanadi. Matn shrift Canvas obyeektining Font metodi yordamida aniqlanadi. Quyida Font metodining xususiyatlari berilgan jadvalni keltiramiz:
4-Jadval TFont obyektining xususiyatlari


Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə