I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari



Yüklə 106,55 Kb.
səhifə10/18
tarix30.12.2023
ölçüsü106,55 Kb.
#164722
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish-fayllar.org

3-bosqich
14

Urushdan keyingi dastlabki o’n yillar ichida fan-texnika inqilobi ta’sirida ishlab
chiqarish kuchlari rivojida keskin o’zgarish yuz berdi. Uning ta’sirida jahon kapitalistik
iqtisodiyotining ichki mexanizmi va tashkiliy strukturasida jiddiy o’zgarishlar sodir
bo’ldi. Bunday sharoitda raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko’lamini
ancha oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib uni modernizastiyalash kerak
edi. Hatto dunyoning etakchi davlatlari kompaniyalar uchun ham bu yangi talablar
og’irlik qilardi.
O’z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish ko’pincha milliy chegaralar
doirasidan chiqib ketadigan yanada katta bozorlarni talab qilardi. Bunday sharoitda
ishlab chiqarishni xalqaro kooperastiyalash va ixtisoslashtirish muammosi yanada
dolzarb bo’lib qolgan edi. Predmetli “xalqaro” ixtisoslashtirishdan detalli (mayda)
ixtisoslashtirishga
“o’tish”
mayda
va
kooperastiyali
ixtisoslashtirish,
kooperastiyalashtirish bilan bog’liq ichki, tarmoqlararo ishlab chiqarish texnologik
majmualarining paydo bo’lishi, rivojlanishi aniq ko’zga tashlana boshladi.
Mehnatni taqsimlashning, mamlakatlar o’rtasida ixtisoslashuvining chuqurlashuvi
tamoyillari yangi, yanada ko’lamli muhim jarayonning – ishlab chiqarishni xalqaro
umumlashtirishning ifodasi bo’ldi, buning ahamiyati iqtisodiy hodislar doirasidan
chiqib, jahon siyosatida ham yangi davrning boshlanganligini anglatardi. Shu bilan
birga xalqaro savdo sohasida ham sezilarli qayta o’zgarishlar yuz berdi, ulardan eng
yirigi va barqarori – bu odatdagi tijorat savdosi rolining ichki firmalar almashuvi
doirasida yoki uzoq muddatli kooperativ hamda pudrat munosabatlari asosida barqaror
14
Исаджанов А.А. “Глобализatsiя мировой экономики” электрон дарсликдан, Тошкент-2020



18
texnologik aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi tovar ayriboshlashlarga nisbatan ancha


pasayib ketishi bo’ldi. Bularning hammasi birga qo’shilib xo’jalik hayotining
internastionallashuvini, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, texnologiya, ilmiy tadqiqotlar
jarayonini
almashinuvini
anglatadi.
Xulosa
shuki,
xo’jalik
hayotining
internastinallashuvi–jahon iqtisodi rivojining muayyan bosqichi bo’lib, o’zaro bog’liq
ikki jarayonni o’z ichiga oladi
15
:

xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish;

millatlararo xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etish.
Ishlab chiqarishni umumlashtirish va xo’jalik hayoti internastionallashuvining
yuksak darajasi xalqaro korparastiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun
iqtisodiy asosdir.
Ular o’z shakllariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:
- transmilliy korparastiyalar (TMK);
- xalqaro (millatlararo) korparstiyalar (MK).
Hozirgi kunda jahon ishlab chiqarishining 20% idan ko’prog’i MNK ulushiga
to’g’ri keladi va firmalar ichidagi savdo (asosiy kompaniyalar bilan uning chet eldagi
shu’ba kompaniyalari o’rtasidagi) qayta ishlovchi sanoat mahsulotlarining dunyo
bo’yicha savdosining 25% dan ko’prog’ini tashkil etadi. Ayrim xalqaro kompaniyalar
yiliga o’nlab milliard dollar miqdorida savdo qilishga erishmoqdaki bu ayrim davlatlar
umumiy milliy daromadidan ko’pdir. Bundan tashqari, hozirgi kunda dunyodagi
to’g’ridan-to’g’ri investistiyalarning ko’pchilig (90%) ham anashu korparastiyalar
tomonidan amalga oshirilmoqda. Shuning uchun ham G’arbdagi u yoki bu mamalakatni
boshqa davlatlarda joylashtirilgan “ikkinchi iqtisodi” ko’lamlarini hisobga olmasdan
turib, ularning iqtisodiy salohiyatini baholab bo’lmaydi. Bu jarayonga rivojlanayotgan
mamlakatlar, ayniqsa, “yangi industrial mamlakatlr” asta-sekin qo’shilmoqda. Ular
15
Исаджанов А.А “Глобализatsiя экономики: особенности и факторы развития”-Халqаро муносабатлар- 2021 й 3-
сон, 37-бет, ЖИДУ - Т, 2021.



19
rivojlangan mamalakatlar sanoati uchun ixtisoslashtirilgan buyumlar, uzellar, tarkibiy


qismlar etkazib beruvchi sifatida faol ish yuritmoqda. Masalan, 2022-yilning boshlarida
Singapur elektron va elektro-texnika sanoati eksportining 86%, Tayvnning 78%,
Janubiy Koreyaning 68%, Brazeliyaning mashinasozlik mahsuloti eksportining 65%
idan ko’prog’i yirik G’arb korparastiyalarining chet el filiallari hissasiga to’g’ri keladi.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, jahonda 37 000 ko’p millatli korporastiyalar (MK) faoliyat
olib bormoqda, ular 170 000 sho’’ba korxonalarini nazorat qilmoqda, jahon
iqtisodiyotiga jami 5 trillion AQSh dollarini investistiyalashtirmoqda. Korporastiya
ichki savdosi - ayni bir mahsulot tarkibiy qismlarini MK filiallari o’rtasida etkazib
berish - jahon savdosining qariyb 80% ni tashkil etadi
16
. Shuni ham aytish kerakki
dunyoning eng yirik TMK va MK larining shtab kvartiralari rivojlangan davlatlarda
joylashgan.

Yüklə 106,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə