I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari


Globallashuvning zamonaviy belgilari quyidagalardan iborat



Yüklə 106,55 Kb.
səhifə4/18
tarix30.12.2023
ölçüsü106,55 Kb.
#164722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish-fayllar.org

Globallashuvning zamonaviy belgilari quyidagalardan iborat
3

• yangi xorijiy valyuta va kapitallar bozorining shakllanib, rivojlanishi; bu
bozorlar uzluksiz faoliyatda bo’lib, bir vaqtning o’zida dunyoning turli moliyaviy
markazlari o’rtasida yirik moliyaviy va valyuta operastiyalarini amalga oshirish
imkoniyati mavjud;
• yangi vositalar va dastaklar orqali operastiyalarning tezligani va ishonchliligini
ta’minlash imkoniyatining mavjudligi; Internet tarmog’i, uyali telefon aloqasi, axborot
tizimi va boshqalar;
• yangi institustional tizimning shakllanganligi; Jahon Savdo tashkiloti,
transmilliy korporastiyalar, nodavlat tashkilotlari va h.z;
• yangi qoidalarning ishlab chiqilganligi;
3
А. И. Уткин «ГЛОБАЛИЗATSIЯ: ПРОЦЕСС И ОСМЫСЛЕНИЕ» 9-24 стр Москва-2021



7
• ikki tomonlama va ko’p tomonlama savdo, xizmatlar va intellektual salohiyatdan


foydalanish bo’yicha shartnomalarning tuzilishi va bu shartnomalarning milliy
davlatlar tomonidan amal qilinishi majburiyligi yoki milliy qonunchilikning ularga
muvofiqlashtirilishi.
Endilikda jahonning chekka o’lkalari yoki xilvat burchaklari mavjud emas. Barcha
mintaqalar jahon iqtisodiyoti va yagona axborot maydonining tarkibiy qismlariga
aylanmoqda. Hududlar va masofalar o’zining asl ma’nosini yo’qotadigan chegarasiz
dunyo tushunchasi real shakl-shamoyil kasb etib bormoqda. Tadqiqotchilar «global
qishloq» (global village), «tizimga birlashgan jamiyat» (networked society) to’g’risida
so’z yuritmoqdalar. Ushbu jarayon sur’atlarining sifat jihatidan yangi darajasini
ta’riflash uchun yangi atama - «giper-globalizastiya» atamasi qo’llanmoqdaki, u barcha
jabhalar, chunonchi: iqtisodiyot, axborot, moliya, odamlar, tovarlar, pullar, g’oyalar
harakati jabhalarida xalqaro aloqalar tezligi tobora oshib borayotganini aks ettiradi
4
.
Globallashuv muayyan mamlakatdagi ishlab chiqarish kuchlarining sifat jihatidan
yangi rivojlanish bosqichiga o’tishi bilan bog’liq bo’lib, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikning
xalqaro doirada integrastiyalashishi hamdir. Globallashuv xo’jalik yurituvchi
birliklarning xalqaro miqyosda kengayishi va jahon xo’jaligida salmoqli mavqieni
egallashi, tovarlar, xizmatlar, ish kuchi, yangi texnologiya va kapitalning xalqaro
miqyosda erkin harakatlanishi, investistiyalar, moliya-xo’jalik, milliy qadriyatlar,
madaniyat va san’at kabi yo’nalishlarda hukumatlar, alohida olingan tashkilotlar, millat
va elatlar faoliyatining milliy davlatlar doirasidan chiqib, erkinlashtirilishi, inson
kapitali, xususan intellektual kapitalniig dunyoning taraqqiy etgan markazlariga
ko’chib o’tishi jarayonlarini ham bildiradi. Zamonaviy jaxon iqtisodiyoti oldiga
globalizastiya davrida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash masalasini ham qo’yadi
5
.
4
М. МсLuhаn, “The Global Village: Transformations in World Life and Media in the 21st Century”, New York-2021
5
Исаджанов А.А “Проблемы обеспечиния экономическо безопасности в услвиях глобализatsiя” -Халqаро
муносабатлар- 2006 й 3-сон, 48-49 бетлар, ЖИДУ - Т,



8
Ilg’or texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot almashuvining qulaylashishi,


sovuq urushniig va siyosiy qutblashuvning barxam topishi, transport xizmatining keng
miqyosda taraqqiy etishi va mamlakatlar o’rtasida yuk tashish va yo’lovchi qatnoviiing
ortishi kabilar ham globallashuv jarayonini tezlashtirgan omillardan hisoblanadi.
Globallashuv jarayoni ijtimoiy hayotning deyarli barcha sohalarini qamrab olib,
pirovardda alohida mamlakatlarni jahon hamjamiyatining turli mintaqalari bilan
yaqindan bog’lanishiga olib keldi. Bu, o’z navbatida, yanga bozorlarning (kapital,
valyuta va sug’urta bozori) ilg’or yangi vositalar -turli axborot tizimlari, internet, uyali
aloqa orqali yanada uzviy integrastiyalashishini ham taminladi.
Globallashuvning iqtisodiy jihatlari bir qancha yo’nalishlarda, xususan, xalqaro
savdo, investistiyalar, moliyaviy va texnologik globallashuvda yaqqol namoyoi bo’ladi.
Aytish mumkinki, iqtisodiyotni erkinlashtirish har qanday mamlakatning globallashuv
jarayonida faol ishtirok etishi va undan yuqori darajada manfaat ko’rishining asosiy
shartlaridan biridir. Iqtisodiy erkinlik, jamiyatning yuqori darajada demokratik
fuqarolik jamiyatiga aylanishi globallashuvning muhim ijobiy natijalaridan
hisoblanadi.

Yüklə 106,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə