I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari



Yüklə 106,55 Kb.
səhifə9/18
tarix30.12.2023
ölçüsü106,55 Kb.
#164722
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish-fayllar.org

1-bosqich: 
Erkin raqobatga asoslangan kapitalizm rivoji davrida (XIX asrning oxirigacha)
jahon bozorini tashkil etish, ko’proq xalqaro savdo shaklida xalqaro iqtisodiy
munosabatlarni rivojlantirish bilan xarakterli edi.
XIX asr o’rtalariga kelib industrial davlatlar o’rtasida raqobatning kuchayishi
jarayonida mehnatni xalqaro taqsimlanishining xilma-xil tizimi qaror topdi. Bu vaqtga
kelib Angliya o’zining sanoat sohasidagi peshqadamligini yo’qotgan edi, iqtisodni
industrlashtirishda muvofaqqiyatga erishgan deyarli barcha mamlakatlar o’z
mahsulotlarini ixtisoslashtirish yo’liga o’tdi, bunda ular:

qo’shni mamlakatlar ihtiyojlarini hisobga olgan holda;

mustamlaka chekka o’lkalarda o’z mahsulotlarini sotish imkoniyatlaridan
kelib chiqib ish ko’rishdi.
2-bosqich: 
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida erkin raqobatga asoslangan kapitalizm
monopolistik kapitalizmga o’tdi, o’zining ajralmas qismi – jahon bozoriga ega bo’lgan
umumjahon xo’jaligi qaror topdi. Lekin “umumjahon xo’jaligi” tushunchasi – jahon
bozori tushunchasidan ancha kengdir. Chunki, savdo sohasidagi munosabatlar bilan bir
qatorda bu davrda mamlakatlar o’rtasida ishlab chiqarish sohasida bevosita aloqalar,
kapitalni tashqariga chiqarish va har tomonlama moliyaviy aloqalar rivojlandi.
Bunga ishlab chiqarish kuchlarining ancha o’sishi sabab bo’lib, ular milliy
chegaralarning cheklangan doiralaridan sezilarli darajada oshib ketdi.
Kapitalning markazlarga tobe va mustamlaka hududlarga, uzoq joylarga olib
chiqilishi xo’jalik hayoti internastionallashuvining asosiy ko’rinishiga aylandi.
Bunda kaptitalni chetga tadbirkorlik shaklida chiqarish monopoliyalarning chet
elda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi bilan birga olib borildi, yangi zavodlar qurildi,
konlar ochildi.



17
Bozor


iqtisodiyoti
rivojining
bu
bosqichida
ayriboshlashning
internastionallashuviga “pishib o’tgan” industrial markazlarda kapitalni bo’lib
chiqishga asoslangan kapital internastionallashuvi jarayoni kelib qo’shildi.

Yüklə 106,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə