I bob c++ builder dasturining grafik imkoniyatlari 6



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə7/17
tarix20.10.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#128948
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
diplom ishi 66

Dastur izohi: Asosiy ish Grafik funksiyasida bajariladi. Dastlab bu funksiya berilgan funksiyaning [x1,x2] kesmadagi minimal va maksimal qiymatlarini hisoblaydi. Soʻngra mavjud ma’lumotlardan foydalanib grafik chiziladigan sohani X va Y oʻqlar boʻyicha masshtablaydi. Bulardan soʻng gorizontal va vertikal oʻqlarning joylashuvini hisoblaydi va chizadi va nihoyat berilgan funksiyaga mos grafik chiziladi:

1.7. Rasm. Nuqtalar asosida chizilgan grafik
Grafik funksiyasini chaqirish OnPaint va OnResize hodisalarini qayta ishlashni bajaradi.

1.2. Tasvirni tashqi fayldan oʻqish


Additional komponentalar palitrasida joylashgan Image komponentasidan foydalanib .bmp, .jpg yoki .ico kengaytmali fayllardagi rasmlarni Image komponentasi sirtiga oʻrnatish mumkin. Bu komponentaning asosiy xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan[2,3].
5-Jadval. Image komponentasining xususiyatlari.

Xususiyatlar

Vazifasi

Picture

Komponenta sirtida rasmni aks ettirish

Width,Height

Komponenta oʻlchami.Agar kompyuter oʻlchami rasm oʻlchamidan kichik boʻlsa, AutoSize , Strech va Proportional xususiyatlarining qiymatlari false ga oʻzgaradi.

Proportional

Rasm oʻlchamlarini avtomatik masshtablash belgisi

Strech

Rasmni komponentaning real oʻlchamiga mos qilib avtomatik masshtablash belgisi

AutoSize

Rasmning haqiqiy oʻlchamini saqlagan holda joylashtiruvchi belgi

Center

Rasmni komponenta ichida gorizontal boʻyicha pozitsiyasini aniqlovchi belgi, agar komponentaning eni rasm enidan katta boʻlsa

Visible

Komponenta yoki rasmning forma sirtiga mos kelishi yoki yoʻqligini koʻrsatuvchi belgi

Canvas

Grafika chiqarilishi mumkin boʻlgan sirt

Rasmning Image komponentasida koʻrinishi forma ilovasiga ishlov berishda yoki dasturning bajarilishi davomida amalga oshirilishi mumkin.
Dastur ishlashi davomida rasmni komponentaga chaqirish uchun LoadFromFile metodidan foydalaniladi. Masalan, ushbu
Image->Picture->LoadFromFile("e.\\temp\\bart.bmp")
Koʻrsatma bart.bmp fayldagi tasvirni Image1 komponentasiga oʻtkazadi. Odatda, Image komponentasi .bmp, .ico, .wmf kengaytmali fayllarni oʻzida tasvirlay oladi. Bu komponentada .jpeg kengaytmali rasmlarni tasvirlash uchun jpeg.h kutubxonasini chaqirish kerak. Agar bu kutubxona chaqirilmagan boʻlsa, dastur bajarilishi mobaynida jpeg fayl chaqirilganda xatolik beradi.
Quyida dastur Image komponentasida .jpg kengaytmali rasmni tasvirlashni amalga oshiradi. “Katalog” tugmasi rasm faylini kataloglar ichidan topib tanlash imkonini beradi. “Keyingi” tugmasi navbatdagi rasm faylini koʻrsatish imkonini beradi
#include
ffinclude
AnsiString aPath;
TSearchRec aSearchRec;

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə